15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 01:02
Jamiyat 👁 269

Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl yotiq chiziqlari va piyodalar oʻtish joylaridagi chiziqlar qayta chizilmoqda

Yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl yotiq chiziqlari va piyodalar oʻtish joylaridagi chiziqlar qayta chizilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 3-avgust kunidan 5-sentyabr kuniga qadar mamlakatimizda “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida maxsus profilaktik tadbirlarni oʻtkazish belgilangandi.

Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida mazkur oylik doirasida Amudaryo tumanida yoʻl infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yoʻl yotiq chiziqlarini qaytadan chizish, piyodalarning erkin va xavfsiz harakatini taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, joylarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, yoʻl-harakati qoidalariga amal qilish lozimligi, qoidabuzarliklar oqibatida koʻplab yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlayotganligi tushuntirilmoqda.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ammo achinarli jihati shundaki, ayrim haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlari koʻplab kuzatilmoqda. Mavjud yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda barcha yoʻl harakati qatnashchilarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.

Maʼlumotlarga koʻra, sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari asosan haydovchilarning yoʻl harakati qoidalariga eʼtibor bermasligi oqibatida kelib chiqmoqda. Mazkur jarayon tahlil qilinganida, afsuski, halok boʻlganlarning aksariyati xavfsizlik kamarini taqmaganligi maʼlum boʻlgan. Shuningdek, yoʻl-transport hodisalari transport vositasini haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmay boshqarish, belgilangan tezlikni oshirish, mast holda rulga oʻtirish oqibatida sodir etilmoqda.

Uchrashuvlarda aholiga haydovchilik madaniyatini oshirish, yoʻl harakati qoidalariga amal qilish lozimligi va oʻzboshimchalik ortidan yuzaga kelayotgan koʻngilsiz hodisalar oqibati toʻgʻrisida batafsil axborot berilmoqda.

Shu kunlarda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining ekspluatatsiya-montaj boʻlimi hamda tuman Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan Amudaryo tumanidagi asosiy va serqatnov koʻchalarda yoʻl yotiq chiziqlari va piyodalar oʻtish joylaridagi chiziqlarni qaytadan chizish ishlari amalga oshirilmoqda. Piyodalar oʻtish joylaridagi chiziqlarning yangilanishi natijasida yoʻlovchi va transport vositalarining erkin hamda xavfsiz harakatlanishi taʼminlanyapti.

Maʼlumki, piyodalar harakatlanish vaqtida oʻrtacha ikki-uch marta yoʻlni kesib oʻtadilar. Ularning yoʻllarni kesib oʻtishida harakatlanish qulayligi va xavfsizligini taʼminlash soha xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, yoʻl yotiq chiziqlari va piyodalar oʻtish joylaridagi chiziqlarni qayta boʻyash ishlari belgilangan tartibda doimiy amalga oshiriladi.

Maʼlumot oʻrnida, yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar, yozuvlar va boshqa belgilar yoʻl ishtirokchilariga yoʻl boʻlagida harakatlanish sharoitlari va usullari toʻgʻrisida axborot beradi. Yotiq chiziqlar asosan harakatlanish tartibini belgilaydi hamda oq va sariq rangda boʻyaladi.

Shu oʻrinda aytib oʻtishimiz joizki, yoʻllarda harakatlanish vaqtida yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilish orqali oʻzingizning hamda atrofdagi insonlar hayotini asragan hisoblanamiz. Zero yoʻllar manzillarga eltish uchun xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019