21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:17
Fan va taʼlim 👁 375

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni oldidan: MUHTARAMLIK YOʻLI

Oʻqituvchi va murabbiylar kuni oldidan: MUHTARAMLIK YOʻLI

Inson kamoloti haqida gap ketganda koʻpincha uning jamiyatda oʻz mavqeiga erishish yoʻlida qilgan ezgu ishlari tilga olinadi. Lekin uning ana shu darajaga yetishidagi asosiy mezonlar haqida juda kam gapiramiz. Aslida esa uning shaxsiy qarashlari, intilishlari, insoniy fazilatlari, oʻsib-ulgʻaygan oila muhiti va nihoyat u taʼlim olgan ilm dargohi, ustozlari insonni kamolotga yetaklovchi mezonlar sifatida juda katta maʼnaviy-maʼrifiy, hatto ijtimoiy ahamiyatga ega. Inson ana shu mezonlardan kuch, ibrat oladi, hayotda hamisha ilgʻor fikrli insonlar safida boʻlishga intilib yashaydi. Oldinga intilib yashash esa uni orzuning oydin yoʻllariga olib chiqadi, kamolot sari imkon eshiklarini ochadi.

Amudaryo tumanining Choykoʻl qishlogʻida, ziyoli oilada tugʻilib-oʻsgan oddiy fizika fani oʻqituvchisi Xushnud Chorshamovning shaxs sifatida shakllanishida eng avvalo u oʻsib-ulgʻaygan oiladagi ziyobaxsh tarbiya muhiti, ota-onasi va oʻzidan katta aka-opalarining mehrga yoʻgʻrilgan insoniy fazilatlari, bolaligidan shakllangan begʻubor orzulari, fikran yetuklik sari intilishlari nainki muhim hayotiy mezon, balki kamolot yoʻlidagi maʼnaviy pillapoyalar boʻldi.

Xalq salomatligini saqlashdek sharafli kasb fidoyisi boʻlgan otasi Hojiboy doktor va uzoq yillar Amudaryo tumanining pillachilik sohasini boshqargan onasi Shukurjon hoji onalarning kenja farzandi boʻlgan Xushnud Chorshamov bolaligidan havasga munosib namunali xulq-atvor sohibi boʻlib ulgʻaydi. Oʻzidan katta aka-opalarining barchasi oliy maʼlumotli oʻqituvchilar sifatida ish faoliyatlarini boshlaganida uning qalbidagi havas chinakam orzuga aylandi va hech ikkilanmay oʻqituvchilik kasbini tanladi.

38-sonli umumtaʼlim maktabini faqat aʼlo baholarga tugatgan Xushnudjon Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining fizika fakultetida tahsil oldi. Talabalik davrida mazkur oliygohning taniqli professor-oʻqituvchilaridan nafaqat oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha, balki pedagogika sohasiga oid zamonaviy taʼlim-tarbiya uslublarini oʻrgandi. Taʼlim tizimiga joriy etilayotgan innovatsion loyihalar, oʻqitishning jahon andozalariga mos yangiliklarini puxta oʻzlashtirdi, oʻqib-oʻrganishdan, oʻz ustida ishlashdan aslo charchamadi.

“Sabr-toqat bilan ilm oʻrganish, doimiy izlanish uchun vaqt sarflash yorqin va baxtli kelajak kafolati” degan ezgu shiorni oʻziga dasturilamal qilib olgan Xushnud Chorshamov 2014-yilda sobiq Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida fizika fani oʻqituvchisi sifatida ilk pedagogik faoliyatini boshlagan kunlardanoq “tilga tushdi”. Fizika faniga qiziquvchi kollej talabalari uning har bir darsini orziqib kutadigan boʻlishdi.

Biron bir sohada oʻz kasbi boʻyicha yetarli darajada faoliyat olib boraolmagan mutaxassisga “ustoz koʻrmagan-da”, – deya taʼrif beramiz. Xushnud Chorshamov esa oliygoh tahsili davomida ham, kollejdagi oʻqituvchilik faoliyati jarayonida ham fidoyi va bilimdon ustozlar taʼlimi, maslahatlari, ilmiy-nazariy tajribalaridan bahramand boʻldi. Ayniqsa, sobiq Mangʻit qishloq xoʻjalik kollejining matematika fani oʻqituvchisi Azimboy Saparboyev bilan taʼlim-tarbiya sohasidagi hamkorligi uning oʻqituvchi sifatidagi reytingi oshishida muhim ahamiyat kasb etdi. Kollejda tashkil etilgan matematika-fizika toʻgaragida ustozi Azimboy Saparboyev bilan hamkorlikda aniq fanlarga qiziquvchi yoshlarga mashgʻulotlar oʻtkazdi. Natijada kollej bitiruvchilari orasida OTMlarga oʻqishga kiruvchilar safi yil sayin oshib, hatto Amudaryo tumanining eng chekka hududlaridagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari toʻgarak mashgʻulotlaridan bahramand boʻlish maqsadida kollejda oʻqish istagini bildiradigan boʻlishdi.

Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji negizida hozirgi Amudaryo muhandislik texnikumi tashkil etilib, ish oʻrinlari optimallashtirilishi munosabati bilan Xushnud Chorshamov ustozi Azimboy Saparboyev bilan birgalikda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 56-sonli umumtaʼlim maktabida oʻz pedagogik faoliyatini davom ettirdi.

Shu yili uning bir nafar oʻquvchisi fizika fanidan oʻtkazilgan innovatsion olimpiadaning Respublika bosqichi gʻolibi boʻldi. Bu yosh oʻqituvchini yanada samaraliroq faoliyat yuritishga undadi va 2019-2020 oʻquv yilida maktab direktori Arzigul Xudoyberganova hamda matematika fani oʻqituvchisi Azimboy Saparboyev bilan bamaslahat oʻquv yilining 3-choragida texnologiya yoʻnalishi boʻyicha variativ oʻquv rejasi asosida 10-11- sinflarda aniq fanlarga qiziquvchi oʻquvchilardan iborat sinf tashkil etilib, ilk dars mashgʻulotlari boshlab yuborildi.

–  Maqsadimiz bitta – 56-sonli maktabning Amudaryo tumanidagi ilgʻor maktablar qatoridan joy olishiga erishish edi, – fanlarni oʻzlashtirish boʻyicha anchayin qoloq boʻlgan maktabda ishlagan davrini qoniqish bilan eslaydi Xushnud. – Ustozim Azimboy Saparboyev bilan hamkorligimiz samarali boʻldi, biz pedagog sifatida oldimizga qoʻygan maqsadimizga maʼlum maʼnoda erishdik.

Haqiqatdan ham juda qisqa fursat ichida maktabning variativ oʻquv-rejasi asosidagi texnologiya yoʻnalishi boʻyicha sinfi oʻquvchilari fanni oʻzlashtirish darajasi boʻyicha 78 foiz natijaga erishdilar 33 nafar oʻquvchidan 29 nafari shu yili OTM talabalari boʻldilar. Bu koʻrsatkich yil sayin oshib bordi 2020-2021 oʻquv yilida texnologiya yoʻnalishi boʻyicha variativ oʻquv sinfi bitiruvchilarining barchasi –  100foiz OTM talabalari boʻlishdi.

2021-2022 oʻquv yilida 56-sonli maktab oʻquvchilari fanlar olimpiadasining tuman va respublika bosqichlarida katta yutuqlarni qoʻlga kiritgani evaziga maktabga 180-oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi qurib berildi. 2022-2023 oʻquv yilida esa Xushnud Chorshamovning uch nafar oʻquvchisi fanlar olimpiadasining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichi sovrindorlari boʻlishdi. Shu yili maktabning uch nafar oʻquvchisi maktabni oltin medal bilan bitirishdi.

2021-yildan beri muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan NDPI rektori kubogi va QDU rektori kubogi musobaqalarida Xushnud Chorshamovning oʻquvchilari deyarli har yili 1-2-oʻrinlarni egallashib, mazkur OTMlarga imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilinish huquqini qoʻlga kiritib kelishmoqda.

Oʻtgan oʻquv yili ham Xushnud va uning bilimdon shogirdlari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Ikki nafar oʻquvchisi fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 1- va 3-oʻrinlarni egallab, ulardan biri mazkur olimpiadaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida sovrindorlar safidan joy oldi.

Barcha sohalarda kuchli bilim va salohiyatga ega mutaxassislar yuksak qadrlanadi, ayniqsa, taʼlim tizimida faoliyat yurituvchi ana shunday bilimdon, zimmasidagi masʼuliyatni chuqur his qiladigan kadrlarning hamisha qadri baland.

Xushnud Chorshamovning pedagogik faoliyati davomida erishayotgan yutuqlariga havas qiluvchilar qanchalik koʻp boʻlsa, uning tajribalaridan bahramand boʻlishni xohlovchi kasbdoshlari safi ham talaygina. 2023-2024-oʻquv yilidan 36-sonli maktabda oʻz pedagogik faoliyatini davom ettirayotgan Xushnud Chorshamovning atrofidagi shogirdlari safi ham kun sayin oshib borayotganidan ayonki, mazkur ilm maskanida ham u lider oʻqituvchi sifatida oʻz mavqeiga ega. Chunki oʻtgan qisqa vaqt – bir yil ichida Xushnud Chorshamov tahsilini olgan mazkur maktabning texnologiya yoʻnalishidagi variativ sinfi oʻquvchilarining barchasi – 100 foiz OTM talabaligiga qabul qilindilar. Erishilgan bu yutuq tufayli 36-sonli maktab taʼlim-tarbiya yaxshi yoʻlga qoʻyilgan oʻquv muassasalari qatoridan joy oldi.

Albatta, yutuqlar oʻz-oʻzidan boʻlmaydi, har qanday muvaffaqiyatning zamirida kuchli bilim va salohiyat, yuksak pedagogik mahorat, oʻqituvchi-murabbiyga xos samimiyat, shogirdlariga nisbatan mehr boʻlishi zarur. Xushnudjonning feʼlida esa, nazarimda bularning barchasi uygʻunlashib ketgan, tugʻma qobiliyatli oʻqituvchi. Shuning uchun ham u oʻz kasbiy faoliyatini ado etish jarayonida butun vujudi bilan berilib mashgʻulotlar olib boradi, oʻquvchilariga fizik qonunlar mohiyatini sanʼatkorona tarzda yetkazadi, sinf toʻla oʻquvchilar qalbida ham hayrat, ham oʻz faniga nisbatan mehr va qiziqish uygʻotadi. Ana shu mehr tuygʻusi va shogirdlarining fizika faniga boʻlgan qiziqishlari Xushnud Chorshamov erishayotgan yutuqlar uchun yoʻl ochadi.

Oʻqituvchining maqsadi ham, zimmasidagi masʼuliyati ham shu – eng avvalo oʻquvchi qalbida oʻz faniga nisbatan mehr va qiziqish uygʻotish, ilm oʻrganishga ishtiyoqmand yoshlarning orzulariga qanot bagʻishlash. Ana shu maqsadga erishgan oʻqituvchi nafaqat oʻz kasbining fidoyisi, balki sanʼatkori hamdir. “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishonlari sohibi Xushnud Chorshamov ana shunday fazilat sohibi.

Biz yuqorida Xushnud Chorshamovning kamolot pillapoyalari sari dadil qadam qoʻyishida u oʻsib-ulgʻaygan oila muhiti, ota-onasidan, biri-biridan iqtidorli aka-opalaridan olgan ibrati muhim ahamiyat kasb etgani haqida soʻz yuritgan edik. Endilikda esa bu ziyobaxsh oila bagʻrida uning orzu-intilishlariga hamroh-u hamroz umr yoʻldoshi, mohir pedagog Nasibaxon va shirin-shakar uch nafar farzandi mehr gullarini sochib kutib oladi va sevimli ishiga kuzatib qoʻyadi.

– Ish faoliyatimni xotirjam ado etishimda menga hamisha yelkadosh ota-onam va umr yoʻldoshimdan minnatdorman, – deydi Xushnud Chorshamov, – men erishayotgan yutuqlarning barchasida ularning hissasi katta.

Darvoqe, oila bagʻridagi musaffo, sogʻlom havo insonni elda aziz qiladi, muhtaramlik martabasiga yetkazadi. Xushnud Chorshamovni turli bayram sanalarida “ustoz”, deb yoʻqlab kelguvchi shogirdlari bisyor. Davralarda qarshisiga peshvoz chiqib, unga joy berguvchilar, eng yaxshi kunlarida uylariga taklif qilguvchilar, hayotda erishgan yutuqlarini u bilan birga baham koʻrguvchilar koʻp. Ayniqsa, Oʻqituvchi va murabbiylar kunida uning xonadoni shogirdlari bilan hamisha gavjum boʻladi. Bu uning baxtli taqdiri, muhtaramlik yoʻlidagi el-yurt ehtiromi. Zotan,

“Xushnud domla”, deb keladi shogirdlari,

Mehr gulin toʻkib tashlar poylariga.

Naqshlab olgan qalblariga oʻgitlarin,

Bosh qilishar ustozini toʻylariga.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026