14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 02:34
Sport 👁 391

Futbol boʻyicha qizlar oʻrtasida musobaqa tashkil etildi

Futbol boʻyicha qizlar oʻrtasida musobaqa tashkil etildi

Sport inson salomatligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Xususan, ayol-qizlarning sport bilan shugʻullanishi jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga, yoshlarning jismoniy hamda maʼnaviy kamolotiga xizmat qiladi.

Yaqinda Amudaryo tumani sport maktabi tashabbusi bilan Xolimbeg ovuli hududidagi sunʼiy qoplamali mini-futbol maydonchasida futbol boʻyicha ayol-qizlar oʻrtasida musobaqa tashkil etildi. Murosasiz kechgan bahslar sportchilar uchun katta tajriba maktabi boʻlib, qizlar futboli rivoji yoʻlida muhim ahamiyat kasb etdi.

Turnirda Xorazm viloyati hamda Qoʻngʻirot va Xoʻjayli tumanlaridan kelgan tajribali sportchilardan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Musobaqada 8ta jamoa gʻalaba uchun oʻzaro kuch sinashdi. Har bir oʻyin muxlislar uchun jozibador va murosasiz bellashuvlarga boy boʻldi.

Futbol anʼanaviy ravishda koʻproq erkaklar oʻyini sifatida qaralsa-da, bugungi kunda ayol-qizlar ham ushbu sport turiga katta qiziqish bildirmoqda. Oʻzbekistonda ayol-qizlar futboliga boʻlgan eʼtibor tobora ortib, turli musobaqalar tashkil etilmoqda. Tumanimizda oʻtkazilgan mazkur musobaqa ham shu yoʻnalishdagi muhim tadbirlardan biri boʻldi.

Har bir jamoa maydonda oʻzining kuchli tomonlarini namoyish etishga intildi. Musobaqa davomida tezkor hujumlar, chiroyli paslar va mustahkam himoya koʻzga tashlandi. Ayniqsa, jamoalar taktik jihatdan mukammal oʻyin koʻrsatishga harakat qilishdi.

Qizgʻin kechgan bahslar yakunida Xoʻjayli tumani futbolchi qizlari 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ular yaxshi oʻyini, toʻpni toʻgʻri nazorat qilishi va kuchli himoyasi bilan raqiblaridan ustun keldi. Amudaryo jamoasi esa 2-oʻrinni egalladi, tumanimiz sportchilari mehmon jamoalarga munosib qarshilik koʻrsatib, oʻz kuchini namoyish etishdi. Qoʻngʻirot jamoasi esa musobaqa davomida yaxshi harakat qilib, kuchli raqiblarga jiddiy qarshilik koʻrsatgan holda 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa yakunida gʻolib jamoalar Amudaryo tumani sport maktabi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbir tashkilotchilari, jumladan, tuman sport maktabi rahbariyati musobaqa ishtirokchilarining kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishlariga tilakdosh boʻldilar.

Murabbiylar esa oʻyin davomida yoʻl qoʻyilgan xatolarga eʼtibor qaratib, jamoalarga bir qator tavsiyalar berishdi. Jumladan, toʻpni oshirishda aniqlikka eʼtibor qaratish, hujumda yanada samarali harakat qilish, himoyada eʼtiborliroq boʻlish kabi muhim jihatlar alohida taʼkidlandi. Kelgusi musobaqalarda ishtirokchilar oʻz xatolari ustida ishlab, yanada kuchliroq jamoa sifatida maydonga chiqishlariga shubha yoʻq.

Bunday musobaqalar nafaqat yosh sportchilarga tajriba orttirish imkonini beradi, balki ayol-qizlar futboliga boʻlgan qiziqishni oshirishga ham xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019