Jangçi faxriylar mehnati eʼtirof etildi
Yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş jamiyatning muhim vazifalaridan biri. Bu borada fidokorona mehnat qilib, öz hayotini yoşlar tarbiyasiga bağişlagan insonlar eʼtirof etilişi esa haqli ravişda tahsinga loyiqdir.
Yaqinda Özbekiston “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlar birlaşmasi tomonidan amudaryolik ikki nafar jangçi faxriy – Ikrom Rajabov va Baxtiyor Qiliçevlar “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş uçun” medali bilan taqdirlandilar.
Ikrom Rajabov 1967-yilda Amudaryo tumanida ziyoli oilada tuğilgan. 1984-yilda Toşkent Politexnika institutiga öqişga qabul qilingan. Bir yil ötgaç, harbiy xizmatga çaqirilib, Turkmanistondagi Tedjon şahrida boşlanğiç harbiy tayyorgarlikdan ötgan. Keyinçalik Afğonistonda xizmat qilib, 1987-yilda Vatanga qaytgan. Toşkent Politexnika instituti harbiy kafedrasida öqişni davom ettirib, 1990-yilda leytenant unvoniga sazovor bölgan. Hozirda tuman Elektr taʼminoti korxonasida mehnat qilmoqda.
Baxtiyor Qiliçev esa 1960-yil 17-fevralda Amudaryo tumani Xolimbeg ovulida tuğilgan. U ham harbiy xizmatni sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi va Afğonistonda xizmat ötagan. Harbiy xizmatdan söng Toşkent davlat pedagogika universitetida tahsil olgan. Köp yillar mobaynida tumandagi 35-sonli maktabda boşlanğiç taʼlim öqituvçisi sifatida mehnat qilgan. Hozirda nafaqada bölsa-da, yoşlarga vatanparvarlik saboqlarini berişda faol iştirok etmoqda.
Faxriylarimiz yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qöşgan hissasi bilan ibrat namunasi sanaladi. Ular qilgan xizmatlar jamiyatimizda eʼtirof etilişi esa Vatanga sadoqat va fidoyilik qadrlanişining yorqin dalilidir.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶