16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:51
Qishloq xoʻjaligi 👁 479

Kuzgi shudgorlash ishlari boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Kuzgi shudgorlash ishlari boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Xalqimiz orasida “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda” degan naql bor va bu bejizga aytilmagan. Qishloq xoʻjaligida moʻl hosil yetishtirishda kuzgi shudgorlashning ahamiyati juda katta. Oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilgan shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi. Hududlarda kuzgi shudgorlash ishlarini olib borish yuzasidan tashkil etilayotgan seminarlarda bu borada mutaxassislar tomonidan masʼullarga tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berilmoqda.

Amudaryo tumanida ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev ishtirokida kuzgi shudgorlash ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari hamda fermerlar ishtirok etdilar.

Seminar Tosh yop ovuli hududidagi “Bekmon Allaberganov” fermer xoʻjaligi ekin maydonida tashkil etilib, unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Shuhrat Teshayev soʻzga chiqdi. U oʻz soʻzida kuzgi shudgorlashni toʻgʻri tashkil etishning qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olishdagi ahamiyati xususida toʻxtalib oʻtdi hamda mavzu yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Taʼkidlanganidek, yerlarni sifatli va yuqori unum bilan shudgorlash uchun traktor va pluglar oldindan ishga shay holga keltirilishi va sozlanishi, dalalar esa haydovga tayyorlangan boʻlishi, haydov toʻgʻri tashkil etilishi hamda uning sifati doimo nazorat qilib borilishi lozim. Qolaversa, sifatli shudgorlangan maydonlarda shoʻr yuvish, erta bahorda tuproqni ekishga tayyorlash hamda ekish kabi agrotexnik tadbirlarni ham oʻz vaqtida oʻtkazishga erishiladi.

Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tumanda kuzgi shudgorlashning tashkil etilishi borasidagi ishlar xususida soʻz yuritdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, tumanda 2025-yilgi ekish mavsumi oldidan joriy yilda 16 ming 27 gektar maydonda kuzgi shudgorlashni oʻtkazish rejalashtirilgan boʻlib, unda jami 71 ta surim texnikalari qatnashishi koʻzda tutilgan. Mavjud texnikalar 18 ta surim otryadlariga biriktirilgan. Kuzgi shudgorlash ishlarini 1-noyabrdan 2-dekabrgacha – 32 kunda yakunlash maqsadida shudgorlash grafiklari ishlab chiqilgan boʻlib, bugungi kungacha jami 1 ming 642 gektar ekin maydonlarida shudgorlash ishlari amalga oshirilgan. Mexanizatorlar kuniga 150-160 gektar dalani shudgor qilishga erishmoqdalar.

Tumanda fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida 71ta lazerli yer tekislagichlar mavjud boʻlib, ular yordamida jami 1 ming 73ta konturlar yoki 8 ming 70 gektar maydonlar sifatli qilib tekislangan. 2025-yilgi ekish mavsumi oldidan 19 ming 201,4 gektar maydonlar shoʻrini yuvish rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maydonlarning 782 gektari kuchli shoʻrlangan, 4 ming 840,2 gektari oʻrtacha shoʻrlangan va 13 ming 579,2 gektari kam shoʻrlangan maydonlar hisoblanadi. Shoʻr yuvish tadbirni amalga oshirish uchun 18ta sugʻorish otryadlari tashkil qilinib, ushbu otryadlarga 1 ming 501 nafar malakali xodimlar biriktirilgan.

Qayd etish joizki, seminar tashkil etilgan “Bekmon Allaberganov” fermer xoʻjaligi tumandagi eng ilgʻorlar qatorida shudgorlash ishlarini oʻz nihoyasiga yetkazayotgan xoʻjaliklardan biri hisoblanadi. Fermer xoʻjaligining jami 110 gektar ekin maydoni mavjud boʻlib, shundan 70 gektar maydonda shudgorlash ishlari olib borildi.

Seminar ishtirokchilari fermer xoʻjaligi dalasida kuzgi shudgorlashning namunaviy usullari bilan tanishishdi, hududdagi ilgʻor fermerlarning tajribalari haqida fikr almashishdi. Shudgorlash ishlarini sovuq kunlarga qoldirmasdan yakuniga etkazish, shoʻr yuvish ishlarini sifatli bajarish boʻyicha tegishli masʼullarga koʻrsatmalar va tavsiyalar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026