OʻZ YuRTINGDA OMON BOʻL, VATANDOSh
Oʻzbekistonni bekorga jannatmakon oʻlka deb atashmagan. Yurtimiz ayniqsa istiqlol yillarida yanada gullab-yashnadi.Shahar va qishloqlarimizda qad tiklayotgan muhtasham binolar, ishlab chiqarish korxonalari misolida buni yaqqol koʻrish mumkin. Eng muhimi esa yurtimiztinch va osuda. Buning qanchalik azizneʼmat ekanligini urush koʻrgan, qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ota-bobolarimiz ayniqsa yaxshi bilishadi. Biz yoshlar esa ana shu tinchlikning qadriga yetib, Vatanimizning ravnaqi, osoyishtaligi uchun fidoyilik koʻrsatishimiz zarur.
Lekin oʻzining ana shunday jannatmakon yurti turib, oʻzga yurtlardan baxtu davlat izlab yoʻlga otlanayotgan insonlar ham uchrab turadi. Afsus, koʻpincha baxt deganlari sarob boʻlib chiqib, oʻz yurtiga mayib-majruh boʻlib qaytayotgan, baʼzan oʻzga yurtlarda hayotdan koʻz yumayotgan insonlar ham bor.
Chunki hamma insonlar ham oliyjanob emas. Ular orasida hiylakor, aldovchilar ham boʻlib, sodda, ishonuvchan odamlarni oʻz tuzoqlariga osongina ilintirib, ularni moʻmay daromad manbaiga aylantirishadi.
Avvalo ular hujjatlarni qalbakilashtiradi. Manzilga yetgach hujjatlarni olib qoʻyishadi. Ana shunda ularning asl niyatlari namoyon boʻladi. Bunday hiylakor odamlar oʻz vatandoshlari, mahalladoshlari, hatto oʻz yaqinlarini ham pul uchun sotib yuborishdan qaytmaydilar.
Aldovga uchgan insonlarning esa eng avvalo hayoti va sogʻligi xavf ostida boʻladi. Ularga jismoniy, ruhiy, moddiy, huquqiy-tashkiliy taʼsirlar oʻtkazib, hattoki oddiy insoniy huquqlarini ham poymol qilishadi. Odam savdosiga uchragan insonlar tibbiy xizmat, ijtimoiy yordam olishimkoniyatlaridan ham foydalana olmaydilar. Oqibatda ular oʻzga yurtlarda sogʻligidan ajralib, xor-zor boʻladilar.
Xuddi ana shu xato yana boshqa xatolarni keltirib chiqarishi, salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Ularning oilasi, farzandlari taqdiri qanday kechadi?! Farzandlar eng muhim narsa - ota-onalarining mehridan, ularning nazoratidan chetda qolishadi. Bunday farzandlarning hayotda qoqilmay, toʻgʻri yoʻldan yurishlariga kim kafolot bera oladi?!
Bugungi kunda yurtimizda insonlar baxtli, tinch-osoyishta hayot kechirishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Oramizda tadbirkorligi, mehnatsevarligi tufayli, xonadonlari obod va dasturxonlari toʻkin, namunali oilalar ham koʻpchilikni tashkilqiladi. Ana shulardan ibrat olib yashasak, aslo kam boʻlmaymiz. Xulosa oʻrnida shuni aytib oʻtishni istardimki, har kim oʻz yurtida omon boʻlsin, baxtini oʻzga yurtlardan izlamasin!
Farrux IShNIYaZOV, "Yangiobod” MFY "Mahalla posboni” sardori.
(Foto http://www.12news.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶