“Oçiq eşiklar kuni” tadbiri doirasida öquvçilar Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabida yaratilgan zamonaviy şaroitlar va imkoniyatlar bilan taniştirildi
“Mening farzandim ham ertaga şu maktabda tahsil olişi şart!” Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabida ötkazilgan oçiq eşiklar kunida ota-onalardan biri yaratilgan şaroitlar, va maktab öquvçilarining erişgan yutuqlaridan mamnun bölib aynan şunday degan edi.
Yoş avlod taʼlim-tarbiyasi, istiqboli bilan boğliq har qanday masala bugun jamiyatni qiziqtiradi. Zero, farzandining kelajagi, oilasi farovonligini öylagan ota-ona öğil-qizini barkamol qilib voyaga yetkaziş taşvişi bilan yaşaydi. Bu ezgu niyat Vatanining hurligi va taraqqiyotini, xalqining farovonligi hamda istiqbolini közlagan har bir davlat va jamiyatning oliy maqsadi hisoblanadi.
Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabi ham yoş avlodning taʼlim-tarbiyasida özining munosib hissasini qöşib kelyapti desak, adaşmagan bölamiz. Çunki maktabning saralab olingan, bilimga çanqoq va intiluvçan öquvçilari tumanimizdagi eng malakali öqituvçilar kömagi bilan respublika miqyosida faxrli yutuqlarga erişib kelmoqda.
Maktabda har yili öqiş mavsumi yakunlanişi arafasi va yangi qabul jarayonlari boşlanişidan oldin “Oçiq eşiklar kuni” tadbirlari taşkil qilinadi. Şu munosabat bilan joriy yil ham jarayon uçun zarur taşkiliy işlar amalga oşirildi. Tadbir doirasida maktabda öqiş uçun hujjat topşirmoqçi bölgan öquvçilar ota-onalari va ustozlari bilan taşrif buyurişdi.
Dastlab, mehmonlarga interaktiv panel orqali taʼlim dargohidagi hayotni hikoya qiluvçi videorolik namoyiş qilindi. Şundan söng, yiğilganlarga bevosita maktabning faol öquvçilari tomonidan ularning taʼlim olişlari uçun yaratilgan şaroitlar haqida maʼlumotlar berib borildi.
Egnidagi kiyim qaddiga yaraşib, bu yerdagi sifatli taʼlim va zamonaviy şaroitlar natijasida özi va tengdoşlari erişayotgan yutuqlar haqida xorijiy tilda burro gapirib turgan Jahongir Yöldaşev hamda maktabning boşqa faol öquvçilari barçaning könglida havas uyğotdi.
Maktab salohiyatini aks ettirib turgan milliy burçak ham kelganlarning diqqat-eʼtiborini öziga jalb qildi. Maxsus ramkalarga joylanib, iftihor bilan devorga osib qöyilgan yutuqlarni tasdiqlovçi hujjatlar aytilayotgan fikrlarning neçoğlik rost ekanligini körsatadi. “Ha, mening farzandim ham şunday natijalarga albatta erişadi” – ota-onalar öquvçilarning yutuqlari bilan tanişar ekan, şu kabi orzu qilişgan bölsa, ajab emas.
Boşqa örinda esa, maktabning tadbirga masʼul öqituvçilaridan biri Şohzod Ismoilov yiğilganlarga qabul jarayoni va zarur hujjatlar haqida gapirib, öquvçilarga imtixonga tayyorgarlik köriş uçun zarur tavsiyalar bildirib, savollarga javob beriş asnosida samimiy sahbat qurdi.
Şu bilan birgalikda tadbir iştirokçilari kompyuter va robototexnika darslariga moslangan sinfxonalar, kimyo-biologiya va fizika laboratoriya sinfxonalariga kirib, bevosida amaliy dars jarayonlari bilan tanişdi. Har bir öquvçi alohida zamonaviy kompyuter bilan taʼminlangan, öqituvçi esa, “aqlli” monitor orqali qiziqarli dars ötyapti. Bu kabi maşğulotlar mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi. Rosti, oldinlari bunday zamonaviy şaroitlar faqat orzu edi. Bugun taʼlim sohasidagi islohatlar sabab xayollar hayotimizga kirib keldi.
Kimyo-biologiya va fizika labarotoriya sinfxonasidagi tajriba jarayonlari, şubhasiz, nazriya va amaliyot uyğunligini körsatadi. Bunday maşğulotlardan keyin öquvçilarning bilimi esa ön karra mustahkamlanadi. Devordagi öquv qurollari, özida maʼlum bir mavzuni aks ettirgan stendlar öquvçilarni ilm olamiga çorlaydi. Har bir sinfxonada darslar innovotsion metodlar asosida olib boriladi. Öquvçilar nafaqat mavzularni, balki muloqot qiliş madaniyatini ham örganadi.
“Oçiq eşiklar kuni” tadbiri davomida kitoblar körgazmasi ham taşkil qilindi. Mehmonlar maktabdagi taʼlim tizimi va öqitiş metodikasi, öquvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan taniştirildi.
Maktabda ötilayotgan har bir maşğulot öquvçilarning qiziqişi va iqtidori hisobga olingan holda taşkil qilinadi. Negaki özi sevgan maşğulot bilan şuğullangan insongina qilayotgan işidan zavq oladi. Har bir öquvçi – bir olam. Ularning yaşirin qirralarini oçişda esa tajribali va öz kasbining ustasi bölgan pedagoglar jamoasi tinimsiz mehnat qilişadi.
Öquvçilarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş maqsadida maktabda taşkil qilingan “Turon” ansambli mehmonlarga özlari tayyorlagan sahna körinişlari va ajoyib şeʼriy kompozitsiyalar va raqslarni namoyiş qilişdi.
Yangi öquv yilida maktabga qabul qilinadigan öquvçilar tanlagan yönalişlari haqida keng maʼlumotlarga ega bölib, qiziqtirgan barça savollariga maktabdagi ekskursiya davomida javoblar va tegişli tavsiyalarni olişdi.
Qabul jarayonlaridan oldin maktabning öqituvçilari tomonidan yaratilgan Telegramdagi @amudaryo_imtihon kanali va maxsus Telegram-bot ham testga tayyorlanayotgan öquvçilarga ança yordam berişi taʼkidlab ötildi.
Maʼlumot örnida, ixtisoslaştirilgan maktabga umumtaʼlim maktablarining 4-sinf bitiruvçi öquvçilar aniq fanlar, 6-sinf bitiruvçilari esa tabiiy fanlar yönalişlari böyiça ötkaziladigan test sinovlari natijalariga köra öqişga qabul qilinadi.
Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabi yangi öquv yilida Sizni kutib qoladi, aziz öquvçilar. Taʼlim dargohining yagona masadi – barkamol avlod taʼlim-tarbiyasiga munosib hissa qöşiş va yetuk kadrlarni tarbiyalaşdir.
Yulduz Tursunboyeva, Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶