ABDULLA BOBO – BARChAMIZNING BOBOMIZ
Azal-azaldan keksalarning holidan xabar olish, ularga qoʻldan kelgancha yordam berish savobli ishlarning biri sanaladi. Biz ham mana shunday savobli ishga qoʻl urdik, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Maktabimiz oʻquvchilari bilan birgalikda Jumur ovul mahallasida yashovchi urush faxriysi, 95 yoshli Abdulla bobo Otajonovni koʻrgani, uy ishlariga yordam berib, duolarini olgani chogʻlandik.
Suhbatimiz mobaynida Abdulla bobo bizlarga doim Vatanga munosib farzand boʻlib, uning har qarich yerini koʻz qorachigʻidek asrashni, aʼlo baholarga oʻqib Vatanga munosib xizmat qilishni nasihat qildilar.
Biz ham doimo mana shu nasihatlarga amal qilgan holda, kelajakda el-yurt koriga yaraydigan munosib farzandlar boʻlishga intilayotganimizni aytganimizda, boboning koʻzida quvonch yoshlari balqidi.
Suhbatimiz yakunida Abdulla bobo bizga oq fotiha berib,oʻqishlarimizda omad yor boʻlishini tiladi.
Dinora KARIMBOYeVA, 48-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶