20-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida amaliy körgazmali seminar ötkazildi
Mamlakatimizda maktabgaça taʼlim tizimini isloh qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar natijasida hududlarda qamrov darajasi yil sayin oşib bormoqda. Öz navbatida tegişli vazirlik va muassasalar tomonidan turli seminarlar, davra suhbatlari ötkazilib, soha xodimlarining kasb mahoratini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo tumanidagi 20-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida ötkazilgan amaliy körgazmali seminar ham maktabgaça taʼlim taşkilotlaridagi tarbiyaçilarning kasbiy mahoratini oşiriş va bolalar taʼlimida yangi metodik yondaşuvlarni joriy etişga qaratilgan muhim tadbirlardan biri böldi.
Tadbir Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi iş rejasiga muvofiq taşkil etildi.
Seminar avvalida iştirokçilar “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktabgaça taʼlim taşkiloti binosi hududiga manzarali va mevali daraxt köçatlarini ötqazişdi. Tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boş metodist Hulkar Bobojonova, metodist Saule Patullayeva, şuningdek 20-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori Sanobar Xodjayeva va boşqalar atrof-muhitni kökalamzorlaştirişga hissa qöşiş hamda bolalarni tabiatga döstona munosabatda bölişga daʼvat qiliş maqsadida özlari namuna bölib, köçat ekişdi.
Seminarning asosiy maqsadi maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalarni har tomonlama rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş va ularning taʼlim-tarbiya jarayonini yanada samarali taşkil qilişda tarbiyaçilarning amaliy könikmalarini rivojlantirişdan iboratdir. Şuningdek, seminarda bolalarni rivojlantiriş jarayonida davlat talablari va Davlat öquv dasturiga asoslangan yangi metodikalardan foydalaniş böyiça könikmalar ham örgatildi.
Seminar doirasida 20-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotining törtta guruhida maşğulotlar ötkazildi. Iştirokçilar maşğulotlarni kuzatiş orqali öz bilim va könikmalarini yanada mustahkamlab, jarayonni tahlil qiliş orqali özaro fikr almaşiş imkoniyatiga ega böldilar.
Şundan keyin seminar iştirokçilari maşğulotlar jarayonini kuzatiş uçun guruhlarga kirdilar. Tayyorlov guruhida tarbiyaçi tomonidan “Özbekistonning oq oltini” mavzusida bolalarga maʼlumotlar berilib, jismoniy maşğulotlar ötkazildi. Kattalar guruhida esa guruh tarbiyaçisi “Non – eng aziz neʼmat” mavzusida mavsumiy özgarişlar va tabiiy jarayonlar töğrisida bolajonlarga tuşunçalar berdi.
Örta guruh tarbiyaçisi Muyassar Atajanova hafta mavzusi böyiça ötkazilgan maşğulot jarayonida mavsumiy özgarişlar, köçmançi quşlar töğrisida tarbiyalanuvçilarga körgazmali qurollar vositasida maʼlumotlar berdi. Kiçik guruh tarbiyaçisi Munavvar Ahmedova esa “Meva va sabzavotlar” mavzusi böyiça maşğulot ötib, bolalar qalbida mehnatsevarlik, ona Vatanimizga hurmat tuyğularini yanada mustahkamladi.
Ötkazilgan maşğulotlarda bolalarni rivojlantirişning beşta muhim yönalişiga – jismoniy rivojlaniş, nutq va muloqot könikmalari, biliş jarayonining rivojlanişi, ijtimoiy-hissiy rivojlaniş va ijodiy rivojlanişga alohida eʼtibor qaratildi. Tarbiyaçilar öz faoliyatlarida ilmiy va öquv-metodik adabiyotlar, dasturlar va didaktik materiallardan samarali foydalanişdi.
Maşğulotlar tugagaç, seminar iştirokçilari tomonidan jarayonlar batafsil tahlil qilindi. Har bir guruh kesimida kuzatuvçilar uşbu maşğulotni ötkazgan tarbiyaçilarning pedagogik mahorati hamda layoqati, yutuqlari, kamçiliklari hamda bolalar bilan birgalikdagi faoliyati, taʼlim-tarbiya jarayonida samarali şakl, metod va vositalaridan unumli foydalana oliş imkoniyatlari haqida fikr bildirdilar. Iştirokçilar uşbu seminar öquv-tarbiyaviy jarayondagi yangi metodikalarni amaliyotda qöllaş imkonini yaratib, tarbiyaçilar uçun qimmatli tajriba maydoni bölganini alohida taʼkidlaşdi.
Çindan ham, Amudaryo tumanida ötkazilgan uşbu amaliy körgazmali seminar maktabgaça taʼlim taşkilotlari uçun muhim ahamiyatga ega bölib, tarbiyaçilarning kasbiy mahoratini oşiriş va kelgusida ularga bolalar bilan işlaşdagi samarali uslublarni qöllaş imkonini yaratadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶