Amudaryoliklar pullarini köproq nimalarga sarflaydi?
Agar 2024-yilning 1-çoragi davomida Amudaryo tumani böyiça aholiga körsatilgan jami xizmatlar hajmini 100 000 söm deb tasavvur qilsak, şartli amudaryolik uşbu 100 000 sömning
- salkam 30 000 sömini savdo xizmatlari uçun (bozor yoki dökondan mahsulot xarid qilişga);
- 27 000 sömini moliyaviy xizmatlarga (bank krediti va b.);
- 15 200 sömini transport xizmatlariga (yölovçi, yuk taşiş va b.);
- 8 300 sömini aloqa va axborotlaştiriş xizmatlariga (telefon sözlaşuvlari, internet va b.)
- 5600 sömini şaxsiy xizmatlarga (gözallik saloni va b.)
- 4000 sömini kompyuter va maişiy texnikalarini taʼmirlatişga;
- 2400 sömini köçmas mulk bilan boğliq xizmatlarga (loyihalaş, kadastr va b)
- 2300 sömini yaşaş va ovqatlanişga (kafe-restoran, mehmonxona, töyxona va b.)
- 2100 sömini ijaraga (uy, maşina va b. ijarasi)
- 600 sömini taʼlim sohasidagi xizmatlarga (boğça, repetitor va b.)
- 400 sömini tibbiy xizmatlarga (tibbiy körik, davolaniş va b.)
- 2200 sömini boşqa xizmatlarga sarflagan.
Demak, biz öz salomatligimiz hamda farzandlarimizning taʼlim olişi uçun bozor-öçarga sarflayotgan pulimizdan 50-70 baravar, telefon va internetga ajratayotgan pulimizdan 15-20 baravar, kafe va restoranda yeb-içayotganimizdan 4-5 baravar kam mablağ işlatmoqdamiz.
Amudaryo tumani Statistika bölimi maʼlumotlari asosida Ğ.Yeşniyozov tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶