Patronaj xizmati: aholi salomatligini asraş yölida
Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligining 2022-yil 27-iyul kungi “Aholi orasida profilaktik köriklar skrining dasturlari va patronajni amalga oşirişni yanada takomillaştiriş çoralari töğrisida”gi 210-sonli buyruğiga asosan har bir mahallada 2000 aholi nisbatiga köra 1ta oila şifokori, 2ta patronaj hamşirasi, 1ta amaliyot hamşirasi va doya biriktirilgan. KTMPga qaraşli 34 ta tibbiy brigada aholiga tibbiy xizmat körsatiş böyiça faoliyat olib bormoqda. Men KTMP 14- tibbiy brigadaning Böston mahallasiga qaraşli 1068 aholisiga tibbiy xizmat körsatib kelmoqdaman. 1068 aholining 1 yoşgaça 32 nafar, 0-18 yoş 380 nafar, 2-10 yoş aholi 208 nafar, 18-40 yoş 401 nafar, 40 yoşdan kattalar 327 nafarini, homiladorlar 18 nafarini taşkil qiladi.
Aholining tibbiy profilaktik köriklari, skrining dasturlari va patronaj xizmatini ötkazişdan asosiy maqsad aholiga körsatilayotgan profilaktik tadbirlarni taşkillaştiriş, kasalliklarni keltirib çiqaruvçi omillarni erta aniqlaş va ularni bartaraf qiliş çoralarini köriş, fertil yoşdagi ayollar, homiladorlar, yangi tuqqan çilla davridagi ayollar va çaqaloqlar bilan birgalikda özgalar parvarişiga muxtoj bölgan şaxslar, yolğizlar, nogironlar, surunkali kasalliklari bor ijtimoiy himoyaga muxtoj bölgan bemorlarni tizimli patronaj bilan qamrab olganmiz.
Profilaktik tibbiy körik – kasalliklar va ularning rivojlaniş xavf omillarini aniqlaş, salomatlik guruhlariga ajratiş, bemorlarga tavsiyalarni beriş maqsadida ötkaziladigan tibbiy körik majmuasi.
Çuqurlaştirilgan tibbiy körik bu – tizimli çora-tadbirlar, yaʼni bir neça yönalişdagi tor soxa mutaxassislarining obʼektiv köriklari, laborator va instrumental tekşiruvlaridan iborat böladi.
Maqsadli tibbiy körik – aloxida algoritm bölib ayrim kasallik va xolatlarni aniqlaş uçun uyuşgan va uyuşmagan axolining tibbiy köriklari hisoblanadi. Bunda bir neça yönalişdagi şifokorlar iştirok etişi, laborator va instrumental tekşiruvlar ötkazilişi mumkin. Bular nikohlanuvçi şaxslar, işga, öqişga kiruvçilar, haydovçilar, zararli omillar bilan işlovçilar, jazoni ötaş joyidan ozod etilganlar, mehnat migrantlari va boşqalarning tibbiy köriklaridir.
Skrining – kasallik belgilari bölmagan şaxslarda kasallik xolatlarini, ularni keltirib çiqaruvçi omillarni aniqlaş maqsadida oson va tez uslublarda ötkaziladigan birlamçi tekşiriş uslubidir.
Dispanserizatsiya – kasalliklarni erta aniqlaşga qaratilgan profilaktik tibbiy körik va qöşimça tekşiruv usullari hisoblanadi.
Dispanser köriklar – surunkali kasalliklari bor bemorlarning dispanser nazoratga olinişi, dinamik tibbiy kuzatuvlar, soğlomlaştiriş va reabilitatsiya tadbirlaridir.
Özbekiston Respublikasi SSV ning 2024-yil 12-yanvardagi “ Birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini yangiça yondaşuvlar asosida taşkil etiş töğrisida” gi № 3-XS- sonli buyruği ijrosini taʼminlaş böyiça Amudaryo tuman tibbiyot birlaşmasining 19-yanvar 2024-yil 294-13-81-TV/2024-sonli buyruği işlab çiqarilgan. 2024-yil 1-fevraldan 1-aprelgaça axolining salomatlik va fiziologik xolatidan kelib çiqib tegişli guruhlarga ( tayanç, past xavf guruhi, örta xavf guruhi, yuqori xavf guruhi) tasniflaş uçun qayta tibbiy körik xatlovi amalga oşirildi.
1-tayanç guruhiga amaliy soğlom şaxslar (soğlom turmuş tarziga rioya qiluvçi, surunkali kasalliklari bölmagan şaxslar) kiradi, 2-past xavf guruhiga surunkali kasalliklari aniqlanmagan, ammo kasalliklar rivojlanişi xavfi ( Ortiqça vazn, zararli odatlar: içiş, çekiş ) bölgan şaxslar kiradi. 3-örta xavf guruhiga surunkali kasalligi bölgan, dispanser nazoratida turgan va soğlomlaştirişga muxtoj şaxslar kiradi. 4-yuqori xavf guruhiga surunkali kasalliklarning yaqqol asoratlari bor, özgalar parvarişiga muxtoj, nogiron va yotib qolgan bemorlardir. Ular soğlomlaştiriş reabilitatsiya tadbirlari ötkazilişi talab etiladigan şaxslardir.
Profilaktik köriklar oila şifokori tomonidan ötkaziladi. 1 yoşgaça bolalar yiliga 14-marta, 1-3 yoş bolalar yiliga 4-marta,3-5 yoşli bolalar yiliga 2-marta, 6-18 yoş bolalar va kattalar yiliga 1-marta profilaktik köriklardan ötkaziladi. Antropometrik ölçovlar ötkazilib bolaning ovqatlanişiga, uning jismoniy va psixomotor rivojlanişiga baxo beriladi. Baxolaş natijalariga köra oia-onasiga boladagi özgarişlar tuşuntiriladi, maslahatlar beriladi va hamşira tomonidan ambulator kartaga maxsus şakllarda belgilanadi. Şifokor tomonidan dinamik özgarişlar baxolanadi. Obʼektiv köriklar natijalari va tavsiyalar qayd etiladi. Xatlov natijasiga köra 3-4 xavf guruhiga ajratilgan şaxslarni soğlomlaştiriş rejasi tuziladi. Axoli orasida soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş va jismoniy faollikni tarğib qilinadi.
Aziza Artikova, KTMP 14-tibbiy brigada oila hamşirasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶