Nikoh şartnomasi va uning yoşlar uçun ahamiyati
Nikohlanuvçi şaxslarning yoki er va xotinning nikohda bölgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovçi kelişuvi nikoh şartnomasi deb hisoblanadi.
Nikoh şartnomasi nikoh davlat röyxatiga olinguniga qadar ham, şuningdek nikoh davrida ham tuzilişi mumkin. Nikoh davlat röyxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh şartnomasi nikoh davlat röyxatiga olingan kundan boşlab kuçga kiradi.
Nikoh şartnomasi yozma şaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanişi lozim. Nikoh şartnomasini notarial tasdiqlaşda davlat boji undirilmaydi.
Qonunda er va xotinning nikoh davomida va nikoh bekor bölgan taqdirda umumiy mol-mulkni qanday tasarruf etişlari belgilangan. Biroq er va xotin mulkdan belgilangandan boşqaçaroq foydalanişni istasalar, nikoh şartnboimasi tuzadilar. Nikoh şartnomasiga köra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibda özgartirişga, er va xotinning barça mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, uluşli yoki alohida egalik qiliş tartibini örnatiş huquqi paydo böladi.
Nikoh şartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bölğusi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilişi mumkin.
Nikoh şartnomasida özaro moddiy taʼminot beriş, oila xarajatlarini kötariş, bir-birining daromadida iştriok etiş, boşqa şaxslar bilan mulkiy şartnomalar tuziş, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş böyiça huquq va majburiyatlari, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni aniqlab oliş, er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boşqa qoidalar belgilanişi mumkin.
Nikoh şartnomasi er-xotinning kelişuvi bilan istalgan vaqtda özgartirilişi yoki bekor qilinişi mumkin. Nikoh şartnomasini bajarişdan bir tomonlama boş tortişga yöl qöyilmaydi. Nikoh şartnomasi er-xotindan birining talabi bilan fuqarolik işlari böyiça sudning hal qiluv qarori bilan özgartirilişi yoki bekor qilinişi mumkin. Nikoh tugatilgan paytdan boşlab nikoh şartnomasining amal qilişi ham tugaydi, nikoh şartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uçun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.
Umida Saparbayeva, Amudaryo tumani Adliya bölimi Davlat xizmatlari markazi bölim boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶