21-SONLI DAVLAT MTTDA “TRANSPORT, YÖL HARAKATI QOIDALARI” MAVZUSIDA SEMINAR TAŞKIL ETILDI
Mamlakatimizda maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini zamon talablari darajasida rivojlantiriş, tarbiyaçi-pedagoglarning malakalarini oşiriş, ösib kelayotgan yoş avlodni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalaşga qaratilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli sohaga yangi innovatsion pedtexnologiyalar izçillik bilan joriy etilmoqda. Xususan, özaro tajriba almaşuvlar, ilğor tarbiyaçi-pedagoglarning iş uslublarini ommalaştirişga qaratilgan öquv-seminar maşğulotlari özining ijobiy samarasini bermoqda.
Bu borada Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi namunali iş faoliyatiga ega maktabgaça taʼlim taşkilotlarida ötkazilayotgan öquv-seminarlari soha xodimlarida qiziqiş uyğotmoqda. Tumandagi MTTlarda har oy alohida muhim bir mavzu bilan nomlanib, mazkur oy mavzusi böyiça MTT tarbiyalanuvçilari iştirokida seminar maşğulotlarini ötkaziş anʼanaga aylangan.
Joriy yilning noyabr oyi mavzusi “Transport, yöl harakati qoidalari” sifatida belgilanib, 28-noyabr kuni 21-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida şu mavzuda seminar taşkil etildi.
Seminarda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi uslubçilari Saule Patullayeva, Şahnoza Qiliçeva, davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari, davlat-xususiy şeriklik asosidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari, tarbiyaçi-pedagoglar hamda 21-sonli davlat MTTning 4ta guruhi tarbiyalanuvçilari iştirok etdilar.
Mazkur maktabgaça taʼlim taşkiloti 120-örinli bölib, ayni paytda 119 nafar kiçkintoylar tarbiyalanmoqda. Muassasada 34 nafar malakali xodimlar faoliyat olib borişadi. Kiçik, örta, katta va tayyorlov guruhlaridan iborat 4ta guruhda tarbiyalanuvçilar uçun har oy mavzusidan kelib çiqib ötkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bolajonlarning qiziqiş va iqtidorlarini rivojlantirişga qaratilgani bilan ota-onalarga ham manzur bölmoqda. Muassasada noyabr oyi mavzusi – “Yöl harakati qoidalari” böyiça ötkazilgan seminar ham qiziqarli taassurotlarga boy böldi.
Seminar maşğulotini tayyorlov guruhi tarbiyaçisi Tursunoy Adamboyeva boşlab berdi. Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvçilari noyabr oyining sönggi haftasi uçun belgilangan “Ehtiyotkor piyoda” mavzusida körgazmali çiqiş namoyiş etdilar. Unga köra, bolajonlar köçalarda harakatlaniş, madaniyati, yölning çorraha qismida va piyodalarning ötiş qismida qanday yöl belgilariga eʼtibor beriş, svetofor çiroqlarining ranglari nimalarni anglatişi haqidagi bilim va könikmalarini namoyiş etdilar.
Seminar davomida katta guruh tarbiyaçisi Feruza Iskandarova va yordamçi tarbiyaçi Mavluda Xidirovalar “Köça harakati qoidalari”, örta guruh tarbiyaçisi Şahnoza Fayzullayeva, yordamçi tarbiyaçi Gulrux Raimboyevalar “Şoşilinç harakat xizmatlari”, kiçik guruh tarbiyaçisi Şahnoza Qöşmanova hamda yordamçi tarbiyaçi Guljon Yerjanovalar esa “Transportlar bilan tanişuv” mavzularida öz guruhlaridagi tarbiyalanuvçilar iştirokida qiziqarli maşğulotlar ötkazdilar.
Maşğulotlarni eʼtibor va qiziqiş bilan kuzatgan seminar iştirokçilari 21-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti pedagog xodimlari tomonidan taʼlim-tarbiya işlari samarali yölga qöyilganini alohida eʼtirof etişib, pedagog tarbiyaçilarning mahoratiga yuqori baho berdilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶