16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:04
Fan va taʼlim 👁 427

Qisqa muddatli oʻquv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Qisqa muddatli oʻquv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Maktabgacha taʼlim tizimida sifat va samaradorlikni oshirish uchun pedagog xodimlar malakasini muntazam ravishda oshirib borish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etilib, xalqaro tajribalar asosida pedagog xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 252-sonli buyrugʻi asosida Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida pedagoglar uchun toʻrt bosqichli malaka oshirish kurslari tashkil qilingan boʻlib, bu kurslar maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlariga 36 soatlik oʻquv dasturi orqali xalqaro tajribalar bilan tanishish imkonini beradi va ularning zamonaviy usullarda taʼlim berish koʻnikmalarini oshirishga koʻmaklashadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining topshirigʻi asosida joriy yilning 28-oktyabridan 1-noyabr sanasigacha Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining majlislar zalida 36 soatga moʻljallangan xalqaro tajribalar asosidagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil qilindi.

Oʻquv kurslarida tumandagi 52ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan direktorlar va metodistlar, shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasalaridan tarbiyachilar ishtirok etdi.

Qisqa muddatli oʻquv kurslarida jami 56 nafar ishtirokchi zamonaviy taʼlim metodlari va bolalar bilan ishlashda qoʻllaniladigan yondashuvlar haqida bilim va koʻnikmalarini yanada boyitdilar. Kurs davomida ishtirokchilar amaliy mashgʻulotlarga ham jalb etiladi, bu esa bilimlarni real sharoitlarda qoʻllash koʻnikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Oʻquv kursi yakunida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻosh Shomurodov maxsus sertifikatlarni kurs bitiruvchilariga tantanali ravishda topshirdi.

Shundan keyin oʻquv kursi ishtirokchilari oʻzaro tajriba almashish va oʻquv kursi davomida olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishdi.

Taʼkidlash joizki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolaning erta yoshdan rivojlanishini takomillashtirishda pedagoglar bolaning jismoniy, ijtimoiy-emotsional, aqliy va nutqiy rivojlanishiga birdek eʼtibor qaratishlari nihoyatda muhimdir. Zero, har bir bola individual xususiyatlarga ega boʻladi, shuning uchun ularga shaxsiy yondashuv talab etiladi. Bu yondashuv bolalarning oʻzlarini qadrli his etishlariga va ularda oʻzlariga nisbatan ishonch paydo boʻlishiga yordam beradi.

Bolaning ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirish uning keyingi hayotidagi muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyat kasb etishi ham ayni haqiqat. Shu sababli mashgʻulotlarda pedagoglar bolalarni guruhda ishlash, doʻstona munosabatlar oʻrnatish va turli vaziyatlarda oʻz his-tuygʻularini toʻgʻri ifoda etishga oʻrgatish masalasiga alohida eʼtibor qaratdilar. Bundan tashqari, bolalarning aqliy rivojlanishi uchun qiziqarli va foydali oʻyinlarni tashkil qilishga alohida urgʻu berdilar. Bolalarga mashgʻulotlar orqali atrof-muhitni oʻrganish, muammolarni yechish va savollarga javob izlashni oʻrgatish ham nihoyatda muhim. Bu jarayonda turli oʻyinlar, amaliy mashgʻulotlar hamda taʼlimiy materiallardan foydalanish ularning fikrlash va muammo yechish qobiliyatlarini oshirishi alohida qayd etib oʻtildi.

Mazkur oʻquv kurslari orqali pedagoglar yangi tajribalarni oʻrganib, amaliy koʻnikmalarini yanada oshirdilar va taʼlim jarayonida foydalanish uchun yangi yondashuvlarni oʻzlashtirdilar. Kelgusida ishtirokchilar oʻzlari faoliyat yuritayotgan muassasalarda kurs davomida oʻrgangan bilimlarini boshqa hamkasblariga ham oʻrgatishadi. Bu esa oʻquv kurslarining samarasini yanada kengroq miqyosda namoyon qiladi va maktabgacha taʼlim tizimi sifatining yuksalishiga zamin yaratadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026