48-SONLI MAKTABNING YaNGI BINOSI FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Taʼlim-tarbiyaga eʼtibor kuçli bölgan jamiyat aʼzolari yuksak maʼnaviyatli, şu bilan birga ilğor fikrli, ilm-u maʼrifatning qadr-qimmatini hamma narsadan ustun qöyguvçi şaxslar sifatida şakllanadilar, ösib kelayotgan yoş avlodning çuqur bilim olişlarini taʼminlaş maqsadida fidoyilik körsatadilar. Mamlakatimizda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor va izçillik bilan amalga oşirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatida ham, eng avvalo, Yangi Özbekistonning yangi avlodlarini barkamol va yetuk insonlar qilib voyaga yetkaziş orqali jamiyatimizni yanada taraqqiy ettirişdek ezgu maqsadlar mujassam. Bu taʼlim-tarbiya sohasini dunyo andozalariga mutanosib ravişda rivojlantiriş, sohaning moddiy texnik taʼminotini yaxşilaş, muassasalarni eng sönggi rusumdagi taʼlim texnologiyalari bilan jihozlaşga qaratilgan amaliy çora-tadbirlarda öz ifodasini topmoqda.
Amudaryo tumanida ham davlatimiz tomonidan qaratilayotgan ana şunday eʼtibor va rağbat tufayli taʼlim muassasalarining moddiy-texnik taʼminoti yil sayin yaxşilanib bormoqda. Xususan, sönggi yillarda tumandagi bir neçta umumtaʼlim maktablarida joriy taʼmirlaş va rekonstruktsiya işlari olib borildi. Birgina 2024-2025 öquv yilida 35-, 31- sonli umumtaʼlim maktablari uçun qöşimça binolar qurib berildi, bir neçta maktablarda joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Mazkur taʼlim muassasalarining yangidan qurilgan qöşimça binolarida ayni paytda öquvçilar zamonaviy şaroitlarda bilim olişmoqda.
Bundan 50-yil avval – 1975-yilda, öşa davr talablaridan kelib çiqib, 190 öquvçi örniga möljallab bunyod etilgan 48-sonli umumtaʼlim maktabida ayni paytda 423 nafar öquvçi taʼlim olişadi. Öquvçilarga zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya beriş uçun zarur şaroit yaratiş maqsadida mazkur taʼlim muassasasiga ham qöşimça bino qurilişi davlat dasturiga kiritildi va 4 mlrd 706 mln. söm mablağ ajratildi.
“JUMURTOV TEX TAʼMIR SERVISʼ MÇJ quruvçilari tomonidan bunyod etilgan maktabning 240-örinli yangi qöşimça binosida zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan 12ga 24 metr ölçamdagi sport zali, töliq kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlangan 1ta sinfxona, 2ta elektron doska, 60-örinli oşxona mavjud bölib, yangi binoning barça sinf xonalari yangi partalar, stol-stullar doskalar bilan jihozlangan.
Joriy yilning 11-fevral sanasida Jumurovul mahallasida qad rostlagan maktabning yangi qöşimça binosini foydalanişga topşirişga bağişlangan marosim bölib ötdi. Unda Amudaryo tumani hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov, hokim örinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Yalğaş Şamuratov, şuningdek, mazkur maktab pedagogika jamoasi, ovul nuroniylari iştirok etişdi.
Maktabning yangi binosini foydalanişga topşirişga bağişlangan tadbirni Amudaryo tumani hokimining birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov oçdi va maktab pedagogika jamoasini hamda öquvçi-yoşlarni zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi öquv maskani bilan tabrikladi. Şu bilan birga maktab pedagogika jamoasining davlatimiz ğamxörligiga munosib ravişda faoliyat olib borişlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Şuningdek, tadbirda sözga çiqqanlar davlatimiz tomonidan taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor va amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar tufayli bugungi avlod yoşlari orasida bilimdon, yuksak salohiyatli va intiluvçan öquvçilar safi oşib borayotganini alohida taʼkidlab, 48-sonli maktab bitiruvçilarining ham oliy öquv yurtlariga öqişga kiriş körsatkiçlari quvonarli ekanligini qayd etdilar va maktab qurilişini sifatli amalga oşirgan bunyodkorlarga çin dildan minnatdorçilik bildirdilar.
Tadbir davomida “JUMURTOV TEX TAʼMIR SERVIS” MÇJ rahbari Akbar Tairov maktab direktori Öktam Qöşnazarovga yangidan bunyod etilgan maktab binosining ramziy kalitini topşirdi.
Şundan söng tadbir iştirokçilari öquv muassasasining yangi binosida yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar va qöli gul quruvçilar tomonidan barça işlar sifatli amalga oşirilganini alohida eʼtirof etdilar.
Şu kunning özida maktab öquvçilari ustozlari rahbarligida yangi binoda dars maşğulotlarini boşlab yubordilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶