Boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi
Viloyatda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun MvaFRBga murojaat qiladi.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega boʻlgan (Roʻyxatning 1-bandi) chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada ariza-anketa;
milliy pasport yoki harakatlanish hujjati;
35x45 mm. oʻlchamli ikkita fotosurat.
Roʻyxatning 1-bandi asosida viloyatda doimiy yashashga ruxsatnoma berilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning qarindoshlari Roʻyxatning 2 va 3-bandlari asosida hujjat topshirishi mumkin.
Qarindoshlar — oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari boʻlgan, yaʼni ota-ona farzandlari, farzandlar ota-onalari, bobo va buvilar nevaralari, nevaralar bobo va buvilari doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga (Roʻyxatning 2-bandiga mansub boʻlgan) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma (agar fuqaro xorijda tugʻilgan boʻlsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Er (xotin) xotini (eri) doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga, basharti kamida besh yil birgalikda yashayotgan (Roʻyxatning 3-bandi) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun MvaFRBga ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi);
nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma (agar nikoh xorijda tuzilgan boʻlsa, nusxasi olinib, asli qaytariladi.
A.Umarov, Amudaryo tumani IIB MvaFRB boshligʻi, kapitan

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶