22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 09:08
Jamiyat 👁 664

UMUMXALQ XAYRIYa HAShARI QIShLOQ VA MAHALLALARGA KOʻRK BAGʻIShLADI

UMUMXALQ XAYRIYa HAShARI QIShLOQ VA MAHALLALARGA KOʻRK BAGʻIShLADI

Hashar – xalqimiz uchun azaliy bobomeros qadriyat, birdamlik, millatlaro totuvlik, mehr-oqibat va saxovat ramzi. Har yili anʼanaga aylangan Navroʻz – umumxalq bayrami arafasidagi xayriya hasharida mamlakatimizdagi 9 mingta mahallada bu yil ham obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib,  16 ming tup mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Amudaryo tumanida ham umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.

Tumanning Qilichboy mavzesidan to Nazarxon qishlogʻi kengliklarigacha boʻlgan bepoyon hududlarda 10dan ortiq millat vakillarini bir ezgu maqsad – Amudaryo tumanini Oʻzbekistonning yanada obod va farovon, havosi musaffo, yeri, suvi ekologik toza hududiga aylantirishdek xayrli niyatlar yanada jipslashtirdi. Xitoy va Boʻzyop ovullaridan Jumurtov, Qipchoq va Qangligacha boʻlgan guzar yoʻllari, dala yoʻllari va koʻchalar boʻylarida amalga oshirilgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarida minglab tup dov-daraxtlarga shakl berildi, tuplari oqlanib, quriganlarining oʻrniga yangi koʻchatlar oʻtqazildi.

Shuningdek, umumtaʼlim maktablari, sogʻlikni saqlash muassasalari, madaniy-maishiy obʼektlar, tadbirkorlik subʼektlarining atroflaridagi daraxtzorlar, archazorlarga alohida shakl berilib, bu hududlarga ham mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, gul koʻchatlari ekildi.

Ayniqsa, Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari hasharda hamjihatlik bilan keng miqyosli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Markaziy shifoxona hududidagi archazorlar, shifokorlar bogʻi tartibga keltirilib, daraxtlarga shakl berildi. Qish oylaridagi qor-yomgʻirlar tufayli ranglari ketib qolgan shifoxona hududidagi yoʻlaklar chetlaridagi beton toʻsiqlarni boʻyash, daraxtlarni oqlash, ariqlarni chimlardan tozalash ishlari amalga oshirildi. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika atrofi va gulzorlar tozalanib, ekishga tayyorlab qoʻyildi.

Hashar – elga yarashar, deb bejizga aytilmagan. Oʻzlari yashayotgan, mehnat qilayotgan hududlarni, qishloq va mahalla guzarlarini, koʻchalar va imoratlarini fayzli, goʻzal goʻshaga aylantirish istagida boʻlgan amudaryoliklar hashar bahonasida xayr-saxovat ishlarini ham amalga oshirdilar. Uy-joylarining taʼmiriga roʻzgʻor xarajatlaridan orttirib mablagʻ ajratolmayotgan hamqishloqlari, mahalladoshlari holidan xabar olishib, ularning xonadonlarida taʼmirlash-tiklash ishlarida yaqindan koʻmakdosh boʻldilar.

Ayniqsa, bu borada el-yurtda yuksak obroʻ-eʼtiborga ega nuroniylarning umumxalq hasharida ishtirok etgan 12566 nafar yoshlarga bosh-qosh boʻlib, ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini tartibga keltirish, tomorqa yerlarida ekish-tikish ishlariga koʻmaklashishdek xayr-saxovat tadbirlarini amalga oshirganlari oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillari uchun haqiqiy ibrat boʻldi.

Shu kuni amudaryoliklar ota-bobolari mangu qoʻnim topgan qabristonlarda ham keng koʻlamli  obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar. Xususan, Choykoʻl qishlogʻi hududidagi Noʻgʻay Eshon, Nazarbobo, Bobo Rustam, Amir Temur nomli ovul hududidagi Ming yarim shahid, Qilichboy  mavzesidagi Yoqub Eshon bobo, Kuyuk koʻpir va Xitoy qishloqlaridagi Haq Saidjon bobo, Qumsangar, Jumurtov shaharchasi hududidagi Salomat bobo, Nazarxon qishlogʻidagi Bes mulla kabi tumandagi barcha qabristonlar turli shox-shabbalardan, qurigan oʻt-oʻlanlardan, ortiqcha chiqindilardan tozalandi. Tumandagi 1ta ziyoratgohda ham keng miqyosli ishlar olib borildi. Shu bilan birga, mazkur qabristonlarda ruhlari  mangu qoʻnim topgan insonlar xotiralariga qurʼon oyatlaridan tilovatlar qilindi.

Amudaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari tomonidan bajarilgan ishlar yanada samarali boʻldi. Mazkur korxona ishchi-xodimlarining saʼy-harakatlari tufayli Mangʻit shahrining markaziy koʻchalari boʻylaridagi dov-daraxtlar ohaklandi, yoʻl chetlaridagi beton toʻsiqlar va ustunlar oq, qora ranglarda boʻyalib, bezak berildi. Dehqon bozori atrofidagi tadbirkorlik subʼektlari tartibga keltirilib, Dehqon bozorining ichki va tashqi qismlari turli maishiy chiqindilardan tozalandi va yigʻilgan chiqindilar maxsus texnikalar yordamida shahar tashqarisidagi chiqindi poligoniga chiqarib tashlandi.

Tuman hududidagi qishloqlar va mahallalarni oqar suv bilan taʼminlovchi ariqlar hududlar aholisi va yoshlar tashabbuslari bilan tozalanib, ayrim hududlarda qazuv ishlari ham amalga oshirildi.

Umumxalq xayriya hashari munosabati bilan olib borilgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tufayli Amudaryo tumanidagi 49ta qishloq va mahallalar hududlari yanada goʻzal va koʻrkamlik kasb etdi.

Shuningdek, Mangʻit shahrining Navoiy nomli, Oybek nomli, Chordara, Durunki, Doʻstlik, Yangiobod, Farovon mahallalari hududlaridagi har bir koʻcha, har bitta xonadon va mazkur mahallalar hududida faoliyat olib boruvchi idora va tashkilotlar atroflari umumxalq hasharidan soʻng yanada obod va koʻrkam qiyofaga kirdi. Xonadonlarning fasad qismlari ohaklanib, koʻchalar chetidagi beton ariqlar tozalandi. Umumxalq hashari tufayli Amu elining har bir goʻshasi aholisi Navroʻz taraddudini boshlab yubordilar.

Yangi kun – yangi dehqonchilik faslini chor-atrofni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish tadbirlari bilan boshlashga odatlangan amudaryoliklar 17-mart – umumxalq xayriya hasharida hamjihatlik bilan ishtirok etishdi. “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida oʻtkazilgan ushbu umumxalq xayriya hasharida 48 ming 325 nafar kishi ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning 12 ming 566 nafari yoshlar boʻlib, ularning saʼy-harakatlari bilan 297 gektar maydon turli xas-xashak va chiqindilardan tozalanib, 227 tonna chiqindi chiqindi poligoniga chiqarib tashlandi. 238 km. uzunlikdagi ariq-zovurlar tozalandi va 36ta qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, 415ta koʻchalar obodonlashtirildi hamda aholi tomonidan koʻchalar, yoʻllar boʻylariga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Ushbu keng koʻlamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishda 34ta texnika vositalari jalb etildi.

Umumxalq xayriya hasharida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan fuqarolarga xayr-saxovat koʻrsatilib, ulardan uy-joylari taʼmirga muhtoj boʻlgan 43 nafarining  imoratlari taʼmirlab berildi.

Shunisi eʼtiborliki, oddiy fuqarolar, uy bekalaridan  tortib, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov va hokimlik bosh mutaxassislari ham faol ishtirok etgan umumxalq xayriya hashari tufayli Amudaryo tumanining barcha qishloq va mahallalari haqiqatan ham yanada obod va fayzli maskanlarga aylandi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026