KORRUPTsIYaGA QARŞI KURAŞIŞDA NNT IŞTIROKI KENGAYMOQDA
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti 2024-yilning fevral oyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi huzuridagi jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida öz loyihasi bilan iştirok etib, ğolib bölgan va loyiha davlat granti bilan moliyalaştirilgan edi. Loyiha orqali korruptsiyaga qarşi kuraşişning zamonaviy va ijodiy usullarni qöllaş yöli bilan davlat va jamiyat farovonligiga hissa qöşiş maqsad qilingan.
Grant loyihasining iş rejasiga asosan şu maqsadga xizmat qiluvçi sahna asari stsenariysi uçun tanlov eʼlon qilinib, Bayjan Uzaqov qalamiga mansub “Davr dardi” nomli spektakl stsenariysi ğolib deb topilgan edi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda korruptsiyaning davlat va jamiyatga salbiy taʼsirini çuqur talqin etib, fuqarolarda uşbu illatga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantirişga xizmat qiluvçi uşbu asar rejissyor Mars Nuratdinov rahbarligidagi Qoraqalpoq davlat Yoş tomoşabinlar teatri ijodkorlar jamoasi tomonidan sahnalaştirildi.
Loyihaning iş rejasiga asosan spektakl noyabr oyida davlat hokimiyati boşqaruvi organlari va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlari uçun namoyiş qilindi.
Spektaklda korruptsiyaning fojiaviy oqibatlari hayotiy misollar orqali yoritib berilgan. Taʼmagirlik yölini tanlagan oliygoh öqituvçisi talabalardan birini “öqişga seni men kiritdim” deya pora talab qiladi. Aytilgan pulni bermasa, uni öqişdan çetlatiş bilan tahdid qiladi. Asar söngida talaba qizning onasi tegişli huquq-tartibot organlariga murojaat qiladi va taʼmagir öqituvçi qölga olinib, ozodlikdan mahrum qilinadi. Asarning kulminatsion nuqtasi – uning oila aʼzolari – farzandlari va turmuş örtoğining monologlari har qanday tomoşabinni taʼsirlantirib, halollik va adolatga daʼvat etadi.
Spektaklda iştirok etgan davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlari, şuningdek oliy taʼlim muassasalari talabalari korruptsiyaning naqadar ayançli oqibatlarga olib kelişi va fojiaviy yakun topişiga guvoh böldilar.
Darhaqiqat, korruptsiya jamiyat va davlat rivojiga jiddiy tösiq bölib, uning oldini oliş mamlakat taraqqiyotining muhim şartidir. Özbekistonda korruptsiyaga qarşi kuraşiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib, bu borada keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Davlat hokimiyati organlarida şaffoflik va oçiqlikni taʼminlaş böyiça muhim islohotlar amalga oşirilmoqda. Xususan, davlat xizmatlari körsatiş jarayonlarini raqamlaştiriş orqali inson omili kamaytirilmoqda. Bu esa poraxörlikka qarşi samarali çoralardan biridir. Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari ham mazkur jarayonda faol iştirok etmoqda. Mahallalarda korruptsiyaning oldini olişga qaratilgan tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Jamoatçilik kengaşlari va huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlikda şaffof muhit yaratişga qaratilgan çoralar körilmoqda.
Bularning barçasi korruptsiyaga qarşi kuraşda davlat va jamoatçilikning muştarak harakati öz samarasini berayotganidan dalolatdir.
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining grant loyihasi doirasida sahnalaştirilgan uşbu spektakl ham aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuyğusini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etişi şubhasiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶