Jumurtov şaharçasida yoşlarga eʼtibor qay darajada?
Yurtimizda yoşlarning taʼlim olişi, kasb-hunar egallaşi va jamiyatda faol iştirok etişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularni ijtimoiy himoya qiliş, tadbirkorlikka jalb qiliş va bandligini taʼminlaş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilayotgani eʼtiborga molik. Jumladan, Jumurtov şaharça fuqarolar yiğinida ham yoşlar manfaatlarini himoya qiliş va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida samarali işlar olib borilmoqda.
Xususan, mahalladagi yoşlar yetakçisi Muyassar Murodova taşabbusi bilan 2024-yil davomida “Yoşlar daftari”ga kiritilgan 16 nafar yoşlarning ijtimoiy himoyasi taʼminlandi. Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 13 nafar talabaning kontrakt tölovining bir qismi qoplab berildi. Şuningdek, yoşlarning 2 nafariga subsidiya asosida tikuv maşinalari taqdim etilgan bölsa, yana 1 nafarining safarbarlik rezervi tölovi töliq tölab berildi. Yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş maqsadida sport musobaqalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi, bu esa ularning jamiyatdagi faolligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Mahalladagi hokim yordamçisi Samandar Bobojonov boşçiligida ötgan yili “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili” davlat dasturi doirasida ham bir qator amaliy işlar qilindi. Jumladan, 28 nafar işsiz yoşlar röyxatga olinib, ularning 10 nafariga 30-yil muddatga ijara asosida dehqonçilik qilişlari uçun yer maydonlari ajratildi. Şuningdek, 5 nafar yoşlarga tadbirkorlikni yölga qöyiş uçun jami 81 million sömlik kredit mablağlari ajratilib, iş faoliyati uçun zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlandi.
Mamlakatimizda yoşlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularning taʼlim olişi va mehnat bozorida munosib örin egallaşi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar Jumurtov şaharçasi yoşlarining ham hayotlarida öz aksini topmoqda.
Ozoda Xolnazarova, Iroda Xolnazarova - QDU talabalari, tahririyat amaliyotçilari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶