17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 03:11
Jamiyat 👁 722

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi inson qadrini taʼminlashga xizmat qilmoqda

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi inson qadrini taʼminlashga xizmat qilmoqda

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 1-moddasida Oʻzbekiston ijtimoiy davlat ekanligi koʻrsatib oʻtilgan. Shunga koʻra mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi boʻlgan shaxslarning munosib hayot kechirishi va jamiyatdagi oʻrnini topishi uchun mutlaqo yangicha yondashuv asosida ishlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha ishlar yangi bosqichga koʻtarildi. “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 7ta yoʻnalishda belgilangan 100ta maqsaddan 34tasi bevosita ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgani ham mamlakatimizda ijtimoiy davlat gʻoyasi ilgari surilayotganiga yaqqol dalildir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyun kungi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2023-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosida yurtimizda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Hozirda markaz tomonidan 12 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga 49 turdagi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilib, ularning ijtimoiylashuvi taʼminlanmoqda. Shu jumladan nogironligi boʻlgan fuqarolarga koʻmak koʻrsatish, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish, jamiyatning sogʻlom aʼzolari kabi mehnat qilish imkoniyatlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bugungi kunda Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan belgilangan vazifalarga koʻra, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlash hamda ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Shuningdek, markazning har bir xodimi ehtiyojmand aholi bilan keys-menejment usulini qoʻllagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish boʻyicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni masʼul vazirlik va idoralarga yuborish, ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish kabi ishlarni beminnat amalga oshirib kelishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bugungi kunda 5ta shoʻʼba, jumladan, Mahallada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, Katta yoshdagilar va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash, Nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlashish, Ijtimoiy toʻlovlar, Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻʼbalari, psixolog xodimlar, huquqiy masalalar boʻyicha ekspert-maslahatchi, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassis va boshqa xodimlar samarali xizmat qilib kelishmoqda.

Amudaryo tumanidagi jami 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi mavjud oilalar sonidan kelib chiqib, tuman 16ta hudud va 32ta uchastkaga boʻlindi. Bugungi kunda ovul va mahallalarda 32 nafar ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim faoliyat yuritmoqda. Aholiga samarali xizmat koʻrsatish maqsadida, ijtimoiy xizmat xodimlari fuqarolar yigʻinlari raislari va tegishli hamkor tashkilotlar xodimlari bilan birgalikda mahallalarda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish boʻyicha mahallalarning ijtimoiy pasportlarini shakllantirmoqdalar.

Aniqlangan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Amudaryo tumanida jami 37 ming 216ta xonadon, 56 ming 349ta oila mavjud. Dastlabki oʻrganishlar davomida jami 9 ming 152ta oila ijtimoiy xizmatlar va yordamlarga muhtoj ekanligi aniqlangan. Ushbu koʻrsatkich tumandagi jami oilalarga nisbatan 16,2 foizni tashkil qiladi. Bu toifadagi oilalarga keys-menejment usuli orqali ijtimoiy xizmat xodimlari va markaz tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish rejasi ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi operatorlariga shu kunga qadar jami 474ta ariza kelib tushgan boʻlsa, shundan 275 nafar murojaat egasiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi va qolgan 194 nafariga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda. Shuningdek, belgilangan talablarga javob bermaganligi sabab 5ta ariza rad etilgan.

Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oʻtgan 4 oy davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 til 10-avgust kungi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 237-sonli qaroriga asosan tuman hokimligining tegishli qarori bilan 121 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi yoki keksa yoshdagi shaxslar roʻyxatga olindi va manzilli ishlar tashkil qilinmoda.

Amudaryo tumanida hozirgi kunda umumiy 6 ming 67 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar mavjud boʻlib, shundan 166 nafari 1-guruh, 4 ming 75 nafari 2-guruh, 206 nafari 3-guruh hamda 1 ming 20 nafari bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil qiladi. Joriy yilning shu kuniga qadar markazga reabilitatsiya texnik vositalari va protez ortopediya moslamalari uchun 166 nafar nogironligi boʻlgan va yoshga doir nafaqadagi fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 106 nafar fuqaroga mahsulotlar yetkazib berildi.

Xususan, 10 nafar fuqaro elektr yuritmali aravacha, 24 nafar fuqaro qoʻlda boshqariladigan kreslo-aravacha, 13 nafar fuqaro eshitish moslamasi, 34 nafar fuqaro hassa tayoq, 7 nafar fuqaro koʻzi ojizlar hassasi va 2 nafar fuqaro ortopedik poyabzal bilan taʼminlandi.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida 2-sonli Amudaryo tumanlararo tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan mehnatga layoqatlilik tavsiyasi berilgan 29 nafar nogironligi shaxslar doimiy va vaqtincha ishlarga joylashtirildi, bir nafar nogironligi boʻlgan fuqaro kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi.

Shuningdek, mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar tomonidan oʻtkazilgan xatlovlar natijasida aniqlangan ogʻir vaziyatlarga tushib qolgan ayol-qizlar bilan samarali ishlar olib borilmoqda. Ularga markazdagi psixologlar guruhi tomonidan psixologik xizmatlar koʻrsatilib, tikuvchilikka qiziqishi boʻlgan ayol-qizlar “Tamara tekstil” fabrikasiga ishga joylashtirildi va ijtimoiylashuvi taʼminlandi.

Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan parasportga layoqatlilik tavsiyasi berilgan fuqarolarni oʻrganish orqali 3 nafar nogironligi boʻlgan shaxs parasport turining parataekvando turiga jalb qilindi. Taʼkidlash joizki, bugungi kunda tumanimizda 17 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar parasport bilan shugʻullanib kelishmoqda.

Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy toʻlovlar shoʻʼbasi tomonidan kam taʼminlangan oilalarga bola nafaqa puli va moddiy yordam uchun 2 ming 828ta ariza qabul qilingan boʻlib, 2 ming 351ta murojaat “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritildi. Shuningdek, 2024-yil 1-aprel kunidan boshlab tumandagi 3 ming 959 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik nafaqa, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi, yoshga doir nafaqa va parvarishlash nafaqasi toʻlab kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-mart kungi 165-sonli qarori asosida 538 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordamlar berildi.

Bu kabi xayrli ishlar markazda faoliyat yurituvchi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻʼbasi tomonidan ham olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgust kungi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq maxsus roʻyxatda koʻrsatilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy olib berildi va ularning nomiga rasmiylashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvar kungi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan tumanda “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarga monoblok, qishki kiyim-bosh olib berish choralari koʻrilmoqda. Bundan tashqari, Bolalarni himoya qilish shoʻbasi tomonidan aniqlangan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 105 nafar bolaga vasiylik va homiylik tayinlandi.

Voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida tumandagi taʼlim muassasalarida, mahalla va keng jamoatchilik oʻrtasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 44 ta targʻibot tadbirlari tashkil etildi.

Inson qadrini ulugʻlash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlariga aylandi. Bugun davlatimiz siyosatining asosiy maqsadi xalqimizning yaxshi yashashi, hayotdan rozi boʻlishini taʼminlash va buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish iborat ekanligi mubolagʻa emas. Ayniqsa bu kabi fuqarolarning baxtli hayot kechirishi, jamiyatda oʻzining munosib oʻrniga ega boʻlishi bu ezgu harakatlarning asosini tashkil etayotgani quvonarlidi.

Gʻulomjon Duysenbayev, Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026