Fermer va tomorqaçilar iştirokida körgazmali seminar ötkazildi
Dehqon uçun yilning tört fasli ham el-yurt farovonligi yölidagi xayrli taşvişlar bilan ötadi. Ayniqsa kuz oylarida dehqonlar qişning izğirinli kunlari boşlanmasidan avval hosildan böşagan yerlarini şudgorlab, kelgusi yil hosili uçun puxta taraddudini körib qöyadilar.
Ayni kunlarda mamlakatimizning barça hududlarida bölgani kabi amudaryolik fermer va tomorqaçilar ham joriy yilgi hosildan böşagan yerlarni şudgorlaş, töqsonbosti usulida ekin ekiladigan yerlarni tayyorlaş işlarini muvaffaqiyatli tarzda yakunlab, ekişni boşlab yuborişdi. Tumandagi barça fermer xöjaliklarida, şuningdek aholi tomorqalarida har bir qariç yerdan unumli foydalaniş maqsadida piyoz, sarimsoqpiyoz, oşkök kabi ekinlar ekişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada tomorqaçilarga xizmat körsatuvçi klasterlarning faolligi muhim ahamiyat kasb etadi. Yakunlanayotgan dehqonçilik yilida Amudaryo tumanida erişilgan yutuqlar va kelgusi yil uçun belgilanayotgan yangi rejalar bilan tanişiş maqsadida tumanga taşrif buyurgan Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi bölim boşliği B.Mirzamova va mazkur Kengaş boş mutaxassisi E.Mamarahimov, Qoraqalpoğiston Respublikasi fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisining örinbosari A.Ajimovlar tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonov hamrohligida Manğit şahrining Çordara mahallasi hududidagi “Amudaryo tomorqa xizmat” MÇJ klasterida bölib, klaster faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.
Mehmonlar mazkur klaster tomonidan tomorqa yer egalariga namunali texnika xizmati körsatiş, ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş maqsadida uruğliklar yetkazib beriş borasida amalga oşirilayotgan işlar, erta bahorda poliz hamda sabzavot ekinlari, şuningdek, mevali daraxtlar köçatlarini yetkazib beriş böyiça klaster rahbariyatining rejalari bilan yaqindan tanişib, zarur tavsiyalar berdilar.
Şundan keyin mehmonlar tumanning Çoyköl ovuli hududidagi namunali tomorqaçi Davlatboy Bobojonov dalasida taşkil qilingan körgazmali seminarda iştirok etişdi.
Körgazmali seminarda iştirokçilarga ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş va unib çiqqanidan söng kuz-qiş mavsumida amalga oşiriladigan agrotexnik tadbirlar böyiça kerakli maslahatlar va maʼlumotlar berildi.
Şuningdek, masʼullar iştirokçilarga boğ-tok qator oralari va dala çetidan samarali foydalaniş, aholi tomorqalarida mevali daraxt köçatlarini ekiş, eksportbop boğdorçilik mahsulotlarni yetiştiriş, fermer xöjaliklarining daromadini oşiriş, şuningdek, 2025-yil hosili uçun barça toifa xöjaliklarida 2024-yilgi qiş fasli boşlanmasidan avval töqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekiş borasida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni taqdim qildilar.
Şu bilan birga iştirokçilarga “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida fermer xöjaliklarining dalalari hamda dala yöllari çetlariga mevali va manzarali daraxt köçatlari ekiş, ularni parvarişlaş böyiça ham tavsiya va körsatmalar berildi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶