Tölqin ovulida marhum sportçi Furqat Rajapov xotirasiga bağişlab boks böyiça oçiq birinçilik ötkazildi
9-may – Xotira va qadrlaş kuni mamlakatimizda keng nişonlanib, sana munosabati bilan Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan qahramonlar xotirasi yodga olinadi, oramizda yurgan faxriylar va nuroniylarga yanada çuqur eʼzoz-ehtirom körsatiladi. Nafaqat uruşda, balki yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yölida fidokorona mehnat qilib, bu yoruğ dunyoni barvaqt tark etgan vatandoşlarimiz xotirasi ham uşbu sana sababli yana bir marta yod etiladi.
Amudaryo tumanining Tölqin ovulida şu ovulning bir guruh faollari – boks murabbiylari Azimjon Muxtorov, Nizomaddin Qipçaqbayevlar hamda mahalla faoli Abay Sağinbayev taşabbusi bilan ham ana şunday xayrli tadbir taşkil qilindi.
Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan 9, 10 va 11-may kunlari ötkazilgan, bir qança Xalqaro musobaqalar, uç karra Qoraqalpoğiston Respublikasi çempioni bölgan marhum Rajapov Furqat Gulmirzayeviç xotirasiga bağişlangan boks musobaqalari yuzlab yoşlarni qamrab oldi. Musobaqaga marhum Furqat Rajapovning ota-onasi va yaqin qarindoşlari hamda uşbu hududda yaşovçi sportsevar yoşlar, keng jamoatçilik vakillari taşrif buyurdi.
Musobaqaning oçiliş marosimida Amudaryo tumani sport maktabi direktori Çorşam Tajimuratov va boşqalar sözga çiqib, Furqat Rajapovning yorqin xotirasini yodga oldilar va uning erişgan muvaffaqiyatlari, tayyorlagan şogirdlari va tumanimizda sport, xususan boks rivojiga qöşgan hissasi haqida sözladilar.
Musobaqalarda Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo, Taxiyatoş, Çimboy tumanlari hamda Nukus şahridan, Xorazm viloyatining Gurlan va Xiva tumanlaridan jami 150 nafardan ortiq yoş sportçilar iştirok etib, 20ta vazn toifasida özaro kuç sinaşdilar.
Aytiş joizki, yoşlarni sportga jalb qiliş ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlaş, şuningdek soğlom turmuş tarzini şakllantirişda muhim ahamiyatga ega. Şu sababli ham mahallalarda yoşlarni ommaviy sportga jalb qilişni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari işlab çiqilgan va bu böyiça amaliy işlar qilinmoqda. Bu dasturlar asosida taşkil qilinayotgan tadbirlar yoşlarni sport bilan faol ravişda şuğullanişga rağbatlantiradi. Şuningdek, mazkur dasturlar ommaviy sport tadbirlarini taşkil etiş, sport inşootlarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlaş va imkoniyati çeklangan yoşlar uçun sport infratuzilmasini yaratiş kabi muhim yönalişlarni öz içiga oladi.
Bundan taşqari, mahallalarda jamoatçilik faollari taşabbusi bilan taşkil qilinayotgan turli sport tadbirlari ham yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularni sportga oşno qiliş, turli yot ğoya va illatlardan himoya qilişda muhim ahamiyat kasb etib, kelajagimiz egalarining barkamol avlod bölib voyaga yetişlariga puxta zamin hozirlamoqda.
Döstlik uçraşuvi deya eʼtirof etilgan uşbu musobaqlar yakuniga köra amudaryolik, xususan Tölqin ovullik boksçilar umumiy hisobda 1-örinni egallab, ğoliblikni qölga kiritdi. Ğoliblarga taşkilotçilar tomonidan diplomlar va esdalik sovğalari topşirildi.
Bu kabi sport tadbirlari, musobaqalar nafaqat yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş hamda jismoniy salomatliklarini mustahkamlaşda, balki ijtimoiy faolligini oşirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaaversa, bu mahallalarda sportni ommalaştiriş va yoşlarning sportga bölgan qiziqişini rağbatlantiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶