17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:34
Jamiyat 👁 368

Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasida 39 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi

Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasida 39 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning munosib ish oʻrinlariga ega boʻlishida har tomonlama koʻmaklashish hamda ularning bandligini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 27-iyul kuni Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi Amudaryo tumani boʻlimi maʼmuriy binosida tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi ham shular jumlasidandir.

Tadbirda Amudaryo tumani prokurori katta yordamchisi Sharyar Joldasov, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi boshligʻi Quanish Yesenbayev, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev, ovul va mahallalardagi hokim yordamchilari hamda hamkor tashkilotlar, tijorat banklari vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, mehnat yarmarkasida tumandagi 69ta korxona va tashkilot vakillari tomonidan 407ta mavjud boʻsh ish oʻrinlari taklif qilindi. Yarmarkada 83 nafar, jumladan, ishsiz fuqarolar, aliment toʻlovchilar, nogironligi boʻlgan shaxslar, bitiruvchi yoshlar qatnashdi.

Tadbirni tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev ochdi va olib bordi.

Yarmarkada ishtirokchilarga tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi xodimlari tomonidan boʻsh ish oʻrinlari va ularga aholini ishga joylashtirish, ishsiz aholini kasb-hunarga oʻqitish, aholini xorijiy davlatlarga ishga yuborishga doir maʼlumotlar berildi. Shuningdek, masʼullar tomonidan aholining mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlash masalalari boʻyicha huquqiy maslahat va maʼlumotlar olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan, videoroliklar namoyish qilinib, bannerlar orqali maʼlumotlar berildi hamda broshyuralar va bukletlar tarqatildi.

Tadbir davomida hokim yordamchilarining tegishli tavsiyalari bilan Kuyukkoʻpir, Toshyop, Qilichboy ovullari hamda Ayoqchi, Xizreli, Oybek mahallalarida istiqomat qiluvchi 7 nafar ishsiz fuqaroga oʻzini oʻzi band qilish orqali daromadga ega boʻlishlari uchun subsidiya asosida faoliyati uchun zarur ish qurollari, shuningdek, ayollar uchun goʻzallik salonida ishlatiladigan asbob-uskunalar berilib, ularning bandligi taʼminlandi.

Bundan tashqari, Qipchoq ovul fuqarolar yigʻini binosida joylashgan kasb-hunarga oʻqitish markazida tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha 3 oylik oʻquv kursini bitirgan 10 nafar ishsiz xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi hamda ularga subsidiya asosida tikuv mashinalari olish uchun tavsiyalar berildi.

Mehnat yarmarkasida 39 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi. Ularning 10 nafari aliment toʻlovchi ishsiz fuqarolar, 1 nafari mehnat migranti, 1 nafari nogironligi boʻlgan shaxs, 17 nafari xotin-qizlar, 10 nafari yoshlar, shu jumladan, 3 nafari oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilaridir. Shuningdek, 5 nafar fuqaroga jamoat ishlariga yoʻllanmalar berilib, 10 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunarga oʻqitladigan boʻldi.

Tadbir davomida ishtirokchilariga 3ta monitorlar orqali tumandagi salohiyatli ish beruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari, xorijiy davlatlarda yirik ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taklif qilingan ish oʻrinlar, Toshkent va Nukus shaharlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, Nukus qurilish kolleji, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga qarashli kasb-hunarga oʻqitish maskanlari faoliyatlari toʻgʻrisida videoroliklar namoyish etib borildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan 27 nafar fuqaroga boʻsh ish oʻrinlari hamda ularga aholini ishga joylashtirish tartibi haqida, 18 nafar fuqaroga ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish tartibi boʻyicha, 23 nafar fuqaroga aholini xorijiy davlatlarda ishga yuborish toʻgʻrisida, 11 nafar fuqaroga esa aholining mehnat huquqlari va mehnat muhofazasini taʼminlash boʻyicha huquqiy maslahatlar, zarur maʼlumot va tavsiyalar berildi. Chet davlatlarda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga ZOOM platformasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ish beruvchilar bilan suhbatlarda qatnashish imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisida ham axborot berildi.

Rashid Salayev, Amudaryo tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026