Tuman hududidagi köçmas mulk obʼektlari xatlovdan ötkazilmoqda
Manbalarga köra, eramizdan 3000-yil oldin misrliklar tomonidan ilk kadastr hisob-kitoblari ötkazilgan. Bu işlar natijasida işlab çiqilayotgan yer uçastkasining çegaralari örnatilgan, yer töğrisidagi batafsil maʼlumotlar, yer uçastkalarining çegarasi va maydoni, egalik qiluvçilarning nomlarini hisobga olgan holda röyxatga olingan. Keyinçalik esa, Misrda yangi hisob-kitoblar ötkazilgan. Bundan maqsad – yerni taqsimlaş va köçmas mulkdan soliq olişni amalga oşiriş bölgan. Olingan daromadning beşdan bir qismi soliq sifatida tölanganligi aniqlangan, bu miqdorga bizning davrimizgaça amal qilinib kelingan. Şu tariqa, bunday yondaşuv ming yillar oldin ham mavjud bölgan, XX asrda esa mukammallaştirilgan.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari töğrisida”gi qonuni mamlakatimizda Davlat kadastrlarini yaratiş va yuritiş tamoyillarini belgilab beradi. Sönggi yillarda ham uşbu sohaga oid bir qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilinib, joylarda ijrosi taʼminlanmoqda. Albatta, qabul qilinayotgan qonunlar doirasida amaliy işlar qilinib, hududlarda özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari va ularda qurilayotgan binolar va inşootlar xatlovdan ötkazilib, aholi orasida bu böyiça tuşuntiriş-tarğibot işlari amalga oşirilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi Qonuni bu borada yangi imkoniyatlar eşiklarini oçdi. Uşbu qonunning maqsadi özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş bilan boğliq munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, uşbu Qonun 1-moddasining ikkinçi qismida nazarda tutilgan yer uçastkalariga nisbatan uşbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarda va tartibda faqat ijara huquqi hamda uşbu yer uçastkalarida qurilgan binolar va inşootlarga bölgan mulk huquqi eʼtirof etiladi. Bunda, ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uçastkalari uçun töqson töqqiz yil, boşqa yer uçastkalari uçun qirq töqqiz yil etib belgilanadi.
Şuningdek, yer uçastkasiga bölgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan mulk huquqi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlarining qarorlari bilan eʼtirof etilişi belgilab qöyilgan.
Qonunga köra, özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga taalluqli maʼlumotlarni va hujjatlarni kelişiş Kadastr agentligining avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali amalga oşiriladi. Avtomatlaştirilgan axborot tizimida töliq şakllantirilgan elektron yiğmajild maʼlumotlari tegişli fuqarolarning özini özi boşqariş organlari binolarining eʼlonlar burçaklarida, Kadastr agentligining rasmiy veb-saytida hamda boşqa axborot manbalarida jamoatçilikka eʼlon qilinadi. Manfaatdor jismoniy va yuridik şaxslar özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inşootlarga taalluqli maʼlumotlar va hujjatlar böyiça eʼtirozlari mavjud bölgan taqdirda, elektron yiğmajilddagi maʼlumotlar jamoatçilikka eʼlon qilingan kundan eʼtiboran, bir oy içida ular böyiça vakolatli taşkilotlarga şikoyat qilişi mumkin.
Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tumani filiali tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarga köra, bugungi kunda tuman hududida jami 45 ming 617 ta köçmas mulk obʼekti mavjud bölib, 2028-yil 1-yanvar kunigaça mazkur obʼektlarda xatlov işlari olib borilişi belgilangan. Yuqoridagi Qonun yuzasidan tasdiqlangan reja-jadval asosida tumanning tegişli mahallalari hududida 2024-yil 8-noyabrdan boşlab, köçmas mulklarni xatlov yöli bilan texnik inventarizatsiyadan ötkaziş işlari olib borilmoqda. Şu kungaça Gulzor va Olmazor mahallalari hududlarida joylaşgan köçmas mulk obʼektlari töliq xatlovdan ötkazilib, “UZKAD” dasturiga integratsiya qilindi. 955 ta köçmas mulk obʼektlari “E’TIROF AT” dasturiga yuklanib, komissiyaga taqdim qilindi.
Ayni kunlarda tumanning Yangiobod mahallasi hududida joylaşgan köçmas mulk obʼektlari xatlovdan ötkazilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumani filialining 19 nafar kadastr muhandislari bu jarayonda faol iştirok etib kelmoqda.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶