Biz buyuk yurt farzandlarimiz!
Dunyo tamadduniga ulkan hissa qöşgan ota-bobolarimiz hokini öz bağriga olgan yurtimizda, ne-ne zulmlar, jabr-jafolar çeksa-da özligini yöqotmagan, dunyoda tengsiz asl milliy ildizlaridan kuç olib tobora ravnaq topib borayotgan xalqimizning bugungi vorislari - yoşlarimiz özlari ulğaygan osuda beşik – Ona yurt xizmatiga şay, kamarbasta bölib voyaga yetmoqda. Zamonaviy uslubda qurilgan, ilğor texnologiyalar bilan jihozlangan, barça şaroitlarga ega maktablar, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim muassasalari yoşlarimizning ilm-fan sirlarini puxta egallaşi, kasb-hunarli bölib, ilk mehnat könikmalariga ega bölişiga, bilimdon va fidoyi bölib voyaga yetişlariga xizmat qilmoqda.
Şuni nazardan qoçirmaslik kerakki, bugungi kunda yoşlarimizga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bir qatorda ularni töğri yöldan ozdirişga urinayotgan manfur kuçlar ham bor. Butun dunyoda globallaşuv jarayonining çuqurlaşuvi va axborot texnologiyalarining takomillaşib borgani sari milliy madaniyatimizning, qadriyatlarimizning va asrlar oşa yaşab kelayotgan azaliy urf-odatlarimizning turmuşimizda öz jilosini saqlab qolişiga erişiş dolzarb vazifa bölib qolmoqda. Çunki Ğarb "ommaviy madaniyati” tobora kengroq hududlarni qamrab olmoqda. Uni yanada keng yoyişga urinayotgan kuçlarning maqsadi esa insonlarni milliy madaniyatidan uzoqlaştiriş, dunyoni bir tizimga solib, bitta oqim böylab harakatlanişini taʼminlaş, antimilliy ğoyalarni osonlikça singdiriş, maʼnaviy begonalaşuvni yuzaga keltirişdan iborat.
Yurtimizda yoşlarimiz tarbiyasiga, maʼnaviyatiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin bölgan har qanday kuçlar taʼsiridan saqlaniş, hayotimizda ularga yöl bermaslik uçun köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.Mamlakatimiz yoşlari kamoliga xizmat qiluvçi köplab çora-tadbirlar dasturlari işlab çiqilib, amalga oşirilmoqdaki, bular albatta öz samaralarini bermoqda.
Şu yilning 13-may kuni tumanimizda "Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” şiori ostida bölib ötgan yoşlar festivali ham ana şunday tadbirlardan biridir.
Festivalni ötkazişdan maqsadyoşlarni "ommaviy madaniyat”ning turli yot ğoyalaridan asraş, xalqimizning milliy qadriyatlariga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalaş, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-madaniy taraqqiyoti yölida öz hissalarini qöşayotgan iqtidorli va isteʼdodli yoş ijodkorlar, ijtimoiy faol yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, iqtidorli yoşlarning ilm-fan sohalarida qölga kiritayotgan yutuqlarini rağbatlantiriş, ularning aql-zakovati va intellektual qobiliyatlarini töla namoyon etişiga kömaklaşiş, yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qilişdan iboratdir.
Festivalning oçilişi va "Siz sevgan qahramonlar” mavzusida taniqli yozuvçilar, şoirlar, kino aktyorlari hamda estrada xonandalari bilan ijodiy uçraşuv Amudaryo akademik litseyida bölib ötdi. Ona yurtga muhabbat, sadoqat tuyğularini madh etuvçi, öz tuğilgan makonini yot kuçlardan himoya qilişga çorlovçi qöşiqlar barça iştirokçilar qalbida aks sado berdi.
Festival doirasidagi tadbirlardan biri Manğit iqtisodiyot kollejida ötkazildi. Bu yerda "Prezident asarlari bilimdoni” loyihasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Özbekiston mustaqillikka erişiş ostonasida” nomli kitobi böyiça qatnaşçilarning bilimlari sinovdan ötkazildi. Şuningdek, olimlar va yozuvçilar iştirokida kitobning mazmun-mohiyatini tuşuntirişga qaratilgan seminar-trening taşkil etildi.
250 nafar yoşlar iştirok etgan "Biz soğlom turmuş tarzi tarafdorimiz” nomli loyihada tumanimizdagi örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari öquvçilari örtasida futbol va voleybol böyiça Dörman qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida musobaqalar ötkazildi.
Tuman madaniyat va sport işlari bölimi binosida 300 nafar yoşlar "Gumrohlar” nomli kinofilmni tomoşa qildilar.
Amalga oşirilgan tadbirlar tumanimizning yoşlarini yurt ravnaqi yölida bir tanbir jon bölib birlaşişga, har qanday yot ğoyalar turmuşimizga kirib kelişining oldini olişda yakdil kuraşişga çorladi.
Yoşlar festivali doirasidagi tadbirlarda Özbekiston xalq artisti Rajab Adaşev, aktyorlar Pölat Normatov, Yunus Asqarov, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Samandar Hamroqulov, estrada xonandasi Tohir Usmonov, aktyor Nurbek Mamatov, yoş olima Gulmira Şomurodova, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Joldasbay Abdujamilov, "Özbekiston belgisi” kökrak nişoni sohibasi Gözal Ergaşeva, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Şahzoda Bozorboyevalar iştirok etdilar.
Oygul RAJABOVA.
(Foto - kamolot.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶