14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:42
Siyosat 👁 643

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amudaryo tumanida mahallalardagi muammolarni hal etish boʻyicha ishlar bilan tanishdi

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amudaryo tumanida mahallalardagi muammolarni hal etish boʻyicha ishlar bilan tanishdi

Yaqinda Amudaryo tumanidagi ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash va obodonlashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlangan edi. 4-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Choykoʻl, Xolimbeg ovullari va Toshqalʼa mahallasida boʻlib, ichki koʻchalariga qum-shagʻal aralashmasini yotqizish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi. Shuningdek, hudud aholisi bilan yaqindan muloqot qildi.

Taʼkidlash joizki, koʻp sonli fuqarolar tomonidan ichki yoʻllarni taʼmirlash va infratuzilmani yaxshilash boʻyicha bildirilgan murojaatlar bugungi kunga kelib bosqichma-bosqich oʻz yechimini topmoqda.

Fuqarolar bilan muloqot davomida ham qator dolzarb muammolar aytib oʻtilib, Joʻqorgʻi Kenges Raisi koʻtarilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Har bir oʻrinli muammo, albatta, oʻz yechimini topishini, yomgʻirli kunlarda loy, yozda chang bilan aholini qiynab kelgan tuproq yoʻllarning barchasi tosh yoʻllarga aylantirilishi aytib oʻtildi.

Oʻz navbatida, fuqarolar ham aholining yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va alohida eʼtibor uchun Prezidentimizga oʻzining cheksiz minnatdorchiligini bildirdi.

Tashrif mobaynida Joʻqorgʻi Kenges Raisi azaldan bobo dehqonlar yurti boʻlgan Amudaryo tumanida aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish maqsadida tomorqalardan samarali foydalanish, uy sharoitida dehqonchilik, hunarmandchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Dastlab Choykoʻl ovulida tomorqa madaniyati rivojiga hissa qoʻshayotgan Mahmud Norboyevning issiqxonasi koʻzdan kechirilib, dehqon bilan muloqot qilindi.

Shuningdek, Xolimbeg qishlogʻida yashovchi namunali tomorqa egasi Erkin Qoʻshayevning issiqxonada limon, qulupnay yetishtirish, uy sharoitida quyonchilik, chorvachilikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirayotgan samarali ishlari oʻrganildi.

Shu bilan birga, ushbu ovuldagi Ollambergan Ismoilovning uy sharoitida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash borasidagi ishlari ham koʻzdan kechirildi.

Imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan 16 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etgan Shavkat Oʻrazboyevning pomidordan moʻl hosil olayotgani ham Joʻqorgʻi Kenges Raisining eʼtiboridan chetda qolmadi. Dehqonlar bilan muloqot chogʻida yerdan samarali foydalanish va yuqori hosil olishning sirlarini chuqur oʻrgangan mehnatkashlar tajribasi koʻpchilikka namuna boʻlishi kerakligi alohida taʼkidlandi.

Taʼkidlash joizki, “Tomorqa – daromad manbai” degan fikr bugun ozgina yerning oʻzidan katta daromad olayotgan fuqarolar misolida oʻz tasdigʻini topayotgani sir emas. Har qarich yerdan samarali foydalangan, yer ilmini puxta bilgan holda mehnat qilgan insonning xonadoniga baraka kiradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019