40-sonli umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga 180 nafar bolajonlar qabul qilindi
Öquvçilarga maroqli hordiq, qaynoq xotiralar ulaşgan yoz fasli nihoyasiga yetdi. Qalblarga ajib bir xotirjamlik, yaxşi kayfiyat, baland ruh bağişlab ölkamizga sokin kuz fasli kirib keldi. Yigit-qizlar yana ilhombaxş tuyğular, yangi rejalar bilan taʼlim muassasalari tomon oşiqadi. Ularning qöllaridagi guldastalar jilolanib, atrofga özgaça çiroy bağişlaydi. Maktablarda ustozlar mehri, döstlar soğinçi, qadrdon kitoblar, şinam sinfxonalar öquvçilarni öziga çorlaydi.
“Birinçi qönğiroq” sadolarida yangi öquv yilining boşlanişi, yuksak masʼuliyatli damlar, hayotning yangi davoni, orzu-maqsadlar sari dadil qadamlar öz ifodasini topadi. Boğça taʼlimini yakunlagan bolajonlar maʼrifat maskani, bilimlar buloği, kelajak poydevori bölmiş muqaddas dargoh – maktab bilan ilk bor tanişadi. Ota-onalar könglida esa umid va hayajon. Farzandi hayotida yangi davr boşlaniş arafasida…
4-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi eng ilğor maktablardan biri – 40-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan “Birinçi qönğiroq” nomli tadbir ham ana şunday ajib tuyğular bilan qalblarga muhrlandi.
Yangi öquv yilida maktabining 1-sinfiga 180 nafar bolajonlar qabul qilindi. Ularga 12 turdagi öquv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovğalari topşirildi.
Bayram tadbirini maktab direktori Sanobar Xöjamurotova tabrik sözi bilan oçdi va barçani yangi öquv yili bilan muborakbod etdi.
Taʼkidlanganidek, sönggi yillarda mamlakatimizda asosiy eʼtibor öquvçilarga sifatli taʼlim berişga qaratilmoqda. Umumtaʼlim maktablarini, taʼlim sifatini, kadrlar salohiyatini jahon mezonlari asosida rivojlantiriş yölida tizimli işlar olib borilmoqda. Xususan, umumtaʼlim maktablariga Prezident va ixtisoslaşgan maktablardagi yangi metodikalarga asoslangan baholaş tizimi joriy qilinmoqda. Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş maqsadida “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovlari taşkil qilinmoqda. Mazkur tanlovning tuman bosqiçida joriy yil 40-sonli maktab faxrli 1-örinni egalladi.
Bugungi kunda 40-sonli umumtaʼlim maktabida 1600ga yaqin öquvçilar taʼlim-tarbiya olişmoqda. Ularga jami 111 nafar, xususan, 24 nafar oliy, 26 nafar 1-toifa, 39 nafar 2-toifa, 19 nafar mutaxassis öqituvçi-pedagog xodimlar dars berib kelişmoqda. 2023-2024 öquv yilida maktabni 143 nafar öquvçi bitirgan bölsa, şundan 80 nafari oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi. Eʼtirof etiş joizki, 11-«D» variativ sinf öquvçilarining barçasi talabalik baxtiga sazovor bölişdi. Şuningdek, Nukus şahridagi Prezident maktabining 5-sinfiga mazkur umumtaʼlim maktabining 2 nafar öquvçisi qabul qilindi.
Bundan taşqari “Taşabbusli byudjet”ning joriy yilgi ikkinçi mavsumida maktab jamoasi ham ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha bilan iştirok etib, ğolib bölgan edi. Loyiha rejasiga köra maktab hududida basketbol, voleybol, mini futbol maydonçalari, yuguriş yölakçasi, kiyiniş xonasidan iborat ust qismi yopiq sport maydonçasini quriş belgilangan. Uşbu zamonaviy sport maydonçasi öquvçilarga jismoniy tarbiya maşğulotlari bilan yanada faol şuğullaniş imkonini beradi.
Şuningdek tadbirda tuman Içki işlar bölimi yöl-patrul xizmati bölinmasi boşliği Anvar Yusupov ham iştirok etib, ota-onalarga, öquvçilarga yöllarda harakatlaniş xavfsizligiga doir muhim tavsiyalarni berdi. Afsuski, sönggi paytlarda bolalar boşqaruvidagi skuter, elektrovelosiped va boşqa transport vositalari iştirokida mudhiş yöl transport hodisalari kuzatilmoqda. Soha mutaxassisi uşbu holatlar böyiça fikr bildirib, ota-onalarni yanada huşyorlikka çaqirdi.
Öquv dargohida “Mustaqillik darslari” ham öziga xos ruhda ötkazildi. Uşbu darslardan közlangan maqsad – öquvçilar tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida şakllantiriş, özi yaşab turgan tarixiy maskandagi obidalarni bilişga çorlaş va ötmişimizga hurmat ruhida tarbiyalaş, qalblarda Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuyğularini mustahkamlaşdan iborat. Şuningdek, darslarda öquvçilar eʼtibori yangi Özbekistonni barpo etiş, uçinçi Renessans poydevorini yaratişga qaratilgan islohotlar mohiyatiga qaratildi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶