HAR YeRNI QILMA ORZU
Xalqimizning "Ona yurting omon boʻlsa, rangu-roʻying somon boʻlmas”,- "Ona yurting – oltin beshiging”, "Oʻzga yurtda shoh boʻlguncha, oʻz yurtingda gado boʻl”, degan nihoyatda chuqur maʼnoli maqollari har bir fuqaroni oʻz yurtini sevishga, ardoqlashga, tinchligi-osoyishtaligi uchun kurashishga chorlaydi.
Ha, kindik qonimiz tomgan, koʻz ochib koʻrganimiz shu muqaddas maskan – bizning ikkinchi onamiz, Vatanimiz. Uni qadrlamoq, bosgan har qadamimizda ona zaminimizning taftini his qilib yashamoq bizning farzandlik burchimiz.
Keyingi yillarda tirikchilik, degan bahona bilan oʻzga yurtlarga otlanayotgan, biron kasbni puxta oʻrganmay, xorijda moʻmay pul topmoqchi boʻlayotgan yoshlar afsuski koʻpayib borayapti. Endi bir oʻylab koʻraylik: kasb-hunarining tayini yoʻq, borar manzili noaniq, xorijiy tillarni yaxshi bilmaydigan, oʻsha davlat mehnat qonunchiligidan bexabar oʻspirin odam savdosi qurboniga aylanib qolmasligiga kim kafolat bera oladi? Unga xorijda yaxshi ish, daromad taklif etayotgan tanishi uning kuchidan foydalanishni koʻzlamasa, chaqirarmidi? Jismoniy zoʻriqib ishlash evaziga ozgina maosh olib, sogʻligidan ayrilib kelayotganlar ozmi?
Har yerni qilma orzu, hamma yerda ham bor tosh-tarozu, deyishadi. Chindan-da ishlayman, daromad topib boy boʻlaman, degan odamga oʻz yurtimizda yaratilgan sharoitlar hech bir mamlakatda yoʻq. Buni esimizdan chiqarmasligimiz kerak.
Oliyaxon AHMEDOVA, Amudaryo
akademik litseyi oʻquvchisi.
(Foto - http://darakchi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶