48-sonli MTTda sumalak sayli bölib ötdi
Yurtimizda Navrözi olam şukuhi kezib yurgan pallalarda xalqimiz milliy anʼanalarimizga köra, sumalak sayllarini ötkazişadi. Sumalak tayyorlaş davomida buğdoyni undirişdan tortib, to sumalak dasturxonlarga yetib borguniça bölgan jarayonni mehmondöst va tanti xalqimiz “sumalak töyi”ga aylantirib yuborişadi. Sababi, qöşnisining öçoğidan çiqqan tutunni körgan har özbek borki, qöşnisidan xabar olib, yordamlaşişga, xayrli işga hissa qöşişga oşiqadi. Sumalak pişayotgan qozon atrofida mahalla ahli jamuljam bölib, galdagi bahorga eson-omon yetkazgani uçun Yaratganga şukronalar aytib, yurtimiz tinçligini sörab duoga qöl oçişadi. Ha, Navrözi olam mana şunday sumalakli tadbirlari bilan gözal. Zaminga tiriklik, uyğoniş, rizq-u röz olib kelgani uçun ham qadrli!
Uşbu milliy taom nafaqat qarindoş-uruğlar, qöni-qöşnilar iştirokida, balki yurtimiz böylab barça idora va taşkilotlar, massalarda faoliyat körsatib kelayotgan hamkasblar, katta-kiçik davralarda ham zör iştiyoq, bayramona ruh ila tayyorlanadi. Bu esa, mehnat jamoasi örtasidagi mehr-oqibatni, döstona yaqinlikni yanada mustahkamlaydi. Şu bilan birga, hamkasblarning işdan ortib, maʼnaviy hordiq olişiga ham hissa qöşadi.
Ana şunday sumalak sayllaridan biri yaqinda tumanimizning Xolimbeg ovulida joylaşgan 48-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida ham bölib ötdi. Taşkilot xodimlari erta tongdan boğça binosida jamuljam bölib, sumalak tayyorlaşga kirişdilar. Taşkilot rahbari Xosiyat Qurbanbayeva boşçiligida taşkil qilingan sumalak saylida muassasa xodimlari Aziza Rajabova, Muhabbat Jumamurodova, Zulfiya Atabayeva, Yulduz Ismailova, Muhabbat Eşimbetova, Tölğanoy Bobojonova, Zamira Mangliyeva, Mohira Törayevalar iştirok etdilar.
Maʼnaviy hordiq oliş, milliy qadriyatlarimizni tarğib qiliş va jamoadagi özaro ahillikni mustahkamlaş maqsadida taşkil qilingan sumalakda bayramona tilaklar aytilib, ezgu niyatlar ila kapgir aylantirildi.
Tadbir davomida taşkilot işçi xodimlari tomonidan akkordeon va doiralarda musiqalar çalinib, jarayon raqs, kuy-qöşiqlar, öyin-kulgilar bilan davom etdi. Sumalak ana şunday öyin-kulgilari bilan yanada esda qolarli ötdi.
Tayyor holga kelgan milliy taom hamkasblar tomonidan tatib körilib, taşkilot tarbiyalanuvçilariga ham ulaşildi.
Maʼlumot uçun, 48-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti 2019-yilda foydalanişga topşirilgan bölib, 75-öringa möljallangan. Hozirgi kunda 90 nafar bolajonlar uşbu maskanda tarbiyalanmoqda. Şuningdek, taşkilotda 21 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.
Maʼlumotlarga köra, sumalak qadimdan, ayrim maʼlumotlarga köra 3000-yildan beri, bahorni kutib oliş, dehqonçilik işlarining boşlanişi arafasida tayyorlab kelinadi. XX asrning 90-yillaridan boşlab, uşbu şohona taomni pişiriş Navröz bayramida, ayniqsa, ayollar örtasida katta tantana bilan ötkazila boşlangan.
Darhaqiqat, sumalak uzoq tarixga ega milliy taom hisoblanib, u haqida turli xil rivoyat va afsonalar yuradi. Neça-neça asrlar ötsa-da, bizgaça yetib kelgan bu taomni hamda uning tayyorlaniş jarayonidagi öziga xos qadriyatlarni biz ham avlodlarga bus-butunligiça yetkaziş har birimiz uçun muhim vazifadir. Albatta, bunda yuqorida qayd etilgan sumalak sayllarining örni beqiyos.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶