“Agro-dizel” nomli yangi savdo şoxobçasi öz faoliyatini boşladi
Qişloq xöjaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Yerga uruğ qadaş, uni parvariş qiliş va möl hosil yetiştirişda zamonaviy texnikalarning örni beqiyos. Har bir mavsumda dehqon va fermer xöjaliklari uçun texnika vositalariga bölgan ehtiyoj ortadi. Ayniqsa, bahorgi ekin mavsumi yaqinlaşar ekan, qişloq xöjaligi texnikalarini tayyor holga keltiriş muhim vazifa hisoblanadi. Bunday şaroitda sohaga ixtisoslaşgan savdo şoxobçalari dehqon va tadbirkorlar uçun katta imkoniyat yaratadi. Yaqinda şunday qulayliklardan biri – Amudaryo tumanining Yangiobod mahallasida “Agro-dizel” nomli yangi savdo şoxobçasi foydalanişga topşirildi.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasining tuman bölimi raisi Bekman Allaberganov, mahalla faollari, “Yusuf Eşon bobo” jome masjidi imom-xatibi, tadbirkorlar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi. Sözga çiqqanlar bu kabi loyihalarning ahamiyatini taʼkidlab, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar xalq farovonligini oşirişga xizmat qilişi eʼtirof etişdi.
Tantanali oçiliş marosimidan söng nuroniylar ramziy tasmani kesib, savdo şoxobçasidagi şaroitlar bilan tanişdilar. Dökon zamonaviy jihozlangan bölib, mijozlarga qulaylik yaratiş uçun barça şart-şaroitlar bilan taxminlangan. Mahsulotlarning keng assortimenti, sifatli xizmat va qulay joylaşuv dökonni hudud uçun muhim savdo nuqtasiga aylantiradi.
Mazkur loyiha tadbirkor Rahmatillo Yoqubovning öz mablağlari hisobidan bunyod etildi. Dökon 2 qavatdan iborat bölib, 1-qavatda savdo faoliyati olib boriladi, 2-qavat esa ofis sifatida xizmat qiladi. Savdo şoxobçasi faoliyati natijasida 6 nafar yoş iş bilan taʼminlandi.
Bugungi kunda qişloq xöjaligi sohasida texnika va ehtiyot qismlarining sifatli hamda kafolatli bölişi dehqon va fermer xöjaliklari uçun katta ahamiyatga ega. Xususan, işlab çiqariş jarayonida texnika uzluksiz işlaşi hosildorlik va mehnat samaradorligiga bevosita taʼsir körsatadi. Şu bois zamonaviy talablarga javob beradigan, işonçli va uzoq muddat foydalaniş imkoniyatiga ega ehtiyot qismlarini taklif qiladigan savdo şoxobçalarining köpayişi sohaning yanada rivojlanişiga xizmat qiladi.
Yangi “Agro-dizel” nomli savdo şoxobçasining faoliyati nafaqat tadbirkorlar va fermerlar, balki butun tumanning iqtisodiy rivojiga hissa qöşadi. Zamonaviy va talabgir mahsulotlar bilan taʼminlaydigan bunday maskanlar dehqonlar mehnatini yengillaştirib, texnika va qişloq xöjaligining rivojiga xizmat qiladi. Eng asosiysi, bu kabi taşabbuslar aholi turmuş darajasini yaxşilab, yangi iş örinlari yaratilişiga hissa qöşadi.
Qişloq xöjaligi – mamlakatimiz iqtisodiyotining tayançi. Uşbu soha rivoji yölidagi bunday taşabbuslar fermer va tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçişi şubhasiz.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶