“Manğit savdo kompleksi” MÇJda taktik-amaliy öquv maşğulotlari ötkazildi
Maʼlumki, şu kunlarda respublikamizning barça hududlarida, jumladan, Amudaryo tumanida ham 1-iyuldan 1-avgustga qadar “Yonğin xavfsizligini taʼminlaş böyiça dolzarb 30 kunlik” doirasida turli tadbirlar taşkil etilmoqda. Tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi va tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda joylarda ötkazilayotgan taktik-amaliy öquv maşğulotlari natijasida xodimlar va fuqarolarning favqulodda vaziyatlar sodir bölganda töğri harakatlanişga doir bilim-tajribalari yanada mustahkamlanayapti.
Oylik doirasida “Manğit savdo kompleksi” MÇJga qaraşli savdo dökonlarida yonğin xavfsizligini taʼminlaş, fuqarolarning hayoti va mol-mulkinining daxlsizligini saqlaş maqsadida taktik-amaliy öquv maşğulotlari ötkazildi. Bunda tumandagi Favqulodda vaziyatlar bölimi, Elektr taʼminoti korxonasi, tez tibbiy yordam bölimi xodimlari va boşqalar iştirok etişdi.
Dastlab masʼullar tomonidan tadbir iştirokçilariga “Yonğin xavfsizligini taʼminlaş böyiça “Dolzarb 30 kunlik” doirasida ötkazilayotgan taktik-amaliy öquv maşğulotlarining ahamiyati tögrisida maʼlumotlar berildi. Şuningdek, yoz mavsumida mintaqamizdagi yuqori havo harorati sababli obʼektlardagi kutilmagan yonğin holatlariga şay turiş lozimligi taʼkidlandi va bunday vaziyatlarning oldini oliş hamda favqulotda holatlarni kam talafot bilan ötkazişga doir zarur tavsiyalar berildi.
Şundan söng favqulodda holat haqida barça tezkor xizmatlarga xabar beriş va ogohlantiriş signali çalindi. Keyingi bosqiçda esa “Manğit savdo kompleksi” MÇJ hududidagi savdo dökonlaridan birida tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda şartli ravişda sodir bölgan yonğinni zudlik bilan bartaraf etiş, yonğin öçoğidan jabrlanganlarni taşqariga xavfsiz olib çiqiş va birinçi tibbiy yordam körsatiş, hududdan fuqarolarni evakuatsiya qiliş kabi taktik-amaliy öquv maşğulotlarni bajarişdi.
Şuningdek, dökonlarda mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yonğin xavfsizligi talablariga rioya etilişi, obʼektlarning birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan taʼminlanişi, avtomatik yonğin öçiriş va yonğindan avtomatik darak beriş tizimi va şu kabi boşqa moslamalar sozligi tekşiruvdan ötkazildi.
Bundan taşqari, mazkur tadbir doirasida tabiiy va texnogen tusdagi yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş, inson hayotiga xavf tuğdirişi mumkin bölgan holatlarni va boşqa şoşilinç işlarni aniqlaş maqsadida profilaktik tadbirlar ötkazildi.
Maʼlumot örnida, bugungi kunda joylarda taktik-amaliy öquv maşğulotlarini taşkil etiş bilan bir qatorda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari tomonidan tuman hududida joylaşgan obʼektlarda qonunda belgilangan tartibda tekşiruvlar ötkaziş, jamoat joylarida yonğin xavfsizligiga doir tarğibot bannerlarini örnatiş va şu kabi bir qator çora-tadbirlar iş rejasiga muvofiq amalga oşirilmoqda.
Darhaqiqat, yonğin holatlari qisqa fursatlarda sodir bölib, fuqarolar hayoti va mol-mulkiga jiddiy ziyon yetkazadi. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida obʼektlarni va mahsulotlarni salqin qiliş maqsadida elektr energiyasi bilan işlovçi qurilmalardan muntazam foydalanamiz. Agar obʼektlarni elektr energiyasi bilan taʼminlaş maqsadida tortilgan simlar va qurilmalar talabga javob bermasa, yuqori kuçlaniş sabab yonğin sodir bölişi mumkin. Şunday ekan, yonğin xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan “Dolzarb 30 kunlik” tadbirlari favqulodda vaziyatlarning oldini olişda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonlarda har birimiz faol iştirok etişimiz lozim.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶