14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:13
Jamiyat 👁 378

Bayram arafasida fidoyi ayollarga ehtirom koʻrsatildi

Bayram arafasida fidoyi ayollarga ehtirom koʻrsatildi

Oila – jamiyatning asosiy tayanchi. Uning mustahkamligi, farzandlarning toʻgʻri tarbiyasi va hayot yoʻlidan adashmasligi koʻp jihatdan ayollarning matonati, sabr-toqati va mehnatiga bogʻliq. Har bir oilada oʻz hayotini umr yoʻldoshi va farzandlariga bagʻishlagan, ularga madadkor boʻlgan ayollar bor. Ayniqsa, harbiy xizmatchi yoki urush qatnashchisining turmush oʻrtogʻi boʻlish – alohida sabr, jasorat va fidoyilik talab etadi.

Shu bois, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi tomonidan Afgʻon urushi qatnashchilarining oila aʼzolari taqdirlandi. Bu eʼtirof – ularning oilasi va jamiyatga qilgan beqiyos xizmatiga berilgan yuksak bahodir.

Afgʻon urushi qatnashchisi Maqsad Karimovning turmush oʻrtogʻi Dilbar Saidova umr yoʻldoshiga hamisha sadoqat va matonat bilan yelkadosh boʻlib kelgan. Oilaning mustahkamligi va farzandlarning toʻgʻri tarbiyasi bevosita ona mashaqqati va fidoyiligi bilan bogʻliq. Shuning uchun uning “Vafo va sadoqati uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishi – nafaqat turmush oʻrtogʻiga, balki oilaga va jamiyatga boʻlgan cheksiz fidokorligining eʼtirofidir.

1982-yilda Maqsad Karimov bilan oila qurgan Dilbar Saidova rus tili filologiyasi boʻyicha tahsil olgan va koʻp yillar davomida 7-sonli maktabda yoshlarga bilim berdi. Oilasi uchun mustahkam tayanch boʻlish bilan birga, ilm-maʼrifat yoʻlida ham xizmat qildi. Bugun fidoyi ona 4 nafar farzandni vatanparvar va foydali insonlar qilib voyaga yetkazgan, 10 nafar nabiraning mehribon buvisidir.

Maqsad Karimovning kelini, 32-sonli maktab oʻqituvchisi Nazokat Qodirova esa “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlandi. U 2009-yildan buyon ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi sifatida yosh avlodga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Bunday fidoyi ayollarning eʼtirof etilishi – jamiyatda oilaning oʻrni va ahamiyatiga berilgan yuksak bahodir. Ular nafaqat oila mustahkamligini taʼminlaydi, balki yosh avlod tarbiyasi, maʼrifat taraqqiyoti va milliy qadriyatlarning avloddan-avlodga oʻtishiga beqiyos hissa qoʻshadi. Ana shunday ayollarning mehnati va sadoqati munosib qadrlangan jamiyat esa mustahkam poydevorga ega boʻladi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019