Durunki mahallasida sayyor sud majlisi ötkazildi
Inson yaralibdiki, muayyan jamiyatdagi qonun-qoidalarga böysunadi, öz haq-huquqlaridan foydalanadi. Har bir davlatning esa, öz konstitutsiyasi hamda öz qonunlari bor. Biroq, qaysi jamiyatda yaşaşingizdan qatʼiy nazar har qanday jinoyatga yoki huquqbuzarlikka javobgarlik bor. Albatta, jinoyatga odilona baho berişda, haqiqatning qaror topişida odil sudlovning ahamiyati katta.
13-mart kuni Amudaryo tumanining Durunki MFY binosida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining tergov sudyasi Donaxon Yusupova raisligida, sudya yordamçisi Elyor Jumaniyozovning kotibligida oçiq sayyor sud majlisi bölib ötdi. Oçiq sayyor sud majlisida Amudaryo tuman IIB tomonidan taqdim qilingan jami 13 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid işlar körib çiqildi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 183-moddasida körsatilgan mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan 5 nafar şaxsga nisbatan töplangan maʼmuriy huquqbuzarlik iş materiallari körib çiqildi va 3 nafar şaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi, 2 nafar şaxsga nisbatan esa maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Undan taşqari, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 101-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalaniş qoidalarini buziş holati böyiça huquqbuzarlik sodir etgan 3 nafar şaxsga nisbatan töplangan iş materiallari ham körib çiqilib, aybdorlarga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Şuningdek, sud majlisida Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 59-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan maişiy zöravonlik holati böyiça huquqbuzarlik sodir etgan hamda uşbu kodeksning 41-moddasi va 52-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan şaxslarga nisbatan töplangan iş materiallari ham körib çiqilib, huquqbuzar deb topilgan şaxslarga nisbatan qonunda nazarda tutilgan jazolar tayinlanib, qonuniy, adolatli qarorlar qabul qilindi.
Maʼlumki, inson jamiyatda öz örnini egallab, el-yurt orasida obrö-eʼtibor qozonişi igna bilan quduq qazişdek murakkab jarayon. Namunali fuqaro böliş uçun esa, ehtimol, yillar kerak. Birgina bosilgan egri qadam yoki birgina huquqbuzarlik ana şu misqollab yiğilgan insoniylik mavqesini yöqqa çiqarişi şubhasiz. Şunday ekan, har bir şaxs öz huquqlarini bilgan holda, atrofidagilarning, davlat va jamiyatning huquq va manfaatlarini hurmat qilişi kerak.
Donaxon Yusupova, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining terov sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶