Oğzibirlik va haşar orqali yöllar obod bölyapti
Mamlakatimizda mahalla institutini kuçaytiriş, aholi bilan muloqotni yanada samarali taşkil etiş, odamlarning turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan islohotlar keng kölamda amalga oşirilmoqda. Bu islohotlarning hayotdagi amaliy natijasini mahalladagi hamjihatlik, jamoatçilikning faolligi orqali yaqqol köriş mumkin.
Amudaryo tumanining Özbekiston mahallasi aholisi uçun endilikda mahalladan katta yölga çiqiş avvalgidek muşkullik tuğdirmaydi. Çunki xalqimizga xos fazilatlar – birdamlik, oğzibirlik va özaro hamjihatlik tufayli mavjud muammolar bosqiçma-bosqiç bartaraf etilyapti.
Sönggi yillarda mahallada amalga oşirilayotgan işlar kölami kengaymoqda. Joriy yilning 28-mart kuni mazkur mahalla fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida bölib ötgan yiğilişda 2,5 kilometr uzunlikdagi Boyçeçak köçasidagi içki yölni haşar yöli bilan taʼmirlaş masalasi muhokama etildi. Yiğilişda fermer xöjaliklari, tadbirkorlar va mahallaning faol fuqarolari faol iştirok etişdi hamda jamoaviy mehnat orqali yöl taʼmirini amalga oşirişga kelişildi. Bu xalq taşabbusi asosida amalga oşirilayotgan muhim işlardan biri böldi.
Şundan söng mazkur masala tuman hokimligi masʼullariga tegişli tartibda maʼlum qilindi. Talab etiladigan texnika va uskunalar jalb qilindi, işlar tizimli ravişda yölga qöyildi. Mahalla aholisi, fermerlar va tadbirkorlar mehnat jarayoniga jipslikda kirişib, hamjihatlikda harakat qilişdi. Bu hamkorlik sözda emas, balki amaldagi jamoaviy harakatning yorqin namunasi böldi.
Tuman hokimi Sobir Xöjametov aholi bilan oçiq muloqot qiliş, ularning kayfiyati va fikr-mulohazalari bilan yaqindan tanişiş, şuningdek, amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini közdan keçiriş maqsadida Özbekiston mahallasiga taşrif buyurdi.
Uçraşuvda mahalla faollari, ziyolilar, şu jumladan xalq ardoğidagi şoirlar Tursunboy Abdullayev va Ahmad Nafasovlar iştirok etişdi. Aholi bilan samimiy va döstona ruhda ötgan muloqot davomida tuman hokimi xalq bilan dildan suhbatlaşdi, amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi hamda haşar yöli bilan amalga oşirilayotgan xayrli taşabbuslarni yuksak baholadi.
Yurt taraqqiyotida xalqning birdamligi va mehnatsevarligi muhim ahamiyat kasb etişi alohida taʼkidlandi. El ardoğidagi şoir Ahmad Nafasov tomonidan mamlakatdagi taraqqiyot, xalqning mehnatsevarligi va hamjihatligidan ilhomlanib öqilgan şeʼrlar yiğilganlarga katta taassurot qoldirdi.
Uşbu xayrli işlar taşkil etilişida tuman hokimligi masʼullari, tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi hamda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Bahrom Şermonovning ham alohida hissasi böldi.
Xayrli işlar yöl taʼmiri bilan çeklanib qolinmay, endi mazkur içki yöl yoqasidan piyodalar uçun maxsus yölak quriş rejalaştirilgan. Ayniqsa, bolalar va keksalarning xavfsiz harakatlanişi uçun bunday yölak katta ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston mahallasida amalga oşirilgan mazkur işlar orqali xalqning taşabbuskorligi, oğzibirligi va mehnatsevarligi yana bir bor öz isbotini topdi. Birdamlik bor joyda heç qanday muammo yeçimsiz qolmaydi. Bu kabi işlar jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaşda muhim omil bölib xizmat qiladi.
Birdamlik asosida amalga oşirilgan mazkur loyiha har bir fuqaro uçun örnak böladi, degan umiddamiz. Çunki bu yerda faqatgina yöl taʼmirlanmadi — insonlar qalbidagi yöllar ham kengaydi, işonç, mehr va hamjihatlik tuyğulari yanada mustahkamlandi. Bu esa xalqimizning buyuk fazilatlaridan guvohlik beradigan hayotiy saboqdir.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶