1-SONLI MAKTABNING 100 YILLIGI KENG NIŞONLANDI
Insoniyat hayotida muhim iz qoldiruvçi, hatto taqdirini gözal va nurli tomonga yönaltirib, şaxs sifatida şakllanişida maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan qöllab-quvvatlaguvçi maskan – bu maktabdir. Uning bağrida inson oq-qorani taniydi, qalbini ilm nuri bilan ziynatlab, dunyoga intiladi, özi tuğilib-ösgan ona zaminga, Vataniga mehr-muhabbat ruhida voyaga yetadi. Şu bois, biz uni umrbod yaxşi köramiz, mehr-u muhabbatga töla bağrida keçgan lahzalarni soğinib yaşaymiz, “ona maktabim”, deya ezgu xotiralarimiz köşkida ardoqlaymiz. Uluğ bobokalonimiz Mahmudxöja Behbudiy hazratlari aytganlariday, hayotimizda biz bilgan imoratlar içida “eng aziz va möʼtabari maktab” tomon intilaveramiz.
Bundan 100-yil muqaddam, Örta Osiyoda milliy çegaralaniş ötkazilgan 1924-yilning 27-oktyabr sanasida, Amudaryo tumanining Manğit şahrida hududdagi ilk ziyo maskani – hozirgi 1-sonli maktab taşkil etilib, ilmga çanqoq ilk öquvçilarni öz bağriga olgan edi. 1924-1925 öquv yilida manğitlik Matniyozboy ismli şaxsning uyida boşlanğiç maktab tarzida oçilgan mazkur maktabga öz taʼlim-tarbiyasi bilan el-u xalqimizga namuna bölsin, degan ezgu niyat bilan “Namuna” deb nom berildi.
“Namuna” maktabi haqiqatdan ham ilk öquv yilidanoq öz nomiga munosib yoşlarni tarbiyalaş, ularga çuqur bilim berişga qodir taʼlim-tarbiya muassasasi sifatida namoyon böldi. Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya sohasi tarixida çuqur iz qoldirgan tarixiy şaxslar – Xöjayoz afandi va Sodiq Matçonovlar faoliyat yuritgan “Namuna” maktabining birinçi öquvçilari va birinçi qaldirğoçlari Jongil Ziyoddinova, Madat Matnazarov, Qurbonboy Jumaniyozov, Hayitboy Pölatov, Rahim Jumaniyozov va Kamol Niyozovlar böldilar.
1932-yildan 1938-yilgaça 7 yillik töliqsiz örta, 1938-1939 öquv yilidan boşlab örta maktab maqomida faoliyat olib borgan uşbu taʼlim maskani özining 100 yillik tarixi davomida Amudaryo tumanidagi barça öquv muassasalari uçun ham tayanç, ham tom maʼnoda yuksak namunali ilm dargohi vazifasini ötadi.
Mazkur maktab taʼlim-tarbiyasini olgan minglab bitiruvçilar orasida dunyoga taniqli ilm-fan fidoyilari, professor va akademik olimlar, ixtiroçilar, davlat va jamoat arboblari bor. Xususan, fizika-matematika fanlari doktorlari, akademik MUxtor Saidov, ixtiroçi-olim Amin Saidov, toponimika ilmining bilimdoni, filolog-olim Ahmad Işayev, maşhur tarixçi-olim Qurbonboy Sobirov, filologiya fanlari doktori Pirmat Şermuhammedov, pedagogika fanlari doktori Ahmadjon Nurmatov, qişloq xöjalik fanlari doktori Ibodulla Ollayorovlarning nomlari Özbekiston ilm-fani darğalari orasida hurmat va ehtirom bilan tilga olinadi.
Joriy yilning 11-noyabr sanasida mazkur taʼlim-tarbiya muassasasining 100 yilligi keng nişonlandi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirining örinbosari Oybek Davlatboyev, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, Amudaryo tumani prokurori Abat Jumamuratov, şuningdek, tuman hokimining örinbosarlari, 1-sonli maktabda turli yillarda işlab, nafaqaga çiqqan faxriy ustozlar, davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, özini-özi boşqariş organlari masʼullari, maktabning sobiq bitiruvçilari hamda ayni paytda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar va öquvçi-yoşlar iştirok etdilar.
Tadbir avvalida mehmonlar maktabning 100 yillik tarixi haqida hikoya qiluvçi muzeyning oçiliş marosimida iştirok etdilar. Maktab direktori Dilrabo Şerbayeva rahbarligida taşkil etilgan muzeyni tuman hokimi Sobir Xöjametov oçdi va tarixiy eksponatlarga boy muzeyga yuqori baho berib, Amudaryo tumani umumiy tarixining asosi sifatida eʼtirof etdi. Marosim iştirokçilari muzey eksponatlarini qiziqib tomoşa qildilar va özlarining samimiy dil sözlarini izhor etdilar.
Tantanali yubiley tadbirining adabiy-musiqiy qismini Amudaryo tuman hokimligi mutaxassisi Aşirboy Qöşayev oçdi va barçani tumandagi jamiki umumtaʼlim muassasalari uçun bir asr davomida namuna va tayanç vazifasini ötagan taʼlim maskanining 100 yilligi bilan tabriklab, maktab pedagogika jamoasiga bundan keyingi faoliyatlarida katta yutuqlar yor bölişini tiladi.
Şundan söng, mazkur maktabda uzoq yillar yoşlarga taʼlim-tarbiya bergan faxriy ustozlar va özlarining fidoyi mehnatlari bilan el-yurt hurmatini qozongan öqituvçilarga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligining esdalik kökrak nişonlari, Faxriy yorliqlari tantanali ravişda topşirildi. Xususan, maktabning matematika fani öqituvçisi Sobir Matyoqubov “Vatan fidoyisi”, qoraqalpoq tili fani öqituvçisi Dildora Qöçqorova “Qoraqalpoğiston Xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişonlari bilan, maktab direktori Dilrabo Şerboyeva, şuningdek, Anorgul Örozimbetova, Aqljon Saidovalar Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Bundan taşqari, uzoq yillar yoşlarga taʼlim-tarbiya berib, ayni paytda keksalik gaştini surayotgan maktabning sobiq boşlanğiç sinf öqituvçisi Şukurjon Safarova hamda sobiq biologiya fani öqituvçisi Saidaxon Polvonovalarga “Ardaqli nuraniy” kökrak nişonlari, bir guruh öqituvçilarga tuman hokimining taşakkurnomalari va faxriy yorliqlari tantanali ravişda topşirildi.
Yubiley tadbiri davomida Amudaryo tumani madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi. Bölib ötgan yubiley tadbiri Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi tizimidagi buyuk tarixiy voqea sifatida iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶