“Biznes asoslari” fanini öqitişda yangiça yondaşuv: taʼlim jarayonida innovatsion metod va texnologiyalarning ahamiyati
Bugungi kunda taʼlim tizimida innovatsion yondaşuv va zamonaviy metodlarni qöllaş muhim ahamiyatga ega bölib, ayniqsa, biznes asoslari kabi amaliy fanlarni öqitişda bu yanada dolzarb masala sanaladi. Öquvçilarni bozor iqtisodiyotining tamoyillari, tadbirkorlik könikmalari va moliyaviy savodxonlikka örgatiş uçun yangi va samarali pedagogik metodlarni joriy qiliş muhimdir.
2024-2025 öquv yilidan boşlab Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Germaniya jamğarma kassalari fondi (German Sparkassenstiftung) hamkorligida işlab çiqilgan yangi dastur asosida biznes asoslari fani professional taʼlim muassasalarida öqitilmoqda. Uşbu dastur nazariy bilimlarni beriş bilan çeklanib qolmasdan, öquvçilarda real biznes könikmalarini ham şakllantirişga xizmat qiladi.
2025-yilning 3-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 2-son politexnikumda “Jamğarma öyini stimulyatsiyasi” moduli asosida moliyaviy savodxonlikni oşirişga qaratilgan keng qamrovli seminar ötkazildi. Uşbu seminar öquvçilarning tadbirkorlik könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan bölib, unda politexnikumning öqituvçilari va işlab çiqariş ustalari iştirok etdi. Seminar davomida öqituvçilar kiçik guruhlarda işlaş, rolli öyinlar, muhokamalar orqali interfaol yondaşuv metodikasini örganişdi va amaliyotda sinab körişdi.
Darslarni stimulyatsiya öyinlari asosida taşkil etiş öquvçilarni jarayonga jalb qiliş va ularning qiziqişini oşiriş bilan birga noanʼanaviy fikrlaş va muammolarni hal qiliş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi. Öquvçilar hayotiy holatlar asosida bilimlarni qöllaşni örganadi va real hayotga moslaşiş uçun zarur tajriba hosil qiladi. Stimulyatsiya öyinlari jarayonida öquvçilarning jamoaviy iş könikmalari, muloqot qiliş qobiliyatlari va özaro yordamni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Uşbu yondaşuv har bir öquvçining qobiliyatlariga mos vazifalarni bajariş imkonini yaratadi va bilim oliş jarayonini yanada qiziqarli qiladi.
Seminarda iştirokçilar mazkur öyinni dars jarayonida samarali qöllaş böyiça amaliy tavsiyalarga yega bölişdi. Öyin jarayonida öquvçilarga yordam beriş, ularga muammolarni hal qiliş strategiyalarini tuşuntiriş va natijalarni tahlil qiliş böyiça batafsil körsatmalar berildi. Şu bilan birga, öyin davomida öquvçilarning bilim darajasi va zaif tomonlarini aniqlaş imkoniyati yaratiladi. Bu yondaşuv muvaffaqiyatga erişiş hissini oşiradi va taʼlim jarayonini samarali hamda ijodiy ruhda taşkil yetişga yordam beradi.
Zamonaviy texnologiyalar va interfaol metodlarning taʼlim jarayoniga joriy qilinişi yoş avlodni iqtisodiy erkinlikka, ijodiy fikrlaşga va tadbirkorlikka rağbatlantirişda muhim qadam bölib xizmat qiladi. Şu kabi loyihalar nafaqat öquvçilarning şaxsiy muvaffaqiyatiga, balki jamiyatning iqtisodiy ösişiga ham ulkan hissa qöşadi.
Gulara Jumaniyazova, Amudaryo tuman 2-son politexnikumi biznes asoslari fani öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶