22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 04:09
Jamiyat 👁 629

AMUDARYoLIKLAR “RIZQINI SOTIB RAVShAN OLMAYDILAR” YoKI QUTILARDAGI ShAMLAR OʻTMIShDA QOLDI

AMUDARYoLIKLAR “RIZQINI SOTIB RAVShAN OLMAYDILAR” YoKI QUTILARDAGI ShAMLAR OʻTMIShDA QOLDI

Bolaligimizda uyimizdagi elektr chirogʻi tez-tez oʻchib turar, baʼzan kechki ovqat paytida, baʼzan oʻqituvchimiz bergan uyga vazifalarimizni bajarayotganimizda “lip” etib chiroq oʻchar, shunda opa-ukalar barchamiz bitta moychiroq atrofida oʻtirib, xiragina yorugʻlikda bir amallab darsimizni tayyorlardik. Ota-onalarimiz esa bunday vaziyatlarning oldini olish “yoʻli”ni qilishardi. “Yoʻl”i – bogʻimizda yetishtirilgan mevalarni bozorga olib borib, suv tekinga sotish va evaziga bir quti sham xarid qilish. Keyingi gal elektr chirogʻimiz oʻchganida onam rahmatlik: “mana, rizqingizni sotib, ravshan olib berdik, moychiroq – bizlarga, ravshan – sizlarga”, deya shamlarga ishora qilib, hazillashardilar.

Ming shukur, zamon oʻzgardi, elektr chirogʻimiz oʻchib qolishining oldini olish “yoʻli”ni endi davlatning oʻzi qilayotir. Xalqimiz hatto elektr energiyasidan samarali foydalanish orqali oʻz hayotini yaxshi va ijobiy tomonga oʻzgartirib, farovon va obod, nurafshon xonadonlarda yashayotir.

Ayniqsa, isteʼmolchilarni, aholi xonadonlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli issiqlik energiyasiga ehtiyoj eng koʻp boʻladigan kuz-qish mavsumida bu boradagi ishlarga eʼtibor yanada kuchaytiriladi.

Biz ijodiy guruhimiz bilan yangi yil bayrami arafasida Amudaryo tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan kuz-qish mavsumini talafotlarsiz oʻtkazish maqsadida amalga oshirilgan ishlarning bugungi holati bilan tanishish asnosida bu boradagi ishlar koʻngildagiday tashkil etilganining guvohi boʻldik.

Xususan, tumanda elektr energiyasi bilan bogʻliq favqulodda holatlarning holatlarning oldini olish maqsadida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrilgan. Tayyorgarlik jarayonida 56 dona transformator punktlari, 177,1 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarida mukammal taʼmirlash ishlari bajarilib, 113 dona transformator punkti, 299,5 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Prezidentimizning 2024-yil 17-iyul kungi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi farovonligini oshirish maqsadida imzolagan maxsus qarori asosida tumanimizda 15,6 km havo tarmogʻi xamda 324 dona tayanch ustunlarida rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi.

Xususan, Beshtom mahallasi hududida 3,6 km zamonaviy SIP kabel tarmogʻi va 61 dona temir-beton tayanch ustunlari, Qaromon mahallasi hududida 3,7 km zamonaviy SIP kabel tarmogʻi va 84 dona temir-beton tayanch ustunlari, Boʻz solma mahallasi hududida 3,7 km zamonaviy SIP kabel tarmogʻi va 71 dona temir-beton tayanch ustunlari, Amir Temur ovuli hududida esa 4,5 km zamonaviy SIP kabel tarmogʻi va 108 dona temir-beton ustunlari rekonstruktsiya qilindi.

Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli Mangʻit podstantsiyasidagi 16 ming kVA quvvatli kuch transformatori 25 ming kVA quvvatli kuch transformatoriga, Qipchoq podstantsiyasidagi 2 ming 500 kVA quvvatli kuch transformatori 6 ming 300 kVA quvvatli kuch transformatoriga almashtirildi. Tumandagi mavjud podstantsiyalar va elektr energiyasi uzatish havo tarmoqlarida amalga oshirilgan rekonstruktsiya va joriy taʼmirlash ishlari natijasida isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini toʻliq qondirish imkoniyati yuzaga keldi.

Muhimi, bugungi kunda amudaryoliklar “rizqini sotib ravshan olish” fikridan tamoman yiroq, aksincha, elektr energiyasi resurslaridan samarali foydalanish orqali oilalarining rizq-nasibasi yanada ziyoda boʻlishini taʼminlashayotgani quvonarli.

Bundan ham quvonarlisi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2025-yilda favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida 58 dona transformator punktlari, 170,2 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarini mukammal taʼmirlash, 162 dona transformator punkti, 460,5 km uzunlikdagi havo elektr tarmogʻida joriy taʼmirlash, 9 dona transformator punktlari, 14,1 km uzunlikdagi havo elektr tarmoqlarida rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Demak, amudaryoliklar 2025-yilni yanada charogʻon, rang-barang, yorqin chiroqlar bilan bezatilgan Yangi yil archasi atrofida shod-u xurram kutib oladilar va... “farzandlari rizqini sotib, ravshan olmaydilar”. Qutilardagi shamlar esa oʻtmishda qoldi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026