21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:13
Fan va taʼlim 👁 361

Amudaryo tumanida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

Xalqimizning milliy-maʼnaviy qadriyatlari nafaqat oilalar va har bir inson shaxsiyatida, balki barcha sohalar, ayniqsa, taʼlim-tarbiya tizimida oʻz aksini topgan. Shu bois, umumtaʼlim maktablarida olib borilayotgan dars mashgʻulotlarining mazmun-mohiyatida ham xalqimizga xos boʻlgan vatanparvarlik, oʻzaro mehr-oqibat, xalqparvarlik, birdamlik tuygʻulariga alohida urgʻu beriladi. Bundan koʻzlangan yagona maqsad – yangilanayotgan Oʻzbekistonga munosib, maʼnan va jismonan yetuk avlodlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishdir.

Amudaryo tumanidagi 86ta umumtaʼlim maktablarida soʻnggi yillarda taʼlim-tarbiya jarayonida erishilayotgan muvaffaqiyatlar zamirida ham pedagogik jamoalarning oʻzaro ahilliklari, barkamol avlod tarbiyasi yoʻlidagi birdamligi mujassam. Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi maʼmuriyati tumandagi ushbu soha muassasalarining faoliyatini metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlab, amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda.

Ayni paytda maktablarda 38 ming 769 nafar oʻquvchi-yoshlar zamonaviy pedtexnologiyalar asosida taʼlim-tarbiya olishmoqda. 4 ming 61 nafar oʻqituvchilarning 97 foizi oliy maʼlumotli mutaxassis fan oʻqituvchilari boʻlib, ulardan 421 nafari oliy, salkam 1000 nafari 1-toifaga ega boʻlgan oʻz kasbining fidoyilaridir.

Soʻnggi yillarda maktablarning moddiy-texnik taʼminoti yaxshilandi va 44-, 45-, 1-, 31-, 86-sonli maktablar binolarini mukammal va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, oʻqituvchi hamda oʻquvchilar uchun zarur sharoitlar yaratildi. Taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga muvofiq mahalliy byudjet mab­lagʻlari hisobidan 4ta maktab zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Koreyaning EKSIMBANKi grantlari hisobidan 6ta maktabga 96 dona, Respublika byudjeti hisobidan 17ta maktabga 176 dona  kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi.

Davlatimiz tomonidan taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va ragʻbat tufayli kadrlar salohiyati ham yil sayin oshib bormoqda. Natijada bitiruvchi yoshlarning OTMlarga oʻqishga kirish koʻrsatkichi ham yuqori boʻlmoqda. Ayni paytda kadrlar salohiyati jihatidan 40-sonli maktab pedagogika jamoasi erishayotgan yutuqlar quvonarli. Mazkur ilm maskanida faoliyat olib boruvchi 103 nafar pedagog kadrlarning 43 nafari oliy va 1-toifaga, 13 nafar ingliz tili fani oʻqituvchilarining barchasi xorijiy tilni oʻqitish boʻyicha xalqaro va unga tenglashtirilgan sertifikatga ega yuqori malakali pedagoglardir. 2023-2024 oʻquv yilida mazkur maktabning 53 nafar oʻquvchilari chet tili fanidan xalqaro va unga tenglashtirilgan sertifikatga ega boʻlib, tumanda yetakchilik qildi.

Prezident sovrini uchun oʻtkazib kelinayotgan “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida ham 40-sonli maktab jamoasi 3-yildan buyon tumanda gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Oʻtgan oʻquv yilida 11-sinfni tuman boʻyicha 27 nafar oʻquvchi oltin, 4 nafar oʻquvchi kumush medallar bilan bitirib, OTM ga kirish imtihonlarida 67-sonli maktab oʻrtacha 104 ball, 43-maktab 102,7 ball, 40-maktab 98,4 ball toʻplab, birinchi uchlikdan joy oldilar. Maktab bitiruvchilari OTMga kirish boʻyicha 22-sonli maktab tumanda 1-oʻrinni egalladi. Mazkur maktabni 2023-2024 oʻquv yilida 48 nafar oʻquvchi bitirib, shundan 30 nafari, yaʼni 63 foizi davlat OTMga oʻqishga kirishga muvaffaq boʻldi.

Kasb faoliyati davomida mana shunday yuksak marralarni zabt etayotgan, yosh avlodga munosib taʼlim-tarbiya berib, Uchinchi Renessans poydevorini barpo qilayotgan amudaryolik oʻqituvchilar kasb bayramini ham munosib nishonladilar.

30-sentyabr kuni sana munosabati bilan tashkil qilingan tantanali tadbirga taʼlim sohasi ilgʻorlari, faxriy oʻqituvchilar, yuksak natijalarga erishayotgan ustozlar va tajribali murabbiylar taklif qilindi.

Tadbir avvalida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov, nuroniy Bekman Allaberganov, faxriy oʻqituvchi Ashirboy Qoʻshayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boʻlim boshligʻi Hamidulla Begdullayev va boshqalar soʻzga chiqib, yurtimizda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritib, oʻqituvchi va murabbiylarni 1-oktyabr – kasb bayramlari bilan muborakbod etdilar.

Chindan ham, oʻqituvchilik kasbi insonning shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular bilimning chirogʻini yoqib, yosh avlodning ongi va qalbini yoritadilar. Oʻqituvchilar nafaqat bilim beradi, balki hayot koʻnikmalarini ham oʻrgatadilar, shu bilan birga oʻquvchilarning axloqiy va ijtimoiy tarbiyasida ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ustozlarning bizga bergan bilim va koʻnikmalari butun umrimiz davomida yoʻlchi yulduz boʻlib hayot yoʻlimizni yoritadi. Insoniyat ibtidosidan to bugunga qadar erishilgan barcha yutuqlar aynan ustoz va murabbiylar tufaylidir. Shu sababli ham yurtimizda oʻqituvchilik kasbining maqomini yuksaltirish, soha xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Aytish joizki, Amudaryo tumani maktablarida malakali oʻqituvchilar koʻp. Xususan, 36-sonli maktabning fizika fani oʻqituvchisi Xushnud Chorshamov va matematika fani oʻqituvchisi Azim Saparboyevlar hamkorligida tashkil etilgan 11-“G” variativ sinfida 25 nafar oʻquvchi taʼlim olib, barchasi – 100 foiz OTMga kirishga muvaffaq boʻldilar. Shunisi eʼtiborliki, ulardan 12 nafari davlat granti, 13 nafari toʻlov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilindilar. 40-sonli maktabning ingliz tili oʻqituvchisi Nurbek Jumaniyazov va matematika fani oʻqituvchisi Sherzod Ashirovlar hamkorligida tashkil etilgan 11-“D” variativ sinf oʻquvchilarining ham barchasi, shu jumladan 4 nafari davlat granti, 23 nafari toʻlov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilindilar.

Amudaryolik pedagoglar joriy 2024-2025 oʻquv yilini ham yanada jipslik va birdamlik bilan boshladilar. Ular yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida yanada faol mehnat qilib, mamlakat kelajagi va xalq farovonligiga munosib hissa qoʻshadigan kadrlarni tarbiyalashni oʻz oldlariga maqsad qilib qoʻyganlar. Mana shunday qadrli va ardoqli ustozlarga bayram munosabati bilan yanada chuqur ehtirom koʻrsatilib, ularning fidoyi mehnatlari eʼtirof etildi. Bayram tadbiri soʻngida faol oʻqituvchilar, tajribali murabbiylar va ilgʻor tarbiyachilar tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Fursatdan foydalanib, taʼlim-tarbiya sohasining barcha fidoyilarini, faxriy ustozlarni Oʻqituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan chin dildan tabriklab, oilalariga farovonlik, birdamlik, mustahkam sogʻlik tilaymiz.

Aziz ustoz va murabbiylar! Sizning saʼy-harakatlaringiz tufayli yosh avlod nafaqat ilm-fan sohasida, balki maʼnaviy va jismoniy jihatdan ham kamol topmoqda. Davlatimiz va jamiyatimiz Siz azizlarning mehnatlaringizni yuksak eʼtirof etadi va qadrlaydi. Doimo el-yurt ardogʻida, shogirdlaringizning eʼzozida boʻling, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni muborak boʻlsin, aziz ustozlar!

Tahririyat

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026