14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:13
Qishloq xoʻjaligi 👁 300

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi — ekologik muhitni yaxshilash yoʻlida xayrli tashabbuslar maskani

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi —  ekologik muhitni yaxshilash yoʻlida xayrli tashabbuslar maskani

2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili  

Yurtimizda oʻrmonlarni koʻpaytirish va yashil hududlarni kengaytirish yoʻlida muhim ishlar olib borilmoqda. Bu borada Amudaryo tumanidagi Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi ham yashil maydonlarni asrash, ekologik muhitni yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish va shu kabi boshqa koʻplab muhim vazifalarni bajaryapti. Oʻrmon xoʻjaligida tashkil etilgan koʻchatxonalar, ularda oʻstirilayotgan turli manzarali daraxtlar va oʻrmonzorlar ekologik muammolarni hal etishda muhim omil hisoblanadi.

Oʻrmon xoʻjaligi Nazarxon va Qipchoq boʻlimlaridan iborat boʻlib, xoʻjalik xodimlari asosan, qum oʻrmonlari va saksovulzorlarni saqlash hamda qoʻriqlash ishlari bilan shugʻullanadi. Shuningdek, mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini yetishtirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Oʻrmon xoʻjaligidagi koʻchatxonada, asosan, manzarali, igna bargli, mevali daraxtlar va saksovul koʻchatlari yetishtiriladi.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida 2024-yilda dastlabki rejaga muvofiq, 20 gektar oʻrmon fondi yerlarini foydalanishga kiritish belgilangan boʻlib, bu koʻrsatkich toʻliq bajarildi. Oʻrmonzorlar va butazorlar maydonini kengaytirish boʻyicha belgilangan reja 800 gektar boʻlib, amalda bu koʻrsatkich 5 ming 915 gektarga yetkazildi. Shuningdek, 4 ming 200 kg miqdorida daraxt va buta urugʻlarini tayyorlash belgilangan boʻlib, amalda 30 ming 125 kg urugʻlar tayyorlandi. Ushbu urugʻlar, asosan, Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonzorlar barpo etish maqsadida yetkazib beril­yapti.

Tut koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha ham kutilganidan ancha yuqori natijalar qayd etildi. Belgilangan 110 ming dona koʻchat oʻrniga 342 ming dona koʻchat yetishtirildi.

Xususiy sektor bilan hamkorlikda chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha 531 bosh chorva yetishtirish rejasi 163,5 foizga bajarildi. Parrandachilik yoʻnalishida ham umumiy reja 11 ming 860 bosh oʻrniga 11 870 bosh qilib bajarildi.  Asalarichilik sohasida esa 1 ming 700 uyada shuncha oila asalari yetishtirilib, reja 100,6 foizga bajarildi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻnalishida ham belgilangan rejadan 65,8 foiz yuqori koʻrsatkich qayd etildi. Dorivor va ozuqabop oʻsimliklar yetishtirish hajmi 70 tonnani tashkil etdi.

2019-2024-yillar davomida xoʻjalikda jami 106 gektar maydonda ihota oʻrmonzorlari barpo etildi. Bundan tashqari, shu yillar ichida 31 ta hududda joylashgan 140 ta fermer xoʻjaligi hududiga 161 ming 157 dona koʻchat ekildi. Ushbu ishlarning asosiy maqsadi – shamol va qum koʻchishining oldini olish, yerlarning hosildorligini oshirish hamda ekologik muhitni yaxshilashdir.

2024-yilda 82ta tashkilot va korxona bilan 151 ming 792 dona koʻchat yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolandi. Jumladan, fuqarolar yigʻinlari bilan 18 ming 300 dona koʻchat uchun shartnoma tuzilgan boʻlib, turli tashkilotlar 40 ming 881 dona koʻchat bilan taʼminlandi. Jumur ovul mahallasida “Mening bogʻim” loyihasi doi­rasida 2,5 gektar maydon obodonlashtirilib, hudud tabiiy goʻzallik mas­kaniga aylantirildi. Mazkur bogʻ hududiga jami 1 ming 417 tup, jumladan 447 tup yasen, 428 tup katalpa va 542 tup qayragʻoch koʻchatlari ekildi. Shuning­dek, boqqa 10 ta oʻrindiq va 10 ta chiqindi qutisi oʻrnatilib, aholi uchun qulay sharoit yaratildi.

Joriy yilda Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ham keng koʻlam kasb etadi. Xususan, oʻrmon fondi yerlaridan oqilona foydalanish maqsadida tumanda 231,5 gektar yer ajratilib, unda turli ekologik va iqtisodiy yoʻnalishdagi loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.  

Tuman hududida 200 gektar maydonda choʻl oʻsimliklari, tez oʻsuvchi daraxtlar va butazorlar barpo etiladi. Bu nafaqat hududning ekologik holatini yaxshilash, balki havoning tozaligini taʼminlash va tuproqni eroziyadan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, koʻkalamzorlashtirish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida 0,5 gektar yerda mevali va manzarali daraxtlar koʻchatxonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.  

Dorivor oʻsimliklar – naʼmatak, lavanda, moychechak, dalachoy va togʻrayhon yetishtirish maqsadida 30 gektar maydon ajratiladi. Bu oʻsimliklar tibbiy va farmatsevtika sohasida keng qoʻllanilib, ulkan iqtisodiy salohiyatga ega. Shuningdek, 1 gektar yerda donli, dukkakli va poliz ekinlari yetishtirish ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, 116 gektar yer ajratib, kambagʻal oilalar aʼzolarining bandligini taʼminlash maqsad qilingan.

“2025-yilda aholi band­ligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorida belgilangan vazifalarga koʻra, Amudaryo tumanida 7 ta mahallaga – Uyshin, Amir Temur nomli, Boʻz yop, Kuyuk koʻpir, Oq oltin, Bobur nomli va Qangli ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlariga umumiy 6 ming 832 tup manzarali daraxt koʻchatlari va qalamchalar yetkazib berilishi rejalashtirilgan.  

Ekish uchun tumanning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, tut, qayragʻoch va terak kabi tez oʻsuvchi hamda havoni tozalashda muhim ahamiyatga ega boʻlgan daraxt turlari tanlangan. Bu nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, balki hududning iqlim sharoitini yaxshilash, chang va issiqlikni kamaytirish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish imkonini beradi.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida hozirda 56 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Har bir xodim oʻrmonlarni himoya qilish, noqonuniy daraxt kesish va yongʻinlarning oldini olish, shuningdek, ekotizimni saqlashda jonkuyarlik bilan mehnat qilmoqda.

Erkinboy Toʻrayev, Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019