“OÇIQ EŞIKLAR KUNI” ÖTKAZILDI
Ösib kelayotgan yoş avlodni ona Vatanga sadoqat, istiqlol ğoyalariga hurmat-ehtirom, vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalaş, ayniqsa, ular ongiga köp millatli xalqimizga xos bölgan milliy-maʼnaviy qadriyatlarni singdiriş yangilanayotgan Özbekistonning yoşlarga oid eng ustuvor siyosati hisoblanadi va bu taʼlim-tarbiya sohasida faoliyat olib boruvçi har bir xodimning zimmasidagi masʼuliyatli burçidir.
Aslini olganda, köp millatli Özbekiston xalqini milliy-maʼnaviy qadriyatlar birlaştirib turadi va bu birdamlik muhiti xalqimiz hayotiga gözallik, ziynat bağişlaydi. Şu bois, xalqimiz birdamlik, millatlararo totuvlik, özaro mehr- oqibat tuyğulariga yöğrilgan bayramona tadbirlarni quvonç va tantana bilan nişonlab, bu kabi tadbirlardan olam-olam zavq olişadi.
Joriy yilning 15-sentyabr sanasida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli “Barkamol avlod” bolalar maktabida bölib ötgan “Bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz!” şiori ostida bölib ötgan “Oçiq eşiklar kuni” bayram tadbiri ham xalqlar döstligi, millatlararo totuvlik, vatanparvarlik tuyğulari uluğlangani bilan har bir qalbga quvonç va şodlik bağişladi.
Çunki mazkur ilm dargohi tögaraklari maşğulotlarida şuğullanayotgan iqtidorli bolalar Amudaryo tumanida istiqomat qilayotgan 10 dan ortiq millat vakillarining farzandlari va nabiralari bölib, ular bir ota-onaning farzandlari kabi ahil va inoqlikda, yagona ezgu maqsad – Yangi Özbekistonga munosib farzand sifatida kamol topiş orzusi bilan ustozlaridan taʼlim-tarbiya oladilar.
Tadbir doirasida maktabning turli tögaraklar maşğulotlarida şuğullanuvçi öquvçi-yoşlar tomonidan qöl mehnati körgazmasi namoyiş etildi. Körgazmadan joy olgan tikuvçilik namunalari, rang-barang gullar, turli modellar, qölda töqilgan bolalar va ösmirlar uçun möljallangan bejirim va zamonaviy kiyim-keçaklar, yumşoq va qattiq öyinçoqlar, şuningdek, yoğoç öymakorligi buyumlari, kulolçilik mahsulotlari tadbirda iştirok etayotgan ota-onalarda öz farzandlaridan faxrlaniş tuyğularini uyğotdi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida faoliyat olib boruvçi tögaraklar rahbarlari tadbir iştirokçilariga 2024-2025 öquv yilida taşkil etilayotgan tögaraklar haqida keng tuşunçalar berişib, bu tögaraklar faoliyati xususida batafsil maʼlumotlar va rangli bukletlar taqdim etdilar. Şuningdek, ota-onalar maktabning badiiy havaskorlik tögaragi töğrisida yanada yaqinroq tanişişlari uçun maktabda taşkil etilgan “Şöx bolalar” badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi ham namoyiş etildi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, mazkur jamoa maktab öquvçilari örtasida anʼanaviy tarzda ötkazilib kelinayotgan turli körik-tanlovlarning doimiy iştirokçisi va sovrindori sanaladi. Vatanparvarlik, döstlik va millatlararo totuvlik, birdamlik tuyğulari uluğlangan, “Bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz!” şiori ostida, 2024-2025 öquv yili boşlanişi munosabati bilan ötkazilgan “Oçiq eşiklar kuni” tantanali bayram tadbirida “Şöx bolalar” badiiy jamoasi tomonidan ijro etilgan özbek, qoraqalpoq, qozoq va boşqa qardoş xalqlarning kuy va qöşiqlari, şöx-şodon raqslari barçaga xuş kayfiyat bağişladi.
Şu kunning özida köp millatli Amu elining ilmga çanqoq farzandlarini bağriga olgan bilim maskani tögaraklarida ilk maşğulotlar boşlandi.
Şuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabi masʼullari tomonidan Amudaryo tumanining çekka hududidagi 29- va 45-sonli umumtaʼlim maktablarida ham “Oçiq eşiklar kuni” tadbirlari ötkazilib, bu tadbirlarga mazkur taʼlim-tarbiya muassasalari hududidagi öquvçilarning ota onalari ham qamrab olindi. Tadbirlarda iştirok etgan ota-onalar öz farzandlarining zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya olişlari uçun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyat va şart-şaroitlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶