DXX Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismda “Oçiq eşiklar kuni” ötkazildi
Jahonda yuz berayotgan murakkab siyosiy jarayonlar, turli xil tahdidlar har bir mamlakatni Qurolli kuçlar salohiyatini oşirişga, mudofaa işlarini isloh qilişga va eng avvalo tinçlik neʼmatining qadriga yetişga hamda uni asrab-avaylaşga daʼvat etadi. Yurtimizda ham bu borada olib borilayotgan islohotlar kun kelib özining ijobiy samarasini berişi şubhasiz.
2025-yilga möljallangan davlat dasturi loyihasida umumtaʼlim taşkilotlarida çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanini öquv-uslubiy va dasturiy jihatdan takomillaştirib boriş, fan öqituvçilarining faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş, şuningdek, belgilangan tartibda bosqiçma-bosqiç moddiy-texnik jihatdan taʼminlab boriş belgilab qöyilgan. Maʼlumki, maktablarda ötilayotgan çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öquvçi yoşlarda Armiya haqidagi dastlabki, nazariy tasavvurlarni uyğotsa, DXX çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismlarda ötkazilib kelinayotgan “Oçiq eşiklar kuni” tadbirlari öquvçilarda bu böyiça amaliy könikmalarni şakllantiradi. Yaʼni öquvçilar harbiy qismga taşrif barobarida askarlarimizning harbiy hayoti bilan yaqindan tanişadilar.
Yaqinda Amudaryo tumani DXX Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismlardan birida “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri ötkazildi. Tadbirda masʼul ofitser Otabek Madolimov, DXX çegara qöşinlari harbiy xizmatçisi Mirjahon Majidov, tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, mayor Şuhrat Mamatov, Nukus harbiy Prokuraturasining prokuror yordamçisi Uluğbek Daubayev hamda tumanimizdagi 4-, 22-, 36-sonli umumtaʼlim maktablari va ixtisoslaştirilgan maktab öquvçilari iştirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi yoşlarni vatanparvarlik ruhida kamol toptiriş, ularda şu yurt taqdiriga va kelajagiga daxldorlik tuyğusini uyğotiş hamda çinakam vatan himoyaçilarini kaşf etişdan iborat bölib, öquvçilar tadbir davomida muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlarimizning yaşaş joylari, ularga yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Şu bilan birga, ular harbiy texnikalardan, qurol-aslahalardan, xizmat otlari va xizmat itlaridan foydalaniş, ular bilan qay tartibda işlaş böyiça maʼlumotga ega böldilar.
Joriy yilda Özbekiston armiyasi dunyoning eng kuçli armiyalari reytingida 145 mamlakat içida 58-örinni egalladi. Şuningdek, Özbekiston mazkur natija bilan ötgan yilgi körsatkiçidan 7 poğona yuqorilagan. Albatta, bu yurtimizda Qurolli kuçlarga qaratilayotgan eʼtiborning yorqin namunasidir.
Armiya safida yigitlik burçini aʼlo darajada ötayotgan, vataniga sidqidildan xizmat qilayotgan öğlonlarimizni rağbatlantirib boriş, ularning safini kengaytiriş ham muhim örin tutadi. Tadbir davomida Farğona viloyatining Söx tumanida harbiy xizmatni ötayotgan, xizmat davomida safdoşlariga namuna bölayotgan amudaryolik yigitlar – oddiy askarlar Şohrux Axmatov hamda Abror Madatovlarning ota-onalariga Çegara Qöşinlari Qömondoni tomonidan minnatdorçilik xatlari topşirildi.
“Oçiq eşiklar kuni”da maktab öquvçilariga ona yurt sarhadlarida sobit qadam bölib, özi tuğilib ösgan diyorning tinçligi va osoyiştaligini saqlaş har bir farzandning muqaddas burçi ekanini alohida taʼkidlandi. Şuningdek, vatan tinçligi yölida fidokorona xizmat qilib, mardlarça halok bölgan bir qator harbiylarimizning şarafli umr yölini öquvçilarga ibrat sifatida keltirib ötildi. Jarayon davomida tadbir iştirokçilari harbiylardan özlarini qiziqtirgan savollarga tegişliça javoblar oldilar.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶