Arna böyi mahallasida “Parkent tajribasi” tatbiq etilmoqda
Yurtimizda yoqilği-energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, energetika tizimini isloh qiliş va aholini barqaror energiya manbalari bilan taʼminlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, tabiiy gaz tarmoqlaridagi yöqotişlarni bartaraf etiş, energiya samaradorligini oşiriş va mazkur sohada zamonaviy yondaşuvlarni joriy etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Yoqilği-energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş va behuda sarflanişining oldini oliş hamda energiya samaradorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlarni takomillaştiriş töğrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan tizimli işlar yölga qöyilgan.
Xususan, tumanning Arna böyi mahallasini samarali va xavfsiz energiya taʼminoti bilan taʼminlaş maqsadida “Parkent tajribasi” asosida amaliy işlar boşlab yuborildi.
“Parkent tajribasi” – davlat-xususiy şeriklik asosida işlab çiqilgan, aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan xavfsiz va samarali tarzda taʼminlaş, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilişga qaratilgan innovatsion loyiha bölib, dastlab Toşkent viloyatining Parkent tumanida joriy etilgan. Mazkur tajriba ijobiy natijalar bergani bois, hozirda Respublika böylab bosqiçma-bosqiç tatbiq etilmoqda.
Ayni paytda uşbu tajriba Amudaryo tumanida ham keng qöllanilmoqda. Xususan, tumanning Arna böyi mahallasini qamrab olgan “Avtomatlaştirilgan mahalla–isteʼmol–nazorat balansi” loyihasi doirasida bir qator texnik va taşkiliy işlar amalga oşirildi. Jumladan, 6,4 kilometr uzunlikdagi yer usti gaz tarmoqlari estetik jihatdan tartibga keltirildi, 7,9 kilometr yer osti gaz tarmoqlari mobil laboratoriyalar orqali texnik körikdan ötkazildi. Şuningdek, 40 metr uzunlikdagi yer osti tarmoği yer ustiga çiqarilib, 28 ta zamonaviy tirgaklar örnatildi.
Uşbu işlar mahallada tabiiy gaz taʼminotidagi yöqotişlarni kamaytiriş, xavfsiz va samarali taʼminotni yölga qöyiş, şu bilan birga aholining energiya manbalariga bölgan ehtiyojini töliq qondirişga qaratilgan keng kölamli islohotlarning amaliy ifodasi bölmoqda.
Mahalladagi 300 ta xonadonning gaz taʼminoti ikki bosqiçli tizimga ötkazildi. Mavjud 5 ta örta bosimli gaz taqsimlaş punkti demontaj qilinib, örniga “RDBK-100” rusumli 2 ta zamonaviy punkt örnatildi. Şuningdek, diametri 89 millimetrlik 5 ta filtrlar, 5 tadan zulfin va kranlar yangisiga almaştirildi. 12,6 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlari böyaldi va ularning texnik holati yaxşilandi.
Barça işlarni muvofiqlaştiriş maqsadida taşkil etilgan ştab tarkibida hozirda 3 ta brigada faoliyat yuritmoqda. Ularda 6 nafardan ortiq “Mahalla gazçisi”, 3 nafar malakali payvandçi hamda 2 tadan ziyod maxsus texnika vositalari jalb etilgan. Brigada aʼzolari tomonidan gaz tarmoqlarini tartibga keltiriş va ikki bosqiçli tizimga ötkaziş işlari samarali amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, ştab tomonidan aholiga energiya tejamkor tabiiy gaz qurilmalari haqida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda va ularni örnatiş böyiça amaliy yordam körsatilmoqda. Bu nafaqat energiya tejamkorlikni taʼminlaş, balki isrofgarçilikning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada birgina Arna böyi mahallasidagi 474 nafar isteʼmolçidan bir yilda taxminan 116 ming kub metr tabiiy gaz tejalişiga erişildi.
Şu bilan birga, tabiiy gaz taʼminoti tizimini takomillaştiriş, isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş, hisob-kitoblarda aniqlikni taʼminlaş, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va isrofning oldini oliş maqsadida avtomatlaştirilgan nazorat tizimi joriy etilmoqda. Bu orqali tizimda şaffoflik va hisobdorlik taʼminlanmoqda.
Bundan taşqari, tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan “Töqimaçi” stantsiyasidan çiqayotgan fiderdagi ayrim transformator punktlarida texnologik yöqotişlarni kamaytiriş va avariya holatlarining oldini oliş maqsadida joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Xususan, 10 kVli (kilovoltli) havo tarmoqlari yöllari daraxt şoxlaridan tozalandi, transformator punktlarining 10 kVli ajratkiçlari sozlanib, mavjud kamçiliklar bartaraf etildi.
Prokuratura organlari ham mazkur jarayonlarda faol iştirok etib, loyiha amalga oşirilayotgan hududlarda qonun ustuvorligini taʼminlaş, isteʼmolçilar huquq va manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, barça işlar belgilangan tartibda amalga oşirilişi ustidan nazorat olib bormoqda. Bu esa, eng avvalo, davlat va jamiyat manfaatlarini taʼminlaşga xizmat qilmoqda.
Ş. Joldasov, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶