14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:51
Fan va taʼlim 👁 388

Boʻlgʻusi Vatan himoyachilarining ustozi

Boʻlgʻusi Vatan himoyachilarining ustozi

Kasbidan kamol topish baxti... Tanlagan sohasi uchun fidoiy, mehnatdan qochmaydigan va albatta Yaratgandan ato etilgan oʻz kasbi boʻyicha alohida qobiliyatga ega insonlargagina nasib etguvchi saodat bu. Ha, inson biror kasbga astoydil mehr qoʻyib, qiziqib, sevib bel bogʻlar ekan, yoʻlida uchragan har qanday mashaqqatga qarshi mardonavor kurasha oladi. Sinovlarga sabr bilan, aqlu-zakosi bilan yechim topadi. Xalqimiz shevasi bilan aytganda: “ushlagan joyini uzadigan”, tinib-tinchimas, mehnatsevar insonlar sabab, bugun koʻplab sohalar taraqqiy topmoqda. “Daraxt bir joyda koʻkaradi”, deydi dono xalqimiz. Xuddi shunday, odam ham bir kasbning “boshini tutib”, halol mehnat va harakat qilsa, harakatlari bir kuni natija beradi. Bugun biz qalamga olgan inson ham umri mobaynida halol mehnat qilib, kasbidan kamol topgan, faxriy ustozlardan. Qahramonimiz 36-yil davomida oʻquvchilarga vatanparvarlikni oʻrgatuvchi chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanidan dars berib kelmoqda.

Tursunbay Tagayev 1962-yilda tumanimizning Xolimbeg ovulida, zahmatkash insonlar oilasida dunyoga keldi. Bolaligidan oʻqituvchilik kasbiga mehri tushgan qahramonimiz tumanimizdagi 35-sonli umumtaʼlim maktabini tugatib, Buxoro davlat Pedagogika institutiga oʻqishga kirdi. Institutning boshlangʻich harbiy taʼlim va jismoniy tarbiya fakultetida oʻqib yurgan kezlarida oʻz tanlagan sohasi boʻyicha egallagan kuchli nazariy bilimlari mehnat faoliyatida qoʻl kelib, faoliyati davomidagi koʻplab yutuqlarga zamin yaratdi.

Tursunbay Tagayev 1988-yilda oʻqishni tugatib, qishloqqa qaytgach, ish faoliyatini tumanimizda joylashgan 8-sonli maktabda boshladi. Maʼlumki, ishga yangidan kelgan yosh kadrlar har doim rahbariyatning, hamkasblarning diqqat markazida boʻladi. Chunki barcha zamonlarda ham yosh mutaxassislardan ish boʻyicha yangi-yangi gʻoyalar, yangicha ishlash uslubi va yangi ijobiy natijalar kutiladi. Halol mehnat va oʻz ustida tinimsiz ishlash mobaynida inson, albatta bu jarayonda yutuqlarga erishadi. Biz soʻz yuritayotgan inson ham bu borada boʻsh kelmadi, dastlabki ish haftalaridayoq hamkasblar hurmatiga sazovor boʻldi. Shundan soʻng, qahramonimizning qizgʻin mehnat davrlari boshlanadi.

Tursunbay aka faoliyati mobaynida 1989-2002-yillar oraligʻida Amudaryo tumani 17-sonli umumtaʼlim maktabi chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, 2002-2003-yillarda Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlim ChYoT fani metodisti hamda 17-sonli maktab chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, 2003-2009-yillar oraligʻida 17-sonli maktabda chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, 2009-2017-yillarda ushbu maktabning fuqaro muhofazasi mutaxassisi va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi sifatida ishlagan boʻlsa, 2017-yildan to hozirgacha 17-sonli maktabning Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bilamizki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda Qurolli kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash, davlatimiz sarhadlarini qoʻriqlash va Milliy Armiyamizga chinakam vatanparvar, jonkuyar, ham aqlan, ham jismonan sogʻlom, yuksak salohiyatli yoshlarni jalb etish muhim vazifa hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraydigan boʻlsak, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalagani hamda ularga “Vatan tuygʻusi”, “Yurt tinchligi” kabi keng tushunchalarni singdirib borishi bilan ahamiyatlidir.

Albatta, bunda masʼuliyatli vazifa fan oʻqituvchilariga yuklanadi. Oʻtilayotgan mavzularning oʻquvchi qalbiga yetib borishi, fan boʻyicha nazariyalarning oʻquvchi ongiga singib, amaliyotda uni qoʻllay bilishi ham ustozning bilimiga va saʼy-harakatlariga bogʻliq. Ana shunday, tinimsiz saʼy-harakatlari va egallagan kasbiga boʻlgan muhabbati samarasi oʻlaroq, Tursunbay Tagayev 2009-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, mehnat faoliyati davomida taʼlim yoʻnalishida yana bir qancha faxriy yorliqlar hamda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugning, shuningdek, tuman Mudofaa boʻlimining bir qator tashakkurnomalariga sazovor boʻldi. Ha, mehnat insonni ulugʻlaydi, deganlari bejiz emas.

Yaqindagina qahramonimizning samarali mehnatlari yana bir yuksak eʼtirofga sazovor boʻldi – “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlandi. Medal soha fidoiylari hamda masʼul rahbarlar ishtirokidagi tadbirda tantanali tarzda topshirildi.

Inson hayotida erishgan har qanday yutugʻining ortida faqatgina oʻzi emas, balki, unga xayrixoh boʻlgan, uni har doim qoʻllab-quvvatlovchi oilasi turadi. Oila esa, odamzod uchun hamisha aziz! Tursunbay Tagayev nafaqat jamiyatda va ishda faol shaxs, balki, oilada ham namunali ota, sevikli turmush oʻrtoq hamdir. Umr yoʻldoshi Muyassar opa Abdullayeva bilan birga, mana, oʻttiz yildan ziyod vaqt mobaynida bir yostiqqa bosh qoʻyib, birgalikda 3 oʻgʻil, 2 qizni dunyoga keltirdi. Har doim oilasi, farzandlari diydori tomon oshiqadi.

– Oʻqituvchilikdan tashqari, yana qanday qiziqishlaringiz bor? – degan savolimizga olgan javobimiz Tursunbay akaning yanada koʻplab ochilmagan qirralarini ochib berganday boʻldi. Ha, u – ilgʻor oʻqituvchi, vatan fidoiysi va shu bilan birgalikda, yaxshi bobodehqon hamda namunali tomorqachi hamdir.

Ishdan boʻsh paytlarida turmush oʻrtogʻi va farzandlari bilan birga tomorqasiga alohida mehr beradi. Pomidor, bodring, karam, sabzi, piyoz, xullas nimaiki poliz mahsuloti boʻlsa, Tursunbay akaning tomorqasida yetishtiriladi. Yozda turfa mevalarni oʻzida mujassam etgan bogʻi esa, koʻrgan koʻzni quvnatadi. Dehqonchilikning ilmini olgan qahramonimiz nafaqaga chiqqan boʻlsalarda, dam olib oʻtirmasdan, har doim dehqonchilik ishlari bilan band. Oila vakillari roʻzgʻordan ortgan poliz mahsulotlarini bozorga olib chiqib sotishadi. Va undan yaxshigina daromad ham koʻrishadi. Tursunbay aka ana shunday tinimsiz mehnatlar va oʻz vaqtida yerga mehr berganligi orqasidan 2023-yilda “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Donolardan biri shunday degan edi: “inson hayotida ikki ahamiyatli kun bor: birinchisi – dunyoga kelgan kuni, ikkinchisi – nima uchun bu dunyoga kelganini anglagan kuni”. Darhaqiqat, dunyoga biz ham kelganmiz, siz ham kelgansiz, yana qancha avlodlar kelaveradi... Biz bilan bir qatorda, qush tuxumdan chiqadi, qurt-qumursqalar nasl qoldirib, koʻpayishadi. Insoniyatning ulkan baxti esa, ongi va idroki orqali umri davomida qilgan va qilayotgan ishlarini taftish qila olishida, ota-onasiga rahmat, oilasiga, vataniga naf keltira olishidadir. Soʻzimiz soʻngida oramizda Tursunbay Tagayevga oʻxshagan, xalqiga nafi tegayotgan insonlar koʻpayaversin, deymiz.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019