Nukus şahrida “Özbekiston – yagona vatan!” şiori ostida bayram tadbirlari taşkil etildi
Navröz – asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan ezgu niyatlar, yoruğ umidlar bilan qarşi olingan, bugun esa yangi Özbekistonda ham xalqimizning milliy qadriyatlari, mehr-oqibat va totuvlik timsoli sifatida keng nişonlanayotgan uluğ ayyomdir. Bahorning ilk nafasi, tabiat uyğonişi, insonlar qalbidagi yangilaniş va orzular uyğunligida Navröz çin maʼnoda ezgulik va barakot bayramiga aylangan.
Yurtimizning barça hududlarida bölgani kabi Qoraqalpoğiston Respublikasida ham Navröz keng nişonlandi. Xususan, yaqinda Nukus şahrida joylaşgan “Nodavlat notijorat taşkilotlari uyi”da “Özbekiston – yagona vatan!” şiori ostida bayram tadbirlari taşkil etildi. Uşbu bayram tadbirlari Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi tomonidan bir qator nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari kömagida kötarinki ruhda ötkazildi.
Tadbir doirasida dastlab, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoşlar bilan aloqalarni mustahkamlaşni yangi bosqiçga olib çiqişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni bilan “Birgalikda kuçmiz” şiori ostida turli millat va elat vakillaridan iborat eko-volontyorlar iştirokida ekologik aktsiyalar ötkazildi. Bu taşabbus yurtimizda millatlararo totuvlik va bağrikenglik muhitini mustahkamlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlar izçil davom etayotganining amaliy dalilidir.
Bayram tadbirlarida hunarmandlar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar körgazmasi, turli millat vakillarining milliy kiyimlardagi çiqişlari, madaniyat vakillarining kuy-qöşiqlari va sahna çiqişlari tomoşabinlarga bayramona ruh bağişladi. “Özbekiston – yagona vatan!” şiori ostida ötkazilgan asosiy tantanali marosimda faol iştirok etgan nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari taşkilotçilar tomonidan taqdirlandi.
Tadbir doirasida “Döstlik uyi” sahnasi turfa millatlar madaniyati, urf-odatlari, kuy-qöşiqlari va anʼanalarini mujassamlaştirgan kontsert dasturlari namoyiş etildi. Jumladan, Özbekiston davlat madaniyat va sanʼat instituti Nukus filiali talabalari tomonidan sahnalaştirilgan çiqişlar, moda körgazmalari, “Qoraqalpoq qizlari”, “Lazgi”, “Şabandoz”, “Saxarda” singari sahna körinişlari tomoşabinlar eʼtiborini qozondi. Şu bilan birga, sport musobaqalari ham taşkil etildi.
Bayram dasturining yakunida mehmonlar uçun bayram oşi tortiladi. Milliy taomlar bayram dasturxonini töldirib, qadimiy urf-odatlarga bölgan ehtiromni aks ettirdi. Xalqimiz orasida “Navrözda bahor qanday kelsa, yil şunday ötadi”, degan naql bor. Köpni körgan oqsoqollar bu yilgi bahorning fayzli kelayotganini, yil barakali va hosil möl bölişini başorat qildilar.
Bugun Özbekistonda turli millat va elat vakillari bir maqsad – yurt taraqqiyotiga hissa qöşiş yölida birgalikda mehnat qilmoqda. Bu esa Vatanimizda barqarorlikning, tinçlikning va kelajak sari işonç bilan intilayotgan jamiyatning yorqin ifodasidir.
“Özbekiston – yagona vatan!” şiori ostidagi Navröz tantanalari nafaqat yiğilganlarga bayramona kayfiyat bağişladi, balki ezgu maqsadlarda birlaşgan, farovonlik yölida hamkorlikda harakat qilayotgan jamoaning, turli millat va elat vakillarining ahilligini, bağrikeng xalqlarning birdamligini amalda namoyon etdi. Zero, Navröz – bu nafaqat bahorning kirib kelişi, balki yuraklarda ezgulik, mehr-oqibat va yangilaniş faslining boşlanişi, tinçlik, döstlik va ahillik ayyomidir.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶