FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR HUQUQLARI DAVLAT HIMOYaSIDA
Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.01.2025-yilda «Fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilişning zamonaviy mexanizmlarini joriy etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Qarori qabul qilindi.
Qarorda, davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali hamda işonçli himoya etilişini taʼminlaş va maʼmuriy sud işlarini yuritişni xalqaro standartlardan kelib çiqib yanada takomillaştiriş maqsadida bir qança muhim yönalişlar belgilangan.
Jumladan, javobgar taraf bölgan davlat organi mansabdor şaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy iştirok etişini taʼminlaş, maʼmuriy sud iş yurituvida işlarning tezkor va sifatli körib çiqilişini taʼminlaşga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga öz huquqlarini himoya qiliş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga qaratilgan dastlabki eşituv institutini joriy etiş tartiblari joriy qilinişi nazarda tutilmoqda.
Davlat organi qarori yoki uning mansabdor şaxsi harakati yoki harakatsizligi ustidan berilgan arizani maʼmuriy sudlarda körişda mansabdor şaxs yoki uning vakili zarur tuşuntirişlar beriş uçun sud muhokamasida iştirok etişi şart hisoblanadi.
Agar javobgar taraf bölgan davlat organi mansabdor şaxsi yoki uning vakili iştirok etişi zarur deb topilgan hollarda maʼmuriy işni körib çiqiş keyinga qoldiriladi.
Sud javobgarning iştiroki işning har tomonlama, töliq va töğri hal qilinişiga tösqinlik qilmagan taqdirda, iş davlat organi mansabdor şaxsi yoki uning vakili iştirokisiz körib çiqiladi, şuningdek, javobgar tarafning sud muhokamasiga kelmagan va uning kelmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, mansabdor şaxsga nisbatan sud jarimasi qöllaniladi.
Şuningdek, qarorda maʼmuriy sudlarda dastlabki etişuv instituti joriy qilinişi nazarda tutilgan.
Dastlabki eşituv ariza sudga kelib tuşgaç, yigirma kun mobaynida ötkaziladi. Dastlabki eşituv bosqiçida sudya arizaçining talablari va javobgarning eʼtirozlari aniqlaştiradi, arizadagi kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari köradi, arizaçiga talablarni isbotlaş uçun zarur dalillarni hamda javobgarga fikrni yozma ravişda taqdim etiş böyiça tuşuntirişlarini beradi.
Bir söz bilan aytganda, mazkur qaror fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining maʼmuriy sudga murojaat qilişlarida sansalorliklarning oldini oliş, sudga taqdim etilgan arizadagi kamçiliklarni bartaraf qilişda, sud muhokamalarida javobgar iştirokini taʼminlaş va bulardan taşqari bir qator masalalarda sud qarorlarining ijrosini taʼminlaşda katta ahamiyat kasb etadi.
Raxima XUDAYBERGENOVA, Qoraqalpoğiston Respublikasi maʼmuriy sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶