Amudaryo tumanida sport sinovlarini namunali topşirganlar munosib taqdirlandi
Bugungi kunda aholi örtasida sportga va jismoniy faollikka bölgan qiziqiş har qaçongidan ham ortib bormoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi qarori asosida yurtimizda sportga bölgan eʼtiborni yanada kuçaytiriş maqsadida jismoniy tayyorgarlikka oid normativlar joriy qilingan bölib, uşbu hujjat aholi örtasida jismoniy faollikni yanada oşiriş borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uşbu qaror bilan 2021-yil 1-avgustdan boşlab aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş tizimi joriy etildi. Baholaş tizimi böyiça sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravişda aholining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi.
Amudaryo tumanida ham 30 yoşdan 70 yoşgaça bölgan aholi vakillari sport sinovlaridan ötib, jismoniy tayyorgarlik darajasini haqida maʼlumotlarga ega bölmoqdalar. Yaqinda uşbu sinovlarni namunali tarzda topşirgan bir guruh amudaryolik sportsevarlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan taşkil etilgan taqdirlaş marosimida sport sinovlarining faol iştirokçilariga maxsus sport formalari va birinçi, ikkinçi hamda uçinçi darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” kökrak nişonlari topşirildi.
Aytiş joizki, baholaş tizimi böyiça yoş körsatkiçlaridan kelib çiqib sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan şaxslar bir yil mobaynida safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat tölovining 50 foizini çegirma bilan tölaydi va muddatli harbiy xizmatga birinçilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi. Qolaversa, maxsus talablarni bajargan ğoliblarga, yaʼni 1-örin egalariga “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan taşqari öqişga kiriş, bepul tarzda davlat tuman yoki şahar köp tarmoqli tibbiyot muassasasida bir martalik çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötiş, şahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanişda 50 foiz çegirmali tölov bilan imtiyozli yuriş huquqi beriladi.
Şuningdek, ğoliblarning farzandlari özlari yaşayotgan joydagi umumtaʼlim maktabi, maktabgaça taʼlim taşkilotlari, yozgi soğlomlaştiriş oromgohlariga navbatsiz joylaştiriladi, barça davlat organlari va taşkilotlarining xodimlariga iş joyi hisobidan dam oliş maskanlari va sanatoriylarga bepul yöllanmalar taqdim etiladi. Yana bir imtiyoz – ğoliblarning respublika miqyosida işga yoki öqişga qabul qilinişida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon, sinov, amaliy maşğulotlarda ustunlik beriladi, yaʼni ularga oliy taʼlim muassasalari sport yönalişlaridan taşqari barça imtihonlarda maksimal ball beriladi yoki amaliy maşğulotlardan ozod qilinadi.
Tadbirda bir qator nufuzli mehmonlar – Özbekiston Respublikasi Sport vazirligining Etnosport turlarini rivojlantiriş va sport normativlarini ötkaziş şöʼbasi xodimi Feruza Abduraxmonova, Toşkent şahar sport maktabi masʼullari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Sport vaziri örinbosari Azamat Qalbayevlar iştirok etib, ğoliblarni kökrak nişoni bilan taqdirlab, ularga beriladigan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.
Taʼkidlaş kerakki, uşbu sport sinovlari nafaqat sport bilan muntazam şuğullaniş, balki aholi salomatligini mustahkamlaş va faol hayot tarzini keng tarğib qilişga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Şuningdek, har yili taşkil qilinadigan bu tadbirlar mahallalarda sportga bölgan qiziqişni oşiriş va aholining turli yoş guruhlari orasida jismoniy faollikni rağbatlantirişga ham xizmat qilmoqda.
Uşbu sport sinovlari şuningdek, yoşlarda iroda, öz kuçi va imkoniyatlariga işonç kabi fazilatlarni mustahkamlaş, ularda jasorat, vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantiriş, yurtimiz şarafini himoya qila oladigan, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli, Vatan mudofaasiga munosib zaxira kadrlarni tayyorlaşda ham muhim vosita bölişi közda tutilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶