Quturiş kasalligining oldini oliş böyiça profilaktik tadbir ötkazildi
“It qopmas dema, ot tepmas dema”, degan xalq maqoli bekorga aytilmagan. Gohida yöl-yölakay ketayotib, gala-gala bölib yurgan daydi itlarga közimiz tuşadi. Baʼzida bexosdan oldimizga vovillab çiqqan notaniş it sabab yuragimizni hovuçlab, yölimizda zörğa davom etamiz. Eng açinarlisi, bu itlarning quturgan yoki quturmaganligini biz taşqaridan ilğay olmaymiz. Şuning uçun ham baʼzida daydi itlar yoki ayrim xonadonlarda boqilayotgan emlanmagan itlar tişlaşi oqibatida odamlar jarohat olib şifoxonalarga murojaat qilişadi. Açinarlisi, baʼzan bunday holatlar ölim bilan ham yakun topişi mumkin.
Quturiş — şu nomdagi virus qözğatadigan kasallik bölib, issiq qonli hayvonlar va odamlarda uçraydi. Kasallangan hayvonlar tişlaganda sölagi orqali yuqadi. Virus yuqqanda markaziy nerv sistemasining oğir progressiv şikastlanişi kuzatiladi. Virus şikastlangan teri orqali nerv oxirlariga harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga ötadi. Kasallik insonlar uçun halokatli hisoblanadi va faqatgina favqulodda emlaş bilan uning oldini oliş mumkin.
Şuningdek, daydi itlar haqida hayvonlarni nazorat qiliş xizmatiga xabar beriş, bunday hayvonlar bilan muloqot qilişdan saqlaniş, uy yaqiniga va uyga körşapalak kirişiga yöl qöymaslik orqali ham kasallikning oldini oliş mumkin. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, har yili 59 ming kişi quturiş kasalligidan vafot etadi. Bunga sabab ularning 99 foizi quturgan it tomonidan tişlanişidir.
Yaqinda mana şunday salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi, tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi hamda tuman Obodonlaştiriş bölimi qoşida joylaşgan qarovsiz, daydi itlarni ovlaş brigadasi xodimlari iştirokida Navoiy nomli mahalla hududi profilaktik tadbir ötkazildi. Tadbirda aholiga odamlar va hayvonlar örtasida uçraydigan quturiş kasalligi va uning oqibatlari, oldini oliş yöllari böyiça maʼlumotlar berildi.
Ötkazilgan profilaktik tadbir davomida tuman Obodonlaştiriş bölimi qoşidagi qarovsiz, daydi itlarni ovlaş brigadalari xodimlari iştirokida hududdagi egasi nomaʼlum, daydi itlar tutilib, maxsus joyga olib ketildi. Jumladan, mahalla hududida qarovsiz yurgan 6ta daydi itlar uşlanib, tuman Obodonlaştiriş bölimi hududida joylaşgan itlarni vaqtinça saqlaş xonasiga joylaştirildi va bu orqali kelib çiqişi mumkin bölgan köngilsiz holatlarning oldi olindi.
Şuningdek, tadbir davomida tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi xodimlari mahalladagi 28ta xonadonlarga taşrif buyurib, xonadonlarda boqilayotgan 12ta itlarni röyxatga oldilar hamda ularga veterinariya guvohnomasi berildi. Itlar quturiş kasalligiga qarşi ehtiyot çorasi sifatida emlandi hamda xonadon egalariga itlarni saqlaş qoidalari töğrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari ham uşbu xonadonlarda bölişib, xonadon egalariga odamlar va hayvonlar örtasida quturiş kasalligi va uning oldini oliş mavzusida tarğibot-taşviqot işlarini olib bordilar hamda mavzu böyiça eslatma va plakatlar tarqatdilar.
Quturiş kasalligi va uning oldini oliş böyiça idoralararo hamkorliklikdagi profilaktik tadbirlar yil davomida olib boriladi. Şu örinda, xonadonida it saqlayotgan fuqarolardan masʼuliyatli bölişni hamda it saqlaş qoidalariga amal qilişlarini sörab qolamiz. Zero, sizning masʼuliyatsizligingiz qaysidir begunoh insonning hayotiga raxna solmasin!
Durbek Babajanov, Amudaryo tuman SEO va JSB epidemiolog vraçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶