44-sonli davlat MTTda ötgan öquv yili davomida amalga oşirilgan işlar tahlil qilindi
Yangi öquv yili boşlanişi munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 44-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida muassasa direktori Aynur Rahmonova raisligida pedagogik kengaş yiğilişi ötkazildi. Tadbirda taşkilot direktori, Kuzatuv kengaşi raisi, taşkilotning jami 25 nafar pedagog va 20 nafar texnik xodimlari iştirok etişdi.
Pedagogik kengaş yiğilişini muassasa rahbari Aynur Rahmonova tabrik sözi bilan oçdi va yiğilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan taniştirdi. Taşkilot direktori öz nutqida barçani istiqlolimizning 33 yilligi va yangi öquv yili bilan qizğin muborakbod etib, tarbiyaçi va pedagog xodimlarga keyingi iş faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Pedagogik kengaş yiğilişi kun tartibiga köra, dastlab, ötgan 2023-2024 öquv yilida taşkilotda olib borilgan taʼlim-tarbiyaviy, soğlomlaştiriş işlari, xodimlarning jamoat işlaridagi iştiroki haqidagi taşkilot uslubçisi va hamşirasining yillik hisoboti tinglandi. Şundan keyin yangi öquv yilidagi asosiy vazifalar, pedagog-kouçerning iş rejasi va amaliy faoliyati, iş hujjatlari va körgazmali-didaktik materiallardan foydalaniş böyiça tavsiyalar taqdimotiga navbat berildi. Şuningdek, pedagoglar orasidan taşkilot Kuzatuv kengaşiga nomzodlar saylaş masalasi ham Kengaş tomonidan körib çiqildi.
44-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti uslubçisi, pedagog-kouçer Sevara Şomurodova öz maʼruzasida ötgan öquv yilida taşkilotda olib borilgan öquv-tarbiyaviy işlar, taşkil etilgan oçiq darslar va namunaviy maşğulotlar, bayram tadbirlari va badiiy keçalar, ularning samarali natijasi hamda kuzatilgan kamçiliklar töğrisida fikr-mulohazalarini bildirib ötdi.
Muassasa hamşirasi Zubayda Madiyorova esa maktabgaça taʼlim taşkilotining yil davomidagi sanitariya-gigiyenik holati, tarbiyalanuvçilarni soğlom ovqatlantiriş böyiça qilingan işlar, mavsumiy taomnoma, tarbiyalanuvçilar hamda xodimlarning öz vaqtida tibbiy körikdan ötkazilganligi töğrisidagi hisobotni taqdim etdi. Şuningdek, yozgi soğlomlaştiriş davri reja asosida taşkil etilganligi va samarali olib borilganligi haqida batafsil töxtalib ötildi.
Tadbir davomida muassasaning pedagog-kouçing faoliyati tahlil qilinib, yangi öquv yili uçun pedagog-kouçerlar va hamkorlar saylaş uçun nomzodlar eʼlon qilindi. Körsatilgan talabga köra, 5-yildan ortiq pedagogik stajga ega pedagoglar – pedagog-kouçerlar va boşqa pedagoglar – pedagogik-kouçing hamkorlari deb belgilandi. Pedagogik-kouçing iş rejasini va oçiq maşğulotlar jadvalini işlab çiqiş vazifasi uslubçi, pedagog-kouçer Sevara Şomurodova zimmasiga yuklatildi.
Şundan keyin pedagog-kouçer Sohiba Gulmirzayeva sözga çiqib, pedagoglarga taşkilotning namunali kun tartibi töğrisida video-rolik taqdim qildi. Pedagogik-kouçing hamkori, tarbiyaçi Dilfuza Dosekeyeva öz taqdimotida taʼlim-tarbiya jarayonida innovatsion usullardan foydalaniş töğrisida fikr-mulohazalarini bildirib, “Mening tanlovim” tablosi bilan taniştirdi.
Taqdimotlar davomida pedagogik-kouçing hamkori, tarbiyaçi Şoira Madiyorova sözga çiqib, taʼlim-tarbiya jarayonida körgazmali-didaktik materiallardan foydalanişning ahamiyati, bu kabi materiallarning mazmuni, ulardan foydalaniş tartibi haqida maʼruza qildi.
Pedagogik kengaş-tadbirining keyingi qismida pedagogik jamoa örtasida iş hujjatlari va taʼlim-tarbiya jarayoni, markazlardagi faoliyat yuzasidan özaro fikrlar almaşildi. Taşkilotning yordamçi tarbiyaçilari Şarofat Safarboyeva, Rauşan Xalillayeva, Muhabbat Qurbonboyevalar tomonidan tadbir davomida qilingan taqdimotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Şuningdek, pedagogik-kouçing hamkorlari, tarbiyaçilar Barno Avezbayeva va Hilola Durdiboyeva tayyorlangan taqdimotlar yuzasidan öz takliflarini berişdi.
Şu örinda aytiş joizki, Pedagogik kengaş zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda, yuqori saviyada taşkil etildi va ötgan öquv yili davomida ilğor va faol bölgan bir qator pedagog va texnik xodimlar taşkilot rahbarining taşakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Pedagogik kengaş yakunida muassasaning yangi öquv yili uçun işlab çiqilgan yillik iş rejalari, pedagoglarning iş hujjatlari tasdiqlandi.
Sohiba Gulmirzayeva, 44-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶