15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 01:13
Jamiyat 👁 308

Fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlarini eʼtirof etish boʻyicha amaliy ishlar davom etmoqda

Fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlarini eʼtirof etish boʻyicha amaliy ishlar davom etmoqda

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 28-iyun sanasida imzolangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi farmoni bilan respublika boʻylab fuqarolarning uy-joyga egalik qilish huquqlarini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilgan edi. Hududlarda farmon ijrosini taʼminlash, shuningdek, aholiga mazkur farmon mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Xususan, yaqinda Amudaryo tumani Oybek mahallasida yashovchi uy-joy egalariga koʻchmas mulk huquqini eʼtirof etuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumi qarori hamda tegishli hujjatlar topshirildi.

Jarayonda Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tumani filiali muhandisi Oʻtkirbek Hayitjonov, Oybek mahalla fuqarolar yigʻini raisi Azamat Xidirov, mahalladagi hokim yordamchisi Mahmud Saparboyevlar ishtirok etdilar. Masʼullar xonadonlarga uyma-uy kirgan holda uy-joyga egalik qilish hamda turar joy joylashgan yer maydoniga ijara huquqini eʼtirof etuvchi Prezidium qarorlarini oʻz egalariga tantanali tarzda topshirdilar.

Mahalladagi Fitrat koʻchasi 12-uyda yashovchi Azad Qurbaniyazov koʻp yillardan buyon uy-joyining kadastr hujjati yoʻqligi sababli sarson boʻlib kelayotgan edi. Masʼullar Azat Qurbaniyazovga uy-joyiga egalik huquqini eʼtirof etishni nazarda tutuvchi qarorlarni topshirdilar hamda unga Prezident farmonining respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi ahamiyati xususida maʼlumotlar berdilar.  

Istiqlol koʻchasi 17-uyda yashovchi Baxtiyor Toʻqliboyev ham turar joy imoratiga nisbatan mulk huquqi hamda ular joylashgan yer uchastkalariga ijara huquqini eʼtirof etishni nazarda tutuvchi hujjatga ega boʻldi. Xonadon egasi bilan suhbat chogʻida Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tumani filiali muhandisi Oʻtkirbek Hayitjonov ushbu qaror asosida kadastr hujjatini olish uchun ariza berishi lozimligi, kadastr hujjatini olgandan keyin yer-mulk egasi qator imkoniyatlarga ega boʻlishi xususida tushuntirishlar berdi.

Taʼkidlanganidek, kadastr hujjatini olgan fuqarolar koʻchmas-mulk bilan bogʻliq har qanday munosabatlarda ishtirok eta oladi, farzandlarini hududdagi davlat bogʻchalariga roʻyxatga qoʻya oladi, oldin 3 baravar hisoblangan soliq miqdori 1 baravarga kamayadi, oʻzi yashayotgan hududga roʻyxatga tura oladi, turar joyini sotish, sovgʻa qilish hamda meros qoldirish huquqiga ega boʻladi, turar joyini garovga qoʻyish orqali kredit mablagʻi olib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.

Masʼullar mahallaning Muqimiy koʻchasidagi 17-uyda yashovchi Raziya Yoʻldasheva xonadonida ham boʻldilar va fuqaroga kadastr hujjatini olgandan keyin qoʻlga kiritiladigan imkoniyatlar xususida batafsil maʼlumotlar berdilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining tegishli qarorini olgan fuqarolar uy-joyga egalik huquqini eʼtirof etuvchi hujjatning berilganidan xursand ekanligini, davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan minnatdor ekanini bildirdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019