Har bir mahallada xavfsiz muhit yaratiş – ustuvor vazifa
Mamlakatimizda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şu maqsadda, 2025-yil 3-yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori qabul qilingan edi.
Uşbu qaror ijrosini taʼminlaş va tizim samaradorligini oşiriş maqsadida 27-mart kuni Amudaryo tumani Içki işlar bölimi majlislar zalida yiğiliş bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirining birinçi örinbosari, polkovnik Jasurbek Atayev, tuman IIB boşliği Muxammedali Xojamuratov, sohaviy xizmat rahbarlari, profilaktika inspektorlari va şaxsiy tarkib iştirok etdi. Yiğilişda mazkur qaror ijrosi tahlil qilinib, mavjud kamçiliklar yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi.
Sönggi yillarda mamlakatimizda xavfsizlikni taʼminlaşning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy etildi. Jumladan, jinoyatçilikka sabab bölayotgan ijtimoiy-maişiy muammolarni bartaraf etiş, aholida şaxsiy xavfsizlik hissini şakllantiriş va mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida samarali çoralar körilmoqda. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratişning taşkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslaştiriş, jinoyatçilikning asl omillarini aniqlab, kompleks çoralar bilan bartaraf etiş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
Prezident Qaroriga muvofiq, 2025-yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş” ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Xususan, jinoyatçilik köp sodir etiladigan mahallalar aniqlanib, ularning holati ilmiy-amaliy yondaşuv asosida örganiladi. Huquqbuzarliklarning asl sabablarini aniqlaş va bartaraf etiş böyiça taşkiliy-huquqiy çoralar köriladi. Şuningdek, mahallalarda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyati belgilab beriladi, yoşlar, ayollar va işsizlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan iş uslublari takomillaştiriladi.
Şu bilan birga, aholida huquqiy ong va ijtimoiy faollikni oşiriş maqsadida jamoatçilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollari keng jalb qilinadi. Jinoyatçilikni kamaytiriş uçun zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalardan foydalaniş mexanizmi yölga qöyiladi. Har bir masʼul idora va muassasaning iş faoliyati qatʼiy nazoratga olinib, jinoyatçilikka qarşi kuraşda masʼuliyatsizlikka yöl qöygan rahbarlarga taʼsir çoralari köriladi.
Amudaryo tumanida 8 ta ovul va mahalla “qizil” toifaga kiritilgan bölib, ularni “yaşil” toifaga ötkaziş uçun tegişli topşiriqlar berildi. Huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadida “Xavfsiz hudud” tadbirlari ötkazilib, joylarda xavfsizlik çoralari kuçaytirilmoqda. Şu bilan birga, huquqbuzarlik sodir etgan 5 nafar xotin-qiz maʼmuriy javobgarlikka tortildi, sönggi ikki oyda tazyiq va zöravonlikka uçragan 95 nafar xotin-qizga himoya orderlari berildi.
Ozodlikni çeklaş bilan boğliq jazo çoralari qöllanilgan şaxslarning bandligini taʼminlaş maqsadida şu kuni tuman IIB va tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi hamkorligida mehnat yarmarkasi ham taşkil etildi. Unda iştirok şaxslardan 6 nafari iş bilan taʼminlandi. Bu esa ularning qayta jinoyat sodir etiş ehtimolini kamaytiradi.
Tinç va xavfsiz hayotni taʼminlaş nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki keng jamoatçilikning hamjihatlikdagi saʼy-harakatlariga boğliq. Har bir fuqaro öz mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olişda faol iştirok etişi, jamoatçilik nazoratini kuçaytirişi muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan çora-tadbirlar ham aynan şu maqsadlarga xizmat qiladi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶